07:39 / 25.11.2017
46 318

Munajjimlar bashorati: 2018 yilda Chayon burji vakillarini nimalar kutmoqda?

Munajjimlar bashorati: 2018 yilda Chayon burji vakillarini nimalar kutmoqda?
Chayon burji vakillari tabiatan jodugarlikka moyil, kelajakni ma’lum ma’noda oldindan ayta olishadi. Shuning uchun ularni astrologik ma’lumotlar bilan hayratga solishning o‘zi bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa ham astrologlar boshqa burj vakillari qatorida ularni 2018 yili nimalar kutayotganini aytishga jur’at topa olishdi.
2017 yili chayon burjida tavallud topganlar jiddiy muammolarga deyarli duch kelishmadi deb aytsa bo‘ladi. It yili ham ular uchun omadli boshlanishi kutilmoqda. Masalan, moliyaviy jihatdan paydo bo‘ladigan muammolar u qadar jiddiy emas. Demak, siz yangi yil davomida pulsiz qolib ketmaysiz.
Shaxsiy hayotingizda ham ahillik, garmoniya hukm suradi. Agar muhabbatda omadingiz chopmasa, xavotirga tushmang, bu vaqtincha davom etadi xolos. Mart, aprel oylarida sizni yangi tanishuvlar kutadi. Bahorda oilasizlar qalbi ehtirosga to‘lib toshadi. Yozda tanlaganingiz bilan birga ZAGS bo‘limiga boraversangiz bo‘ladi.
Oilaviy hayotingizda ba’zi ko‘ngilsizliklar ham sodir bo‘lishi kutiladi. Bu yaqinlaringiz bilan o‘zaro munosabatlar keskinlashuvida ko‘zga tashlanadi. Yil davomida ba’zilarning xonadonida chaqaloq dunyoga kelishi ham ehtimoldan xoli emas.
2018 yili ikkiyuzlamachi va hasadgo‘ylar sizni ta’qib qilaverib zeriktirishi mumkin. Ularga nisbatan siz ham xufiyona kurash usulini o‘ylab topmasangiz, dog‘da qolishingiz hech gapmas.
Tijoratchi yoki tadbirkor bo‘lsangiz, yangi yilda yanada halolroq ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Banklarga pul qo‘yishni odat qilsangiz, daromadingizga daromad qo‘shila boradi. Ko‘proq xayriya masalalariga e’tibor qarating.
Yaqin kishilaringizga nihoyatda e’tiborli bo‘ling. Muvaffaqiyatlarga erishganingizda, to‘lqinlanib ketib buni birovlarga ko‘z-ko‘z qila ko‘rmang. Ko‘z tegadi. Qolaversa, hozirgi vaqtda o‘ng ko‘z chap ko‘zga oshno bo‘lmaydi.
Og‘ir vaziyatlarga tushib qolsangiz, tevarakdan yordam kutmang. Mustaqil tarzda muammolarni hal etishga harakat qiling. Agar o‘zga davlatda ishlash imkoni tug‘ilsa, vaqtni o‘tkazmasdan darhol jo‘nab keting.
Yoz oylarida tabiat qo‘yniga tez-tez chiqib dam olishingiz tavsiya qilinadi.

MUHABBATI
Muhabbatda ham 2018 yili muvaffaqiyatlarga erishasiz. Lekin ehtiroslarni, his-tuyg‘ularni jilovlagan holda yaqin insoningiz bilan munosabat yuritishingiz kerak bo‘ladi. Rashkka erk bermang. Munosabatlar mustahkam bo‘lsa, ularning qadriga yeting.
Bu masalada faqat qalbingizga quloq tutish bilan cheklanib qolmang. Do‘stlar, yoshi ulug‘ qondoshlar maslahati ham juda zarur bo‘ladi. Behuda qarindoshlarni ranjitmang. Sobiq muhabbat sari zinhor talpina ko‘rmang.
Oilasizlarni yil davomida romantika va ishqiy sarguzashtlar kutib qoladi. Bu dunyoda hech kim toq o‘tmagan. Demak, siz ham bir umrlik yo‘ldoshingizni albatta topasiz. Faqat uni qadrlab, muhabbatingiz va mehringizga ko‘ma bilsangiz bas.

OILASI
Oilaviy hayotingiz xuddi bahorgi lola kabi gullab yashnashi kutiladi. Agar yoshi ulug‘lar maslahatlariga quloq tutsangiz, oilaviy hayotingizda ko‘ngilsiz hodisalar yuz bermaydi.
Oilaviy hayotdagi barcha tashvishlar sizning chekingizda turadi. Lekin bular siz uchun qo‘rqinchli emas. Kuz oylariga borib juftingiz bilan qarashlaringiz deyarli bir xil tusga kiradi. Shu ham muammolarga bir nazar bilan boqishda asqotadi.
It yilida oilaviy bo‘lib tabiat qo‘ynida dam olish, oilaviy bayramlar uyushtirish munosabatlar mustahkamligini ta’minlaydi. Ba’zilar yil bo‘yi yangi uy sotib olishi, yoki aksincha uy sotishi mumkin. Bu amallar ham muvaffaqiyatli kechadi. Umuman aytganda, it yili hech bir oilaga ko‘ngilsizlik tilamaydi. Qolgani o‘z harakatlaringizga bog‘liq.

SALOMATLIGI
2018 yili to‘g‘riso‘z, hayotga real munosabatda bo‘la olsangiz, salomatlik pand bermasligi tayin. Ovqatlanish rejimiga alohida e’tibor qarating. Kamroq asabiylashing. Qandaydir mazali taomni ko‘nglingiz tilasa, darrov sotib oling. Zararli odatlarni har qanday holatda ham tashlashingiz kerak. Busiz mustahkam sog‘liqqa erishishingiz qiyin kechadi.
Yoga, meditatsiya, nafas mashqlari, sportning yengil turlari, gimnastika salomatligingiz manbai vazifasini o‘tasa nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Organizmga keragidan ortiq jismoniy zo‘riqish bermang. Turli parhezlardan nariroq bo‘ling. Toza havoda ko‘proq vaqt o‘tkazing. Ana shunda salomatlik yomonlashuvidan arz qilmaysiz.
Ayollar, qizlarga esa 2018 yili go‘zallik salonlariga boshqa yillardagiga nisbatan ko‘proq qatnash tavsiya etiladi.

MARTABA VA MOLIYaVIY AHVOLI

2018 yil fevralidayoq martabangizda ham, moliyaviy ahvolingizda ham siljish pallasi boshlanadi. Bundan tashqari, sizga qo‘shimcha daromadli ishlarni taklif etishadi. Rozi bo‘ling.
Tejamkorlikka amal qilish ham moliyaviy ahvolingiz me’yorida bo‘lishini ta’minlaydi. Har bir ishga ijodiy yondashing. Rahbarlar bilan aslo tortishmang. Aks holda martaba oshishi masalasini kelasi yil uchun asrab qo‘yishingizga to‘g‘ri keladi.
Yozda daromadingiz yanada orta borayotganini sezasiz. Asosiysi, pul bilan bog‘liq ishlarda tavakkal qilmang. Azartli o‘yinlardan nariroq bo‘ling. Yirik xaridlarga qo‘l urish zarurati tug‘ilsa, uydagilar bilan bamaslahat ish tuting.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 2018 yilda Chayon burji vakillarini nimalar kutmoqda?