21:42 / 13.11.2017
11 749

Munajjimlar bashorati: 14 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 14 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ham yoqimli, ham yoqimsiz vaziyatlarni boshdan kechirishingiz kutiladi. Pul sarflashda aqlni ishlatgan holda yo‘l tutsangiz, kechqurun bir so‘mingizga o‘n so‘m qo‘shilib, kissani qappaytirib olishingiz turgan gap. Oilasiz va yaqinda kimnidir sevib qolganlarning ayrimlari ko‘ngilsiz vaziyatga tushib qolishlari mumkin. Bunga o‘zingizning shoshma-shosharligingiz sabab bo‘lishi tayin. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Iloji bo‘lsa, bugun shaxsiy avtomobilingizda ko‘chaga chiqmaganingiz ma’qul.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
14 noyabr kuni qat’iyatlilik bilan ish ko‘rishingiz lozim bo‘ladi. Agar lavozimingiz oshishini istasangiz, albatta. Farzandlar, qondoshlar va qo‘ni-qo‘shni bilan yoqimli suhbatlar tashkil etish muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun sira ikkilanmasdan, olis safarga otlanaverishingiz mumkin. Kun davomida sizni faqat quvonchli lahzalargina qurshab oladi. Ko‘ngilsizliklar sizni chetlab o‘tadi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang. Ba’zi do‘stlarimizning xonadonida chaqaloq dunyoga kelish ehtimoli bor.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
14 noyabrda azaliy orzularingizdan biri haqiqatga aylanishi kutiladi. Romantik xarakterga ega bo‘lgan kutilmagan sovg‘a sizga bir olam shodlik va kelajakka nisbatan ishonch hadya etadi. Oilalilarni kunning ikkinchi yarmida oilaviy janjallar, bahslar kutadi. Bu pulning dastidan yuzaga kelishi ehtimolga yaqinroq. Jismoniy va ruhiy holatingizni bir me’yorga keltirishni istasangiz, kechqurun uydan ko‘chaga chiqmay dam oling. Shu bilan bir qatorda biron-bir kulgili film tomosha qilsangiz ham niyatingiz amalga oshadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Kuningiz omadli va yorqin kechadi. Hatto, osmondagi qora bulutlar ham bu kuningizni sizdan tortib ololmaydi. Yoshlarga tajriba ulashish, bilim berish bugun xayrli kechadi. Ishga, uchrashuvga kechikmasdan borishga harakat qiling. Aks holda xafagarchiliklar kechga qadar sizni bezovta qilishi turgan gap. Kechqurun salomatligingiz pand bera boshlashi mumkin. Yaxshisi, oldini olib vrach qabuliga chiqib keling. Ovqatlanish me’yorlarini, rejimini buzmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
14 noyabr kunning birinchi yarmida mayda ko‘ngilsizliklar bilan to‘qnash kelishingiz kutiladi. Ammo sovuqqon munosabatda bo‘lsangiz, ularni yo‘q qila olasiz. Ish joyingizda ham anchadan beri sizga ola qarab yurgan hamkasbingiz bo‘lar-bo‘lmas g‘iybatlar, bo‘htonlar bilan kayfiyatingizni buzishi mumkin. Bu muomalasiga kulgi va sukut bilan javob qaytarsangiz, o‘zi qaziyotgan chuqurga albatta o‘zi yiqiladi. Kun davomida notanish odamlar bilan muloqotga kirishmang, tanishuvlarni amalga oshirmang. Kechqurun yolg‘iz qoling va xayolot dengizida suzing.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Nimaga, qanday yumushga qo‘l urmang, yulduzlar albatta g‘alaba qozonishingizni bashorat qilishgan. Kunduzi kichik xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin. Bu ham sizga xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Muhim hujjatlarga imzo chekishda ehtiyot bo‘ling, o‘zingizga yoqmaydiganlar bilan suhbat qurmang. Kechqurun uyingizni mehmon bosishi, yoqimli xabarlar eshitishingiz va katta daromadga ega chiqishingiz kutilmoqda. Bundan chiqdi, do‘ppini osmonga otaversangiz bo‘ladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
