22:03 / 01.11.2017
8 557

Munajjimlar bashorati: 2 noyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 2 noyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun birinchi navbatda shaxsiy muammolaringizni hal eting. Ana undan keyin boshqalarning ishiga yordamlashib yuborsangiz yarashadi. Oila a’zolaringizdan kimdir sizga kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘yishi mumkin. Atrofdagilar bilan asabiy tarzda muloqot qilmaslikka intiling. Kimdir bilib-bilmay sizni haqorat qilishi va ikki o‘rtada janjal kelib chiqishi hech gap emas. Salomatlikni mustahkamlash uchun ko‘proq kaloriyali taomlar hamda mevalar iste’mol qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Agar katta pulga ega chiqishni xohlasangiz, 2 noyabr kuni tavakkal qiling. Faqat shugina sizni ko‘zlangan niyatga yetkazishi mumkin. Har qanday turdagi dorilarni ichish yoki qabul qilish bugun muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Basharti qayeringizdir og‘rib bezovta qilsa, xalqona usullar yordamida davolanishga harakat qiling. Xalqona yo‘l bilan tayyorlangan dorilarning organizmga salbiy ta’siri kamroq bo‘ladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Iloj topsangiz, bu sayrni velosipedda amalga oshiring.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
2 noyabr kuni hamkasblarning fikrlari, maqsadlari bilan qiziqib ko‘ring. Ularning kayfiyatini shu bahonada ilg‘ashga urinib ko‘ring. Shundan keyin o‘zingizga og‘irlik qilayotgan yumushni bajarish uchun ularni hamkorlikka taklif eting. Kun davomida hasadgo‘ylarning ta’qibiga uchrashingiz kutiladi. Juftingiz ham kechqurun bo‘lar-bo‘lmas bahonalar bilan tanqid ostiga olishi mumkin. Bunday lahzalarda yaxshisi tinglovchi rolini bajara qoling.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun ro‘zg‘or bilan bog‘liq yumushlarni bajarishda, muammolarni hal etishda ehtiyotkor bo‘lishingiz tavsiya etiladi. Xatoga yo‘l qo‘ysangiz, oqibati ko‘ngilsizliklar bilan tugashi mumkin. Azartli o‘yinlar, sportning ekstremal turlari va tavakkalchilikdan voz keching. Jarohat olishingiz hamda ko‘ngilsizliklarga duch kelishingiz xavfi bor. Kechqurun oila qurmaganlarni romantik uchrashuv kutadi. Faqat tashqi ko‘rinishingizni tartibga keltirib olishni unutmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
2 noyabr kuni yulduzlar lotereya o‘ynab katta pul yutib olishingiz mumkinligini bashorat qilgan. Bu faqat oldindan lotereya chiptasi sotib olganlargagina tegishli. Shaxsiy hayotda prinsiplarga asoslangan holda harakatlar sodir etish ko‘ngilsizlik keltiradi. Juftingiz bilan munosabatlaringiz yanada mustahkam bo‘lishi uchun muloyimlik, mehribonlik kabi tuyg‘ularga keng yo‘l bering. Kechqurun ayrimlar xizmat safariga otlanishlari kutiladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun parizod burjida tavallud topganlarning energetikasi boshqa kunlardagiga nisbatan zaifroq bo‘ladi. Shuning uchun uddalashga ko‘zingiz yetmagan ishlarga qo‘l urmang. G‘iybatchi, ichi qora, ikkiyuzlamachilardan nariroq bo‘ling. Bunday zaif energetika bilan ular sizni bir cho‘qishda yerga qulatishi hech gap emas. Sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullanish, professional kasb bilan bog‘liq yangi g‘oyalar o‘ylab topish sizga omad keltiradi. Salomatligingiz yaxshi emas. Bu masalaga jiddiy e’tibor berishingiz kerak.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
2 noyabrda eng yaqin do‘stlardan biriga aylangan inson moliyaviy jihatdan sizga ko‘mak berishi mumkin. Shuning bahonasida kissangiz pulga to‘ladi va endi ko‘zda tutilgan xaridlarga qo‘l uraversangiz bo‘ladi. Shaxsiy hayotda ahillik, xotirjamlik yo‘qligiga o‘zingiz sababchisiz. Eng totli tuyg‘ularni o‘zingizdan nari surib tashlagansiz. Endi ularni ortga qaytarish uchun sabr bilan ish tutishingiz lozim. Ayniqsa, oilasiz bo‘lsangiz, oilalilarga qaraganda ikki hissa ko‘proq ter to‘kishingiz kerak bo‘ladi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
2 noyabr siz uchun xarajatlar kuni deyishsa, ishonavering. Haqiqatan, kechga qadar ancha-muncha narsaga pul sarflab qo‘yasiz. Lekin tashvish chekishga sabab yo‘q. Chunki sotib olinadigan buyumlarning barchasi ro‘zg‘or uchun eng muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, yoshi o‘tgan keksa qarindoshlarga moddiy ko‘mak berishingiz ham aynan bugunga to‘g‘ri keladi. Shunday ekan, kun bo‘yi moliyaviy masala bilan ko‘proq shug‘ullaning. Oilaviy byudjetni qaytadan to‘ldirib qo‘yish kerak-ku, axir, to‘g‘ri emasmi!?.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
2 noyabr kuni ertalabdan kayfiyatingiz jangovar bo‘ladi. Siz uchun oldinda kutilayotgan ishlar, hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar cho‘t emas. Hatto, qiziqishda o‘tgan kunlarda ijobiy hal etilmay qolib ketgan muammolarning ham belini sindirib tashlaysiz. Biroq oilada sizni stressli lahzalar kutadi. Agar tilga erk bersangiz, esda tuting, sevimli insoningizni bir umrga yo‘qotishingiz hech gap emas. Salomatlikdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun kimlardir bajarishdan bosh tortgan ishlarga qo‘l urmang. O‘zingizning tashvishlaringiz, ishlaringiz boshingizdan oshib toshadi. Rahbarlar bilan munosabatingiz juda yaxshi kechadi. Hatto, ilgarigidan-da yaxshiroq bo‘ladi. Bu ishingizda sifat yuqoriligi tufaylidir. Xususiy mulk va pullaringizni doimo nazoratda ushlang. Kechqurun firibgarlar nazariga tushib, katta pul yo‘qotishingiz ehtimoli bor.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
2 noyabrda kunning birinchi yarmidan boshlab yangi loyihalarni amalga oshirishga kirishasiz. Va kechgacha barcha ishlaringizni uddalaysiz, rahbarlaringiz oldida yuzingiz yorug‘ bo‘ladi. Bu katta miqdorda mukofot olishingiz uchun ham keng yo‘l ochib bersa ajab emas. Oilasizlardan kimdir bugun suyukli insonidan yoqimli xabar eshitadi. Kechqurun sizni ro‘zg‘or uchun qilinadigan katta sarf-xarajatlar kutib turibdi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Gap pul masalasiga borib taqalsa, hech qachon uzoq kutmang, ikkilanmang. Aks holda muvaffaqiyatsizlikka uchrashingiz muqarrar. Shaxsiy hayotga kelsak, muammolar yo‘q emas. Juftingiz bilan anchadan beri dildan suhbat qurmagansiz. Qachon qarasa, ish bahona bo‘lgan-u, kunlar o‘tavergan. Bugun munosabatlarga oydinlik kiritib olmasangiz bo‘lmaydi. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 2 noyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..