11:43 / 19.11.2017
10 862

Olimlar kuchuklar inson salomatligiga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqladilar

Olimlar kuchuklar inson salomatligiga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqladilar
Uyda kuchuk boqish yurak-qontomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Bu fikrga shved olimlari o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida amin bo’ldilar.

Tadqiqotchilar 40 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan 3432153 ta odamning salomatligini tahlil qilganlar. Ishtirokchilarning 13% i uyida kuchuk boqadigan odamlardan tanlab olingan va aynan shu orqali ularda kuchuk boqmaydigan insonlarga nisbatan yurak-qontomir kasalliklari kamroq uchrashi aniqlangan, deyiladi xabarda.

Olimlar, kuchuk boqqan odamlar toza havoda ko’proq sayr qilishlari, bu esa organizmga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmasligini tahmin qilishmoqda. Shuningdek, kuchuk boqadigan odamlar tushkunlik holatidan osonroq chiqishlari ham alohida qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar kuchuklar inson salomatligiga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqladilar