21:03 / 18.10.2017
9 851

Munajjimlar bashorati: 19 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 19 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar bugun birinchi navbatda oldingi kunlarda hal etilmay qolgan muammolarni bartaraf etib, shundan keyingina yangi ishga qo‘l urishingizni maslahat beradi. Ilgari hatto salom-alik qilmaydigan odam bilan bugun tushdan keyin do‘stlashib qolishingiz kutiladi. Kunning ikkinchi qismida moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishingiz kuzatiladi. Sog‘liqni asrang. Ertaga va indinga yangi oy chiqishi munosabati bilan surunkali xastalikka yo‘liqqanlar o‘zlarini lohas his eta boshlashlari mumkin.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
19 oktyabr kuni professional kasbingiz doirasida omadga erishishingiz uchun barcha imkoniyatlar eshiklari ochiq. Faqat puxta reja tuzgan holda oldinga intiling. Aks holda to‘siqlar yuzaga kelib sizni ortga qaytishga majbur etishi mumkin. Tushdan keyin ba’zilar xizmat safari bilan qo‘shni shaharga jo‘nashlari mumkin. Kechqurun toza havoda ko‘proq vaqt o‘tkazing. Sog‘lig‘ingiz pand bera boshlasa, xalqona yo‘llar bilan davolansangiz ham bo‘ladi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Oila qurmaganlarni yulduzlar ogohlantiradi. Haqiqiy his-tuyg‘uga ega, sizga kelajakda haqiqiy yor bo‘luvchi inson turganda, ideal ortidan quvmang. Qarshingizda turgandan ham idealrog‘i bo‘lmaydi. Agar haqiqatan baxtli bo‘lishni istasangiz, illyuziyadan qoching. Tadbirkorlar bugun yirik firmalar bilan savdo shartnomalari imzolashsa, albatta muvaffaqiyatga erishadi. Bugungi kun egizaklar burji ostida tug‘ilganlarning deyarli barchasi uchun omad va pul degani muammo bo‘lmaydi. Kechqurun oilangiz davrasida dam oling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
19 oktyabr kuni yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz kutilmoqda. Ammo siz faqat tanishish bilan cheklanib qolmang. Ularni ham kasbingizga qiziqtiring, balki yangi hamkorlar topilar. Bugun olisga safar, sayohat omadli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida ko‘ngli qoralardan biri yo‘lingizga ko‘ndalang bo‘lishga urinib ko‘radi. Bunga yo‘l qo‘ymang. Salomatligingiz haqida jiddiy qayg‘uring. Kuzning o‘zgaruvchan havosida gripp yuqtirib olish hech gapmas.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun sizga yirik xaridlar qilish tavsiya etilmaydi. Chunki yoningizda faqat eng kerakli narsalar sotib olish uchungina yetadigan pul qolgan. Agar bu pullarni ham sarflab yuborsangiz, qiyin ahvolga tushib qolishingiz tayin. Firibgarlar domiga tushib qolishdan juda ehtiyot bo‘ling. Kechqurun juftingiz sizni xursand etish uchun xayolingizga ham kelmaydigan sovg‘a hozirlashni niyat qilgan. Shu sovg‘a ko‘ngildagi barcha g‘uborlarni bulut kabi tarqatib yuborsa ajab emas.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
19 oktyabr kuni shu qadar maydakashga aylanasizki, hamkasblardan tortib uydagilaringizgacha xunob qilib tashlaysiz. Nuqul hashamatga talpina boshlaysiz. Ammo moliyaviy masalada omadingiz keladi. Qalbingizda go‘yo quyosh nur socha boshlaydi. Shaxsiy hayotda esa juftingiz bilan janjallardan qochib qutulishning sira imkoni yo‘q. Bu oddiy bahsdan boshlanishi kutiladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, dorilarni vaqtida ichishni unutmang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Taqdir sizni bugun shunday chalkash muammolarga ko‘madiki, yaqin insonlar ko‘magisiz ularni bartaraf etishning sira iloji yo‘q. Mabodo bu muammolarning asosiy majburiyatini zimmangizga olishdan cho‘chimasangiz, kechgacha yolg‘iz o‘zingiz ham ularni bartaraf eta olasiz. Bugundan katta pul kutmang, xudo berganiga shukr qiling. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
19 oktyabrda ko‘plab muammolaringiz xamirdan qil sug‘urgandek oson hal bo‘lishi kutilmoqda. Ilgari mo‘’jizalarga ishonmagan bo‘lsangiz, bugun ishonishga majbur bo‘lasiz. Moddiy ahvolingiz esa qaysidir badavlat insonning ko‘magida yaxshilanadi. Xorijdan ish topish uchun bugun barcha imkoniyatlar bor. O‘zingizni ehtiyot qiling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ba’zilar ishxonasidagi birov bilan romantik munosabatlar yurita boshlashi mumkin. Gap-so‘zga qolishdan qo‘rqmasangiz, oqibatda ishdan ham ayrilishingiz mumkin. Ishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang. Organizmingizni jismoniy zo‘riqishga undamang, xastalik orttirib olishingiz mumkin. Kechqurun oilangizdagilar qaysidir harakatlaringizdan norozi bo‘lishi va shu sababli sizga tanbeh berishi kutiladi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
19 oktyabr kuni tadbirkorlar yangi hamkorlar qidirmay turganlari ma’qul. Undan ko‘ra borlari bilan munosabatlarni mustahkamlash payida bo‘ling. Kun mobaynida qarindoshlar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Bu pulning orqasidan sodir bo‘lishi mumkin. Kechqurun yoga bilan shug‘ullanish sizga katta foyda keltiradi. Uxlashga yotishdan oldin og‘ir hazm bo‘luvchi ovqatlar iste’mol qilmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Uy-joy masalasidagi sizni qiynab kelayotgan muammolar bugun ijobiy hal bo‘lishi turgan gap. Faqat ishni ma’lum muddatga yig‘ishtirib qo‘yib, faqat shu muammo bilan shug‘ullaning. Ish joyingizda bajargan yumushlaringizning sifatiga birinchi navbatda e’tibor qarating. Muhabbat bobida oilasizlar bugun ijobiy natijaga erisha olmasliklari mumkin. Shubhasiz, muvaffaqiyatsizlik kayfiyatingizga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Shuning uchun boshqa kunni kuting.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
19 oktyabr kuni yuqori lavozim olishingiz uchun qulay imkoniyatlar eshigi ochiladi. Bu eshiklardan qay usul yordamida oson ichkarilashingizga bog‘liq. Rahbariyat bilan kamroq muloqot qiling. Qovun tushirib qo‘yishingiz ehtimoli bor. Muhabbatga yolg‘onni aralashtirmang. Juda bo‘lmaganda, tanaffuslar e’lon qiling. Salomatlikdan bugun shikoyat qilmaysiz inshoolloh.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 19 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..