14 noyabr kuni birinchi navbatda kelajakda sizga bitmas-tuganmas foyda va lazzat baxsh eta oladigan ishga qo‘l uring. Bu, ayniqsa, moliyaviy ahvolingiz bilan bog‘liq bo‘lsa yana yaxshi. Oila a’zolaringiz bilan muloqot a’lo darajada o‘tadi. Shu bahonada yaqin o‘tmishda orangizda bo‘lib o‘tgan mayda-chuyda ko‘ngilxiraliklar unut bo‘ladi. Anchadan beri sport bilan shug‘ullanib kelayotganlar bugun muvaffaqiyatga erishishlari kutiladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Oshqozoningizda muammo tug‘ilsa, ovqatlanish masalasini rejimga solib qo‘ying.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Kunning birinchi yarmida yangi tanishuvni boshdan o‘tkazishingiz mumkin. Oilasizlar uchun bu tanishuv romantikaga aylanib ketadi. Chunki qarama-qarshi jins vakili va vakilasi bilan yaqindan tanishasiz. Kechqurun professional kasbingiz doirasida miyangizni yangi g‘oyalar chulg‘ab olishi mumkin. Salomatligingizni ko‘z qorachig‘idek asrang. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga borib ijobiy hal bo‘ladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
14 noyabr siz uchun oson kechmaydi. Kun bo‘yi turli niqoblarda yurishingizga to‘g‘ri keladi. Demak, artistlarcha yo‘l tutishingiz, yelib yugurishingiz kerak. Atrofdagilar bilan muloqotda tilga ehtiyot bo‘ling. Arzimagan noto‘g‘ri gap uchun sho‘ringizga sho‘rva to‘kilishi hech gap emas. Ishxonangizda hamkasblardan biri g‘iybatingizni qilib, boshqalarga yomonlab yurganidan xabar topishingiz mumkin. Lekin bunday xabarlar o‘tkinchi. Kechqurun plastik kartochkangizga mo‘maygina pul tushsa, qayg‘ular albatta unutiladi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun sira qo‘rqmasdan, xavotirlanmasdan duch kelgan ishga qo‘l uravering. Qiynalib qolsangiz, do‘stlaringiz, hamkasblaringiz bajonidil yordam berishadi. Oilaviy hayotda ham muammolar yo‘q emas. Biroq ularni hamjihatlikda bartaraf etishingiz mumkin. Kunning ikkinchi yarmida mazangiz qochishi kutiladi. Xalqona usulda muolajalar olishni xayol qilmang, professional vrach qabuliga borib to‘liq tibbiy tekshiruvlardan o‘ting. Bugun tunda uxlab ko‘radigan tushingiz o‘ngidan keladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
14 noyabr kuni olis safarga chiqishni zinhor rejalashtirmang. Jarohat olishingiz, muvaffaqiyatsizlikka uchrashingiz xavfi bor. Ayniqsa, shaxsiy avtomobilingizda yo‘lga chiqsangiz, katta miqdordagi jarimaga tushishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan xarajatlarga tushmay desangiz, xarid haqida umuman o‘ylamang. Kechqurun kitob o‘qing, uqalash, yoga, sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar bilan band bo‘ling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Ilgari uddalashning iloji bo‘lmagan ishlarga qayta qo‘l urmaganingiz ma’qul. Behuda vaqt sarflaganingiz qoladi. Bugun bilim olish, oliy o‘quv yurtiga kirish muvaffaqiyatli kechadi. Tijorat bilan shug‘ullanadiganlarning oshig‘i olchi bo‘ladi. Daromadingiz ikki hissa bo‘ladi. Tadbirkor bo‘lsangiz, biroz tanaffus qilib, dengiz bo‘ylarida dam olib qayting. Kechqurun uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’mol qiling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 14 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?