23:03 / 05.11.2017
13 855

Yaxshilik mo‘’jizaga qodir!

Yaxshilik mo‘’jizaga qodir!
Misrlik yuragi xasta kishi Ovrupaga — Britaniyaga o‘zini tekshirtirgani bordi. Uni ko‘rikdan o‘tkazib:
«Kasalligingiz og‘ir, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish kerak. Lekin natijaga ham, to‘liq kafolat yo‘q, yuragingiz zaif!» deyishdi.
«Unday bo‘lsa, yurtimga qaytib, farzandlarim bilan vidolashib kelaman» -dedi.
Doktorlar:
«Kech qolmang. Ahvolingiz og‘ir»-deb takroklashdi.
Vataniga qaytib, bolalarini jamladi. Ularni sabrga chaqirdi. Bu uchrashuv oxirgisi bo‘lishi, amaliyotdan sog‘ chiqmasligi mumkinligini, aytdi.
So‘ng ba’zi do‘stlarini ziyorat qilib, Allohga yo‘liqish uchun taraddudini ko‘rmoqchi bo‘ldi.
U kishining o‘zi aytadi:
«Bir do‘stimni ko‘rishgani idoraga bordim.
Idora yaqinida qassobxona ham bor edi.
Atrofga nazar solib qarasam, bir keksa ayol yerga tushgan va axlat qutisidan go‘sht, suyak, yog‘ parchalarini terib, xaltaga solayotgandi. Do‘stimga «Qara», dedim.
Uning oldiga bordim. Ishidan hayron edim.
— Nima qilyapsiz? — dedim.
— Beshta kichik yoshli qizlarim bor. Bir yildan beri umuman go‘sht yeyishmaydi. Yeyishmasa ham, hidini hidlashsin dedim! — dedi.
Uning bu gaplaridan ko‘zlarimga yosh keldi. Uni qassobning oldiga olib kirib:
— Bu ayolga har hafta mening hisobimdan go‘sht berasiz! — dedim.
Ayol tinmay:
— Yo‘q, yo‘q, kerakmas, -derdi.
— Har hafta kelib, sizga qancha go‘sht kerak bo‘lsa, shu yerdan olasiz! — dedim.
— Menga bir kilo yetadi, — dedi.
— Yo‘q, ikki kilo qilib olasiz! — dedim.
Oldindan bir yillikning pulini to‘ladim. Buni ko‘rgan ayol, haqqimga yig‘lab duo qildi. Kayfiyatim ko‘tarildi. O‘zimni baxtiyor sezdim, qilgan ishimdan mamnun, qalbimda huzur bilan uyga qaytdim.
Meni qizalog‘im qarshi oldi.
— Dadajon, juda xursand ko‘rinasiz, — dedi.
Unga voqeani aytib berdim. Qizim aqlli edi, yig‘lab qo‘llarini ochib:
— Ey Allohim, dadajonim o‘sha ayolga yordam qilganlaridek, Sen ham ularga yordam ber! Dardlariga shifo ber! — dedi.
Qolgan ishlarimni ham bitirib, bolalarim bilan xayrlashib, amaliyot uchun Ovrupaga qaytdim. Doktor meni tekshirdi. Hayrat bilan:
— Qayerda davolandingiz, qaysi shifoxonada? — dedi.
— Nimani nazarda tutyapsiz? — dedim.
— Qayerga bordingiz, deb so‘rayapman. Kim sizni muolaja qildi? — dedi.
— Allohga qasam, hech qayerga bormadim. Farzandlarim bilan xayrlashib qaytdim — dedim.
— To‘g‘risini so‘zlang! Yuragingizdagi kasallik umuman qolmabdi! — dedi.
— Nimalar deyapsiz, doktor? — dedim.
— Huddi u bemor siz emas, boshqa odam bo‘lgandek. Qaysi shifoxona u? Sizni qanday davoladi? Qanday dorilar iste’mol qildingiz? Ro‘yxati bormi? Bering, iltimos! — dedi.
— Hech qayerda davolanmadim! — dedim-u, ayolning duolari yodimga keldi. Ichimda, Alloh uning holi haqiqatda ham g‘arib bo‘lganidan, meni samimiy solih amalim, uning va soliha qizimning qalbdan qilgan duolari, ijobat bo‘lganidan, menga sihatimni qaytarib berdi, deb o‘yladim.
Shayx Nabil Avdiy hikoyalaridan.(Hayotiy voqea)


Manba: Fayzbog.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yaxshilik mo‘’jizaga qodir!