21:58 / 01.12.2017
9 098

Munajjimlar bashorati: 2 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 2 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ishlaringiz shu qadar ko‘p bo‘ladiki, kun bo‘yi ofisda o‘tirishingizga to‘g‘ri keladi. Tushdan keyin bir tanishingiz kelib sizga kelgusida martabani qanday yo‘l bilan oshirish mumkinligi haqida maslahatlar berishi kutiladi. Maslahatlarga albatta amal qiling. Kechqurun oila qurmagan yigitlar bo‘lg‘usi juftiga qancha ko‘p muhabbat izhor qilsalar, munosabatlar shuncha mustahkam tortadi. Kechqurun olis safarga chiqish zarurati tug‘ilsa, bu amalni boshqa kunga qoldiring.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
2 dekabr kuni ro‘zg‘ordagi muammolar bo‘yicha yaqinlaringiz bilan bahslashib qolishingiz ehtimoli bor. Ammo qancha urinmang, o‘z fikringizni isbotlashga harakat qilmang, foydasi yo‘q. Ishxonada ham rahbariyatdagilar bilan jiddiy suhbat kechishi mumkin. Kechqurun ba’zi do‘stlar sizni kafega taklif etishlari kutilmoqda. Rozi bo‘lmang. Salomatligingiz haqida qattiq qayg‘uring. Har holda hozir qish, ko‘chaga qalin kiyinib chiqmasangiz, salomatlik xavf ostida qolishi hech gap emas.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Har qanday ish, voqea-hodisaga faylasuflarcha munosabatda bo‘ling. Kun davomida ma’naviy yuksalish yo‘lida sezilarli harakatlar sodir eting. Ruhan poklanish harakatida bo‘ling. Bugunga rejalashtirilgan barcha safarlaringiz muvaffaqiyat keltiradi. Kechqurun esa juftingiz yo tanlaganingiz sizga unutilmas lahzalarni hadya etishga bel bog‘lagan. Bu haqiqatan unutilmas bo‘ladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
2 dekabr kuni ishda ham, muhabbatda ham sizdan o‘tadigani bo‘lmaydi. Siz rosmana avangard qiyofasiga kirasiz. Ammo xudbinlikka haddan tashqari erk bermang. Moliyaviy muammolar islohot talab qiladi. Demak, ularni qandaydir yangicha usullar yordamida hal etishingiz kerak bo‘ladi. Ro‘zg‘ordagi muammolarni esa shundayligicha bartaraf etsangiz bo‘ladi. Kechqurun o‘zingiz yaqin o‘tmishda juda qalin bo‘lgan bir inson sizga kutilmagan sovg‘a hozirlab qo‘ygan bo‘lib chiqadi. Omadingizni bersin!

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz quvonchli boshlanadi va bu to kechga qadar davom etishi kutiladi. Qay mavzuda bo‘lmasin, yirik loyihalarni sira qiyinchiliklarsiz haqiqatga aylantira olasiz. Agar sevimli xobbingiz bo‘lsa, unga ham alohida vaqt ajrating, afsuslanmaysiz. Salomatligingiz masalasida muammolar duch kelishi mumkin. Buyrak va oshqozoningizni vrach ko‘rigidan o‘tkazmasangiz bo‘lmaydi. Parhez tuting va organizmning jismonan zo‘riqishiga yo‘l qo‘ymang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
2 dekabrda parizod burji vakillarining ayrimlari hayotida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Ishni almashtirasiz. Bu ish sizga har jihatdan yoqib tushadi. Oila qurishga ulgurmaganlar hayotida kichik ko‘ngilsizliklar ko‘zga tashlanish ehtimoli bor. Oilalilar ham tashvishdan quruq qolishmaydi. Moliyaviy masalada ham negadir omadingiz yurisha qolmaydi. Shu narsa juftingiz va sizning orangizda munosabatlar sovuqlashuviga olib kelishi hech gap emas. Lekin bu o‘tkinchi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun tashqi ko‘rinishingizga oro berish va sport bilan ko‘proq shug‘ullaning. Bu, albatta ayollar va qizlarga tegishli bo‘lgan maslahat. Erkaklar esa bugungi kunini zararli odatlardan xalos bo‘lishga sarflashsa yomon bo‘lmasdi. Agar kechki paytga borib sog‘lig‘ingiz pand bera boshlasa, kunning qay qismi bo‘lishidan qat’i nazar vrach ko‘rigiga boring. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda, elektr tokiga ishlaydigan asboblardan foydalanishda ehtiyot bo‘ling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
2 dekabrda kayfiyatingiz osmonu falakda bo‘lmasligi tayin. Ba’zi voqealar sodir bo‘lishi sizni tushkun kayfiyatga solib qo‘yishi mumkin. Bu asosan ishxonadagi muhit bilan bog‘liq. Moliyaviy masalada qiyinchiliklarga duch kelsangiz, pashshadan fil yasab o‘tirishingiz shart emas. Muammolar sal kechroq bo‘lsa-da, baribir sizning foydangizga hal bo‘ladi. Sarf-xarajatlar bobida ham o‘ylab qadam bosing. Eng og‘ir vaziyatlardan faqat hazil-mutoyiba yordamida chiqib keta olasiz. O‘zingizni ehtiyot qiling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun juda muloyim va beozor odamga aylanishingiz kerak. Shunda ko‘ngilsizliklar sizni chetlab o‘tishi mumkin. Ishda sizdan faqat faollik talab qilinadi. Qolganini omadingizga qo‘yib beravering. Dam olishdan umid qilmasangiz ham bo‘ladi. Chunki sizga ish joyingizdagi rahbarlaringiz yangi loyihalarni taqdim etishadi. Loyihalar esa qattiq ishlashni talab qiladi. Ko‘zlangan ezgu maqsadlar yo‘lida to‘siqlar ko‘zga tashlanmaydi. Shunday ekan, olg‘a qadam bosavering.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
2 dekabr kuni sha’ningizga ko‘plab haqoratlar, bo‘htonlar yog‘ilish ehtimoli yo‘q emas. Shuning uchun ruhan tayyorgarlik ko‘rib olishingiz zarur bo‘ladi. Basharti ma’naviy ko‘makka ehtiyoj sezsangiz, yaqin do‘stlarga murojaat eting. Do‘stlar albatta sizga yordam ko‘rsatishadi. Faqat kelajak rejalaringizni birovlardan, hatto do‘stlardan ham sir tuting. Sog‘lig‘ingizni juda ehtiyot qiling. Moliyaviy muammolar kechqurun hal bo‘lishi kutiladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ishxonangizda rahbarlar bilan jiddiychasiga bahslashib qolishingiz xavfi bor. Bu sizning ziyoningizga ishlashini o‘zingiz ham sezib turgan bo‘lsangiz ajab emas. Bunday lahzalarda sukutni qurol qilib oling, albatta g‘alaba qilasiz. Ish bajarishda esa faollikni shior qilib oling. Faol odamdan hech bir ish qochib qutula olmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling, kitob o‘qing, qiziqarli film tomosha qilsangiz ham ortiqchalik qilmaydi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
2 dekabr kuni kuningiz sezilarli darajada og‘ir kechishi mumkin. Tadbirkorlar kun bo‘yi hamkorlar va raqobatchilar o‘rtasida bo‘zchining mokisidek yugurib-yelib vaqt o‘tkazishlari tayin. Bunday lahzalarda uzoq vaqt o‘y surish foyda bermaydi. Harakatlar sodir eting. Moliyaviy masalada muvaffaqiyatlarning kattasi faqat sizga atalgan. Yaqindan ko‘mak beradiganlarga nisbatan adolatli bo‘ling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 2 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?