11:16 / 16.11.2017
10 426

… 62-99 abonenti: «Dugonamni tushkunlikdan qanday qutqaray?»

… 62-99 abonenti: «Dugonamni tushkunlikdan qanday qutqaray?»
— Dugonam bir yigit bilan tanishib, keyinchalik uni yoqtirib qoldi. Ular har kuni uchrashishar, o‘qishdan birga qaytishardi. Ammo dugonamning ota-onasi bu munosabatdan xabar topib, qattiq qarshilik ko‘rsatishdi. Hatto onasi dugonamga «Yo bizni tanla, yoki uni! Agar bizni desang, undan voz kechasan!» deya shart qo‘ydi. Dugonam esa uydagilariga lom-mim demasdan, yigiti bilan uchrashishda davom etaverdi. Biroq oradan ozroq vaqt o‘tib, yigiti unga xiyonat qildi. Buni bilgan dugonam esa tushkunlikka tushib qoldi. Hayotning zarracha qizig‘i qolmadi unga. Dugonamga hayot hali oldindaligini, u ham baxtli bo‘lishga haqli ekanligini qanchalik ta’kidlamay, meni eshitishni ham, tushunishni ham istamayapti. Iltimos, maslahat bering, dugonamni bu tushkunlikdan qanday olib chiqsam bo‘ladi?
… 62-99 abonenti

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » … 62-99 abonenti: «Dugonamni tushkunlikdan qanday qutqaray?»