22:13 / 16.11.2017
10 863

Munajjimlar bashorati: 17 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 17 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun kuningiz xotirjam kechishi kutiladi. Boshlagan ishlaringiz navbati bilan baroridan kela boshlaydi. Ammo moliyaviy masalada juda ehtiyot bo‘lishingiz zarur. Ayniqsa, tadbirkor bo‘lsangiz-u, yirik loyihaga katta pul tikishni rejalashtirsangiz, ehtiyotkorlik ziyon qilmaydi. Ijod kishilari miyasiga ajoyib g‘oyalar quyilib keladi. Ilhom salomatligingizga ham qaysidir jihatdan ta’sir etishi turgan gap. Kechqurun oila davrasida dam oling. Havo sovuq, demak, toza havo sayrini boshqa kunga qoldirib tursangiz ham bo‘ladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
17 noyabr kuni qarindoshlar, oila a’zolaringiz bilan munosabatlarda ehtiyot bo‘ling. Agar qaysidir qarindoshingiz bilan anchadan beri ko‘rishmagan bo‘lsangiz, hech qursa qo‘ng‘iroq qilib hol so‘rab qo‘ysangiz ham ziyon qilmaydi. Muhabbatda realistga aylaning, buning nafini keyin albatta sezasiz. Illyuziya, yaqin o‘tmish xotiralarini bir chetga surib qo‘ying. Moliyaviy muammolarni hal etishda ehtiyotkor bo‘lmasangiz, yo‘qotishlarga yuz tutishingiz turgan gap.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Emotsiyangizni atrofdagilardan panaroqda saqlang. Agar kim bilandir ilgari janjallashgansiz-u, bugun yarashish, munosabatlarni yangitdan boshlash niyatida bo‘lsangiz, bu juda asqotadi. Ishda ba’zi chalkashliklar yuzaga kelishini aytmasa, kayfiyatingizni buzadigan voqea sodir bo‘lmaydi. Faqat shu kunlarda professional kasbingiz doirasida malakangizni oshirmasangiz, kelajakda qoqilib qolishingiz mumkin. Axir, zamon juda tezlashib bormoqda.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
17 noyabrda rejalarni yana bir karra nazoratdan o‘tkazib olgachgina ish boshlang. Oilasiz bo‘lsangiz, tanlaganingiz bilan orangizdagi yengil va oddiy munosabatlar kelgusida sizga baxt ato etishini unutmang. Kunning ikkinchi yarmida qisqa masofaga xizmat yuzasidan borib kelishingiz mumkin. Kechki payt yangi tanishuvlar kutadi. Kechqurun sut mahsulotlari iste’moli bilan cheklaning. Kunduzgi xush kayfiyatingiz saqlanib qolishini istasangiz, his-tuyg‘ularga qul bo‘lmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ishingiz shu qadar ko‘p bo‘ladiki, bosh qashishga vaqt topa olmay halak bo‘lasiz. Lekin nimani reja qilgan bo‘lsangiz, barcha rejalaringiz amalga oshadi. Muhabbatda hayajonli daqiqalar ko‘zga tashlanmaydi. Oilasizlar romantikadan ham buguncha umid qilmaganlari ma’qul. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda tabiatingizdagi konservativlik katta yordam berishi mumkin. Kechqurun katta miqdordagi pul xarajatlari kutadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
17 noyabr kuni yaqin o‘tmishda jufti bilan janjallashib qolganlar, nihoyat yarash oshi ustida suhbatlashish imkoniga ega bo‘lishadi. Suhbatingiz shu qadar maroqli o‘tadiki, juftingiz hayratdan yoqa ushlaydi. Ommaviy tadbirlar, sershovqin ziyofatlardan nari bo‘ling. Undan ko‘ra salomatligingizga e’tibor qarating, sport bilan shug‘ullaning, suzish mashqlarini bajaring. Kechqurun sizdan qachonlardir qarz olgan odam qarzini qaytaradi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Moliyaviy jihatdan bugun muammo bo‘lmasligi kutiladi. Lekin tejamkorlikka amal qilmasangiz, kechqurunga borib birovlardan qarz so‘rashga majbur bo‘lasiz. Yaqindagina ishga joylashganlar bugun kechga qadar bu muhitga moslasha olmay halak bo‘lishlari mumkin. Sabr qilishingizga to‘g‘ri keladi. Agar haqiqatan sabr qilsangiz, kelgusida hamkasblar va rahbariyat oldida yetarlicha obro‘-e’tibor qozonishingiz aniq.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
17 noyabrda chayon burjida tug‘ilganlarga pul masalasida omad kulib boqadi. Lekin siz faol bo‘lsangizgina bu omad siz tarafda bo‘lishi mumkin. Shaxsiy hayotingizda tanaffuslar ko‘zga tashlanadi. Biroq barchasi faqat yaxshilikka. Qizlardan ayrimlariga bir ajoyib inson muhabbat izhor qilishi va yaqin kelajakda bu to‘yga aylanib ketishi ehtimoldan xoli emas. Kimdir kun davomida shaxsiy biznesini muvaffaqiyatli boshlashi mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ishxonangizda ertalabdan muvaffaqiyatlar zanjiriga qo‘shilasiz. Bu tushgacha yetmay sizga o‘z ijobiy natijasini ko‘rsatadi. Shaxsiy hayotingizda tub burilish sodir bo‘lishi ham illyuziya emas. Ochig‘i, pana-pastqamda qarama-qarshi jins vakili yoki vakilasi bilan don olishib yurgan bo‘lsangiz, juftingiz xabar topishi mumkin. Shu narsa tub burilish yasashi hech gap emas. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Kechqurun yolg‘iz qoling, gazli, muzdek ichimliklar ichmang. Gripp orttirib olishingiz xavfi bor.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
17 noyabr kuni ishingizda omadga erishishingiz uchun ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan imkoniyatlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday imkoniyatlarni yetti uxlab tushingizda ko‘rmagansiz, ishoning. Kun mobaynida hamkasblardan biri bilan sen-menga borib qolishingiz mumkin. Kechqurun yaqin do‘stlar bilan qo‘ng‘iroqlashib, uchrashishingiz kutiladi. Zararli odatingiz bo‘lsa, bugun tashlang, keyin xursand bo‘lasiz.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Oila qurmaganlar bugun yangi tanishuvni boshdan kechirishlari mumkin. Shu tanishuv kelajakda to‘y bilan tugashi tayinga o‘xshayapti. Faqat munosabatlar yuritishda to‘g‘riso‘z va oddiy bo‘ling. Yo‘qsa, u insonni ranjitib qo‘yishingiz ham mumkin. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda arzimagan xatolik ham katta pul yo‘qotishingizga sabab bo‘lishi hech gapmas. Tijorat bilan shug‘ullanuvchilarning bozori bugun ikki hissa ko‘proq daromadli bo‘ladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
17 noyabrda shunday odamoxunlar davrasiga tushib qolasizki, bu davra sizga keyinchalik har jihatdan rivojlanish pallasini taqdim etadi. Ish joyingizda rahbarlar bilan janjallashmang, yo‘q yerdan muammo orttirib olganingiz qoladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar kun davomida salomatligini nazorat etib borishlari kerak.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 17 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?