21:10 / 11.11.2017
9 829

Munajjimlar bashorati: 12 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 12 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Agar yaqin o‘tmishda uddalay olmay tashlab otgan ishlaringiz bo‘lsa, bugun dam olish kunidan foydalanib ularni nihoyasiga yetkazing. Buning uchun sizda kuch ham, imkoniyat ham yetarli. Muhabbatda his-tuyg‘ularni jilovlay bilishingiz, har soniyada intuitsiyaga, ya’ni, ichki ovozga bo‘ysunishingiz zarur bo‘ladi. Kechqurun pul bilan bog‘liq yoqimli xabar eshitishingiz mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling. Sinalmagan odamlarning bo‘lar-bo‘lmas maslahatiga uchib pand yeb qolishdan saqlaning.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
12 noyabr kuni qanday muammoni ijobiy hal etish uchun kirishsangiz, uddasidan albatta chiqasiz. Sizda kuch ham, shijoat va bardosh ham rekord darajada. Tushdan keyin qalbingiz yanada dilgirlashishi natijasidami, ishqilib, odamlarni yuziga qarab qandayligini ilg‘ab ola boshlaysiz. Serqatnov yo‘llarda faollikni haddan oshirish, sergaklarcha ish tutmaslik jiddiy jarohatlarga sabab bo‘lishi hech gap emas. Bugun olis safarga chiqish muvaffaqiyatsizlik keltiradi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun tinch, xotirjam hayot tarzini tashkil eting. Janjallar, bahslardan nari bo‘ling. Arzimas ko‘ringan mayda ishlarni muvaffaqiyatli yakunlash ham sizga moddiy manfaat keltirishi mumkin. Salomatlikni mustahkamlash, ayollar va qizlar uchun go‘zallik saloniga borish, yangi kiyimlar sotib olish omadli va xayrli kechadi. Pul masalasida sira xavotir olmang. Kechqurun pulning o‘zi sizni qidirib keladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
12 noyabrda uy, ro‘zg‘or, farzandlar tarbiyasi bilan band bo‘lishingiz kutiladi. Bu ertangi kun uchun yangi kuch yig‘ishingizda foyda beradi albatta. Muhabbatda esa vaziyatni shoshiltirmasangiz, omad siz tomonda bo‘ladi. Aniqrog‘i, bu oila qurmaganlarga taalluqli desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Kun davomida kuzatuvchanlikni susaytirmang. Har bir bilmasdan yo‘l qo‘yilgan xato jiddiy ko‘ngilsizliklarga olib kelishini unutmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun yulduzlar hayotingizda butkul yangi bosqich boshlanishini uqtirishmoqda. Yangi uyga ko‘chib o‘tish, kasbni o‘zgartirish, oilasiz bo‘lsangiz, kimnidir qattiq sevib qolishingiz xuddi shu yangi bosqichning real ko‘rinishi hisoblanadi. O‘zingizni qo‘lga olgan holda baxt, omad, zafar pillapoyalaridan asta-sekinlik bilan yuqorilayvering. Kechqurun do‘stlaringizdan biri sizga juda qimmatli maslahat berishi kutiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
12 noyabr kuni yumush bajarishda ham, biror muammoni bartaraf etish jarayonida ham ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Garchi har jabhada birinchi bo‘lish istagi zo‘r kelsa-da, vaqtni shoshiltirmang. Tadbirkor bo‘lsangiz, yangi shartnomalarga imzo qo‘yish va kelishuvlardan voz keching. Kechqurun esa firibgar, ikkiyuzlamachilardan saqlanishingizga to‘g‘ri keladi. Ko‘chaga chiqqanda ham pul to‘la katmonni qo‘lingizda ushlagan holda qadam bosing. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, atmosferada davom etayotgan magnit bo‘ronlarini hisobga olgan holda ish tuting.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Shaxsiy hayotda ham, ko‘chada ham atrofingizdagilarning mehriga, hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lasiz. Ishlaringiz baroridan kelib kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘ladi. Faqat tushdan so‘ng do‘kondan nokerak buyumni xarid qilib qo‘yib asabiylashishingiz mumkin. Kechqurun do‘stlar, qarindosh-urug‘lar bilan telefon orqali suhbatlar kutadi. Sizga yangi ish taklif etishlari ham ehtimoldan xoli emas. Oila qurmaganlarni esa kechqurun romantika kutadi. Guldasta sotib olishni unutib qo‘ymang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
12 noyabrda ajoyib bir insonga qaysidir muammoni hal etib berishni va’da qilganingizni eslang va va’dangizning ustidan chiqing. Tijorat bilan shug‘ullanuvchilar birinchi navbatda tajribaga e’tibor qaratsinlar. Bugungi kuningiz pul topish uchun xuddi shu tajribani talab qiladi. Shaxsiy hayotingizda tinchlik, ahillik va garmoniya hukm suradi. Kechqurun toza havodan nafas olib uzoq muddat sayr qilishingiz tavsiya etiladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ish bajarish, muammolarni ijobiy hal etish uchun jiddiy xalal berayotganlardan o‘zingizni olib qoching. Ularning o‘zi ham, maslahatlari ham sizga foyda bermaydi. Muhabbatda barcha sirlaringizni juftingiz yoki tanlaganingizdan bo‘lak hech kim bilmasligiga erishing. Kechqurun yoga va nafas mashqlari bilan shug‘ullaning, dam oling. Moliyaviy ahvolingiz ham ayni kechqurun yaxshilanadi. Salomatligingizni ko‘z qorachig‘idek asrang.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
12 noyabr kuni muvaffaqiyatsizlik sizni bir necha o‘nlab kilometr naridan aylanib o‘tadi. Demak, siz omadlisiz. Tez orada ruhan zavq beruvchi mashg‘ulotlar ham topila qoladi. Qay ishga qo‘l urmang, muvaffaqiyatli yakunlaysiz. Bu qayg‘u, g‘am kabi baxt kushandalarini nari haydab soladi. Kechqurunga borib moliyaviy manfaat bilan bog‘liq bir ish yodingizga tushadi. Uni ham o‘z foydangizga hal etasiz. Bir so‘z bilan aytganda, 12 noyabr faqat sizning kuningiz.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Tashqarida quyosh nur sochmasligi mumkin. Shuning uchun bardoshni, iroda kuchini ishga soling-u, astoydil, bearmon ter to‘king. Natijasini juda qisqa fursatda o‘zingiz ko‘rasiz. Ba’zilar e’tiborsizligi sabab bo‘lib katta pul yo‘qotishlari mumkin. Kechqurun yangi tanishuvlar kutadi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, do‘ppini osmonga otavering. Bugun tanlaganingiz juda bo‘lmaganda oq «Volga»da tashrif buyuradi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
12 noyabr kuni oldin yoshi ulug‘, xasta qarindoshlar holidan xabar oling, o‘tgan yaqinlaringizni yodga olib, ularning haqiga duolar o‘qing. Shaxsiy hayotingiz bugun garmoniya ta’sirida bo‘ladi. Agar ilgari deyarli tez-tez juftingiz bilan janjallashib qolavergan bo‘lsangiz, bugun u ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lmaydi. Salomatligingizni nazoratdan o‘tkazib qo‘ying. Kechqurun varikoz bezovta qilib o‘tishi mumkin. Ehtiyotingizni qilib, zarur muolajalarni olsangiz ham ziyon bo‘lmaydi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 12 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?