Bristol va Glazgo universiteti olimlari oilaviy janjallar erkakni o‘limga olib borishi mumkinligini aytishmoqda, deb yozadi «Mazmun.uz» sayti.
Shu ikki universitet mutaxassislari oilali erkaklar hayotiga bag‘ishlangan alohida izlanishga qo‘l urib, nihoyat bir to‘xtamga kelishdi. Ma’lum bo‘ldiki, erkak kishiga xotini bilan ajrashish ziyon yetkazmasligi mumkin, ammo kundalik janjallar uni oxir-oqibat o‘limga yetaklashi muqarrar ekan. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, oilaviy janjallar tufayli birinchi o‘rinda erkakning yurak-qon tomirlari jiddiy ziyon ko‘rarkan.
Izlanishlar 1991 yili boshlangan edi. Tadqiqotlarda shu kunga qadar taxminan 700 nafar oilali erkaklar ishtirok etdi. Haqiqatan ular oiladagi baqir-chaqirlar, janjallar natijasida qon bosimi oshishi, qon tarkibidagi xolesterin miqdori ko‘payishi, ortiqcha vaznga ega bo‘lish kabilarga yo‘liqishgani aniqlandi.
— Agar er-xotinning fe’li bir-biriga qarama-qarshi bo‘lsa, — deydi olimlardan biri, — ular hech qachon ahillikda yashay olishmaydi. Bu erkak kishini to‘ppa-to‘g‘ri og‘ir xastalik sari yetaklaydi. Lekin bu muammoning ham yechimi yo‘q emas. Janjallarning oxiri ko‘rinmayotganini er va xotin sezdimi, darrov ajrashish masalasini ko‘ndalang qo‘ymay, o‘zaro kelishgan holda psixolog qabuliga qatnashlari kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi