23:56 / 04.12.2017
10 450

Munajjimlar bashorati: 5 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 5 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Birinchi navbatda pullaringizni xomcho‘t qilib oling. Ana undan keyin hujjatlarni ko‘zdan o‘tkazing. Atrofdagilarni zimdan reviziya qiling. Toki ular orasida dushman chiqib ishlaringizni, rejalaringizni barbod qilmasin. Agar shu amallarning barchasini qoyillatsangiz, ishda va oilaviy hayotingizda faqat yaxshilik, quvonch va barqarorlik hukm suradi. Moliyaviy jihatdan ham qiyinchilik ko‘rmaysiz. Salomatlikni tiklash va mustahkamlash uchun faqat vrach maslahatlariga amal qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
5 dekabr kuni ishda ham, xaridlar masalasida ham sergaklikni qo‘ldan bermang. Ishxonangizda sizni chuv tushirish ilinjida yurganlar haqida xabar berishadi. Ammo ular bilan bahsga ham, janjalga ham kirishmang. Sukut saqlang. Muhabbatda oila qurmaganlarning omadi chopishi kutilmoqda. Faqat tanlaganingizni yaxshilab o‘rganib chiqsangiz bas. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatlanishda rejimni buzmang. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari bilan cheklansangiz ham ziyon qilmaydi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun ilgari bajarishni umuman istamagan ishlarga qayta ro‘baro‘ bo‘lishingiz mumkin. Iloj qancha, taqdirda borini ko‘rasiz. Shu yumushlarni imi-jimida bajarib qo‘ymasangiz bo‘lmaydi. Lekin ishda faollikka e’tibor qarating. Shunda pul ham, obro‘ ham sizniki bo‘ladi. Muhabbatda oilasizlar sal qursa aldanib qolishlari kutiladi. Hushyor yurmasangiz, bu uchrashuv va muhabbat lahzalari juda qimmatga tushishi hech gap emas. Sog‘lig‘ingizni saqlang, immunitetni tabiiy yo‘llar bilan ko‘tarishga harakat qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
5 dekabr kuni kimlargadir sizning yordamingiz kerak bo‘lishi mumkin. Yordam so‘raganlar bilan muloyim ohangda muloqot qiling. Qo‘lingizdan kelsa yordam bering, ularda ham qolib ketmaydi. Ayniqsa, ba’zilar salomatligi yomonlashishi oqibatida sizdan ko‘mak so‘rab murojaat etishi mumkin. Ularning iltimosini bee’tibor qo‘ymaslik kerak. Juftingiz bilan munosabatlarda kamtar bo‘ling. Hadeganda siringizni birovlarga oshkor etavermang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
5 dekabr kuni imkon tug‘ilishi bilan yolg‘iz qoling. Yolg‘izlikda asablar dam oladi, kelajak haqida reja tuzish ham yengil kechadi. Qolaversa, maza qilib dam olasiz. Oilalilar hayotida bolalar muammolari ko‘ndalang bo‘lishi kutiladi. Oila qurmaganlarni esa kechqurun romantik uchrashuv kutmoqda. Siz qisqa vaqt bo‘lsa-da, eng unutilmas, qaynoq lahzalarni boshdan kechirasiz. Asabni asrang, shamollash, grippga yo‘liqishdan saqlaning.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun badavlat odamlar ketidan quvmang, ulardan hech narsani iltimos qilmang. Sizning o‘z yo‘lingiz bor. shu yo‘l bo‘ylab mardona qadam tashlang. Shaxsiy hayotingizda sokinlik hukm suradi. Oila qurmagan bo‘lsangiz-u, anchadan beri kimnidir ko‘z ostingizga olgan bo‘lsangiz, dadilroq bo‘ling va dardingizni unga tavakkal to‘kib soling. Albatta omadingiz chopadi. Kechqurun sog‘lig‘ingizni bir nazoratdan o‘tkazib olishingiz kerak bo‘ladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
5 dekabrda kayfiyatingizda biroz tushkunlik alomatlari ko‘zga tashlana boshlaydi. Ammo xavotirga o‘rin yo‘q. Kayfiyatni yuqori pog‘onaga olib chiqish o‘z qo‘lingizda. O‘zingizni majburlab bo‘lsa-da, hazil-mutoyibaga o‘ting. Bugun professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlardan ko‘ra chakana ishlar sizga ko‘proq daromad berishi mumkin. Ijod kishilari bugun dam olishlari tavsiya etiladi. Kechqurun xonadoningizga chaqirilmagan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Do‘stlaringiz sizga ishonib o‘ta maxfiy sirlarini to‘kib solishi mumkin. Bu sirlarni birovlarga oshkor qilib qo‘yishdan saqlaning. Kun davomida serdaromad ish taklif etishlari mumkin. Rozi bo‘lavering. Kechki payt badavlat tanishlardan biri moliyaviy muammolaringizni ijobiy hal etib berishi kutiladi. Surunkali gastriti borlar zudlik bilan parhezga o‘tishlari zarur. Busiz xastalikka qarshi muvaffaqiyatli kurashib bo‘lmaydi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
5 dekabr kuni juda noqulay vaziyatga tushib qolishingiz ehtimoli bor. Bu vaziyatdan chiqib ketishingiz juda qiyin kechadi, unutmang. Baqir-chaqir, xavotirlarsiz bosqichma-bosqich qadam tashlasangiz, o‘z kuchingiz ko‘magida vaziyatdan kechgacha chiqib olasiz inshoolloh. Agar kimningdir ko‘magi zarur bo‘lsa, eng yaqin qarindoshlarga murojaat eting. Kechqurun kasbingiz bilan bog‘liq yoqimli xabar eshitishingiz kutiladi. Salomatligingizni doimiy ravishda nazorat qilib boring.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Kuningiz juda xayrli boshlanadi. Siz o‘z ezgu maqsadlaringiz yo‘lida mardona qadam tashlaysiz. Hech kim sizga xalal ham bermaydi. Eng asosiysi, illyuziyaga berilmang. Shaxsiy hayotingiz ham jumboqlardan iborat bo‘ladi. Ortiqcha rejalar tuzib ovora bo‘lmang. Kechqurun do‘stlarning biri qo‘ng‘iroq qilib sizga quvonchli xabar yetkazishi mumkin. Serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Shaxsiy avtomashinangizda yo‘lga chiqmaganingiz ma’qul.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
5 dekabr kuni miyangizga ajoyib g‘oyalar quyilib keladi. Bu g‘oyalarni duch kelgan odamga aytish istagi ham tug‘iladi. Lekin buning keragi yo‘q. Har bir insonning o‘z sirlari bo‘ladi. Bu sirlarni faqat tegishli odamlargagina oshkor qiling. Quvonishdan, zavqlanishdan tiyilmang. Muhabbat bobida ham ishlaringiz besh. Kechqurun juftingiz bilan muloqot qilib vaqt o‘tkazsangiz, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Kun davomida ko‘ngilsizliklar qurshovida qolishingiz ehtimoli bor. Iloji boricha ularni aylanib o‘tishga harakat qilavering. Ajab emaski, ishingiz baroridan kelsa. Notanish odamlarga sir aytmang. Muhabbatda yolg‘on ishlatmang. Agar hanuz bo‘lg‘usi juftingiz bilan munosabatlarga oydinlik kiritib olmagan bo‘lsangiz, bugun ayni vaqti. Kechqurun qachonlardir bajargan ishingiz uchun mo‘may daromad olasiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 5 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?