22:10 / 05.12.2017
10 898

Munajjimlar bashorati: 6 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 6 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugungi kuningiz turli tashvishlar, xavotirlardan iborat bo‘lishi mumkin. Agar endigina mehnat ta’tilidan qaytgan bo‘lsangiz, bu jarayonga ko‘nika olmay ancha qiynalishingiz tayin. O‘tgan oyda yakunlanmay qolib ketgan ishlarni ham bugun nihoyasiga yetkazmasangiz bo‘lmaydi. Moliyaviy muammolarni hal etishda jiddiy to‘siqlar ko‘ndalang bo‘lishi kutiladi. Kechqurun oilaviy bayram uyushtirish niyatingiz bo‘lsa, bu amalni boshqa kunga qoldira turing. Sog‘lig‘ingizni asrang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
6 dekabr kuni ruhiyatingiz bilan bog‘liq muammolar ko‘zga tashlanadi. Bunda o‘zingizning aybingiz ko‘proq. Juftingizga nisbatan qo‘pol munosabatingiz, tabiatingizdagi injiqlik va tajanglik ruhiyatingizga ziyon yetkazishi aniq edi. Endi bu holatdan chiqib ketish usullarini qidirishingiz lozim. Yirik xaridlarga aslo erk bermang, kechqurun qarzga botishingiz mumkin. Sog‘liqqa ham bee’tibor bo‘lmang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
6 dekabrda qizlar, juvonlar tashqi ko‘rinishlariga alohida e’tibor qarata boshlashadi. Ayniqsa, oila qurishga ulgurmaganlar sevganiga yoqish uchun tashqi ko‘rinishiga zeb berishning turli ko‘chalariga kirib chiqishi mumkin. Esda tuting, birinchi navbatda ichki dunyongizni bezang, ana shunda sizdan baxtlisi bo‘lmaydi. Ishxonada ham ishlar siz kutganchalik baroridan kela qolmasligi mumkin. Oyning o‘n beshi yorug‘, o‘n beshi qorong‘i deganlari shu bo‘lsa kerak-da.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Kun davomida ish bajarish, muammoni ijobiy hal etish masalasida yengil-yelpi usullarga duch kelmaysiz. Qiyinchiliklar bilan ish bajarishingizga to‘g‘ri keladi. Ammo jiddiy muammo ham ko‘zga tashlanmaydi. Uy yumushlari bilan band bo‘lishni xohlaganlar uchun 6 dekabr juda xayrli va unumli kechadi. Moliyaviy jihatdan bugun to‘kinsiz. Demak, kechki payt do‘kon aylanib, yoqimli xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin. Juftingiz bilan janjallashib qolishdan saqlaning.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
6 dekabr kuni tadbirkorlar anchadan beri miyasida pishitib kelgan yangi g‘oyalarni haqiqatga aylantirish payiga tushishadi. Bu biznesda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan o‘zgarishlar yasash bilan bog‘liq. Lekin tadbirkorlikni endi boshlagan bo‘lsangiz, bu g‘oyani nari surib turing. Shaxsiy hayotda ehtirosga emas, tafakkurga suyaning. Qalb amriga bo‘ysungan holda harakatlar sodir eting. Asablarni asrang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yangi ishga qo‘l urgan bo‘lsangiz, kuzatuvchanlikni qo‘ldan bermang. Rahbariyat bu ishingizni zimdan kuzatib, iroda kuchingizni nazoratdan o‘tkazayotgan bo‘lishi ham mumkin. Yaqindagina nikohdan o‘tgan kelin-kuyovlar uchun bardosh bugun juda zarur bo‘ladi. Bir-biringizni to‘liq tushunib olishingiz, bir-biringizga moslashishingiz uchun bardosh, vaqt kerak bo‘ladi. Kechqurun ayrimlar xizmat safariga otlanishi kutiladi. Bu safar sizga bir olam a’lo kayfiyat hadya etadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
6 dekabrda birinchi navbatda jismoniy holatingizga e’tibor qarating. Organizmni jismoniy zo‘riqishga majbur etmang. Kuningizni iloji boricha xotirjam o‘tkazishga harakat qiling. Tashqarida qarama-qarshi jins vakil va vakilalari bilan don olishishdan saqlaning. Yuzingiz shuvut bo‘lgani qoladi. Neki ishga qo‘l urmang, tajribangizdan kelib chiqing.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Kuningiz o‘ta faollik talab etadi. Shuning uchun ehtiyotkorlik bilan ish tuting. Kerak bo‘lsa, qarindoshlardan ko‘mak so‘rang, buning sira uyati yo‘q. Juftingiz bilan janjallashmaslikka, zarur bo‘lganda yon berishga urining. Asosiysi, orangizda iliq munosabatlar saqlanib qolsin. Qolgan muammolar o‘z-o‘zidan barham topaveradi. Bir ishga qo‘l urishdan oldin yaxshilab o‘ylab oling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
6 dekabr kuni tijorat bilan shug‘ullanadiganlar raqobatchilarning ko‘magiga muhtoj bo‘lishadi. Bunisi endi sira kallaga kelmaydigan holat. Ammo barchani hayratga solib siz o‘sha raqobatchilarni yaqindan ko‘mak berishga ko‘ndirasiz. Demak, tijorat sohasida sizdan aqllisi, ayyori yo‘q ekan-da, qoyil! Moliya masalasida tejamkorlik va tartib. Shuning o‘zi sizga qo‘shimcha daromadlar kelishini ta’minlaydi. Kechqurun tanishlardan biri haqida ko‘ngilsiz xabar eshitishingiz kutiladi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun faqat o‘zingizga taalluqli ishlar bilan band bo‘ling. Ishning ham eng zarurini tanlang. Tadbirkor bo‘lsangiz, tushdan keyin xorij kompaniyalaridan biriga tegishli odamlar bilan tanishib qolishingiz ehtimoli bor. Agar yangi, foydali loyihalarni o‘ylab topgan bo‘lsangiz, vaqtni ham, pulni ham ayamang, tavakkal qiling. Bugun oilasizlarga muhabbat bobida omad kulib boqmaydi. Bu umidni boshqa kunga qoldiring.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
6 dekabrda sizdan professionalizm, iroda kuchi, salomatlik va bardosh talab etiladi. Shu xususiyatlar ko‘magida tog‘ni ursangiz tolqon qilar darajadagi cheksiz imkoniyatlarga ega bo‘lasiz. Juftingiz bilan yaqin orada janjallashgan bo‘lsangiz, bugun birinchi bo‘lib o‘zingiz oldinga qadam tashlang va uzr so‘rashga uyalmang. Shamollashdan, gripp yuqtirishdan saqlaning. Agar yuqtirib ulgurgan bo‘lsangiz, vrach ko‘rigiga choping.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Juftingiz bilan erta tongdanoq kelishmovchiliklar yuzaga kelishi kutilmoqda. U qalbingizni tushunishga sira intilmayaptimi? Yana bir bor gaplashib ko‘rishga harakat qiling. Bugun tijoratchilar, siyosatchilar va huquqshunoslarning kuni tug‘adi. Kun davomida qalbingizgagina quloq tutgan holda ish tuting. Shunda jiddiy, kechirilmas xatoliklarga yo‘l qo‘ymaysiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 6 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?