21:22 / 05.11.2017
9 815

Munajjimlar bashorati: 6 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoыda?..

Munajjimlar bashorati: 6 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoыda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun qachonlardir sizni tanqid ostiga olgan, mensimay, pisand qilmay yurganlar oldida yuzingiz yorug‘ bo‘ladi. Xudoning o‘zi sizga shunday imkoniyatni ato etishi mumkin. Tushdan keyin sizga daromadi ko‘p ish taklif etishlari kutilmoqda. Ammo bu ishga har taraflama o‘ylab ko‘rmay rozilik bermang. Shoshilmasdan mulohaza qiling. Kunning ikkinchi yarmida ayrim do‘stlarimiz xizmat safariga otlanishlari mumkin. Bu safar sizga ham moddiy, ham ma’naviy barkamollik hadya etmoqchi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
6 noyabr kuni tijoratchilardan o‘ta sergaklik talab etiladi. Raqobatda yutqazib qo‘ymaslik, mavjud imkoniyatlardan mahrum bo‘lmaslik uchun harakatingizni qilavering. Katta ishlarga yirik sarmoya tikish uchun hali tayyor emassiz. Oldin zahira pul masalasida mukammallikka erishib olishingiz lozim. Albatta, bu asosan tadbirkor do‘stlarimizga tegishli. Salomatligingizni himoya etish, mustahkamlashda pulni ayamang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kuningiz quvonch va yoqimli lahzalarga boy bo‘ladi inshoolloh. Lekin bundan g‘ururlanib asosiy ishlarni unutib yuborish ham to‘g‘ri emas. Moliyaviy muammolarni o‘z foydangizga hal etishda yaqin do‘stingiz yordam beradi. Kunning ikkinchi yarmida do‘kon aylanib, ko‘z ostingizga olib qo‘ygan kiyimlarni xarid qilsangiz bo‘ladi. Kechqurun yaqin do‘stlar bilan uchrashib gaplashishishingiz ehtimoli bor.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
6 noyabrda omadga erishishingiz uchun bir talay imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Lekin e’tiborsizlik qilib ularni qo‘ldan berishingiz ham hech gap emas. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda ham xayolparastlik, beparvolikka yo‘l qo‘ymang. Ishingiz yuzasidan yangi g‘oyalar o‘ylab topgan bo‘lsangiz, bilingki, uni hamkasblarga gullab qo‘ymagan taqdiringizdagina haqiqatga aylantira olasiz. Kechqurun salomatlik haqida qayg‘uring. Ovqatni me’yoridan ortiq iste’mol qilmang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ishxonadagi rahbarlar bilan adi-badi aytishib qolmaslik uchun xarakteringizga xos mag‘rurlikni chetga surib qo‘yishingizga to‘g‘ri keladi. Yaxshisi, sukut saqlang, albatta yutasiz. Ortingizda, atrofingizda g‘iybatchi va hasad ustalari payt poylab yurganini unutmang. Tijorat, adabiyot, san’at bilan bog‘liq kasb egalari uchun 6 noyabr muvaffaqiyatli kechadi. O‘zingizni ehtiyot qiling. Bugun aslo mehmondorchilikka bormang. Jarohat olishingiz xavfi sezilyapti.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
6 noyabr kuni hech kimga ma’lum bo‘lmagan qirralaringizni barchaga namoyish etish fursati yetdi. Kamtarlikni yig‘ishtirib, sal yuzsizroq, telbanamoroq bo‘ling, shunda omad siz tomonda bo‘ladi. Shaxsiy hayotingiz bugun kun bo‘yi gullab-yashnaydi. Shunda ham kechqurun juftingizni maqtashdan tiyilmang, yoshi ulug‘, xasta qarindoshlar holidan xabar oling. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, o‘zingizni nihoyatda ehtiyot qiling.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Istaysizmi-yo‘qmi, bugun ishxonada sizga nisbatan ish staji va tajribasi ko‘p hamkasblardan nimalarnidir o‘rganishingiz kerak bo‘ladi. Shu narsa sizga kelgusida ish sifatini oshirishda katta yordam berishi mumkin. Begonalar, qarama-qarshi jins vakil va vakilalari bilan don olishish xayolingizga ham kelmasin. Bu sizni baloga yo‘liqtiradi. Salomatligingizga ham putur yetmay qolmaydi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
6 noyabrda sizga ish bajarish, pul topish va obro‘ orttirishda qarama-qarshi jins vakil yoki vakilalari ko‘mak berib yuborishi kutiladi. Muhabbatda ham omadingiz chopadi. Oilasiz bo‘lsangiz, ish to‘y kunini belgilashgacha borib yetishi mumkin. Kunduzi safarga chiqishingiz va ommaviy tadbirda so‘zga chiqishingiz ehtimoli bor. Agar kissada pulingiz kam qolgan bo‘lsa, g‘am yemang, kechqurun pulning o‘zi sizni qidirib keladi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Dam olish uchun ham, olis safarga jo‘nash uchun ham 6 noyabr omadli kechadi. Ayniqsa, oilaviy dam olish niyatida tog‘li hududlarga boradiganlar chin dildan yayrashadi. Bugun xorij tilini o‘rganish, malaka oshirish xayrli kechadi. Stressli vaziyatlar kechki payt yuzaga kelishi mumkin. Buni bartaraf etish o‘z qo‘lingizda. Bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashavermasangiz, vaqtingiz chog‘ o‘tadi. Kechqurun toza havo sayrini unutib qo‘ymang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
6 noyabr kuni bilib-bilmay, hazilni tushunmaydiganlarga shunday munosabat yuritib qo‘yishingiz kutiladi. Vaqtida uzr so‘rab, vaziyatni yumshatmasangiz, bu janjalga aylanishi ham hech gap emas. Birovlarning shaxsiy hayotiga aralashish, muhokama qilishdan o‘zingizni tiyganingiz ma’qul. Kechqurun ovqatlanish rejimini yana bir karra nazoratdan o‘tkazib oling. Uxlashga yotishdan oldin yoqimli xabar eshitishingiz haqiqatga yaqin bo‘lib turibdi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun sizni yangi tanishuvlar, qiziqarli yangiliklar va maroqli safar kutadi. Bu yo‘lda to‘siqlar paydo bo‘lishidan cho‘chimang. Siz uchun ezgulikning barcha yo‘llari ochiq. Tadbirkor bo‘lsangiz, sira ikkilanmay yirik loyihalarni hayotga tadbiq etavering, albatta zafar quchasiz. Moliyaviy masalada jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun qarindoshlardan qarz ko‘tarib tursangiz ham ziyon qilmaydi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
6 noyabrda asosiy vaqtingiz pul sanash bilan o‘tishi kutilmoqda. Demak, daromad mo‘may bo‘ladi. Asosiysi, bu pullarni siz halol yo‘l bilan va peshona ter evaziga ishlab topasiz. Xarajatlarni ham inkor etmang. Oilaviy hayotingizda kunning ikkinchi yarmida mayda ko‘ngilsizliklar yuzaga kelishi mumkin. Kechqurun vaqtingizni yaqinlaringizga bag‘ishlang.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 6 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoыda?..