22:13 / 06.12.2017
11 101

Munajjimlar bashorati: 7 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 7 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun siz faqat ish uchun tug‘ilgandeksiz. Qulog‘ingizga ishdan boshqasi kirmaydi. Sizni atrofdagi voqea-hodisalar qiziqtirmaydi. Qanday yo‘l bilan bo‘lmasin ko‘proq ishlab, ko‘proq pul topish payida bo‘lasiz. Qarangki, kechqurunga borib bu faolligingizni rahbarlar munosib baholashadi. Mukofot puli olasiz. Xudo beraman desa shu-da. Salomatlikni asrang, ovqatlanishda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
7 dekabr kuni kayfiyatingiz hayitdagidek bo‘lmasligi, g‘azabnok holatga kirib qolishingiz kutiladi. Lekin bu professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarga umuman xalal bermaydi. Aksincha, boshqa kunlardagiga nisbatan ko‘proq ish bajarishga erishasiz. Oilalilar ro‘zg‘or kemtiklarini to‘ldirishga ham kun davomida e’tibor qaratib qo‘ysalar yomon bo‘lmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
7 dekabr kunning birinchi yarmida ishingiz bilan bog‘liq axborotlar to‘plashga kirishasiz. Keyin esa kutilmaganda firibgarlar domiga tushib qolishingiz ehtimoli sezila boshlaydi. Sergak bo‘ling. Xotirjamlik bugun shioringizga aylanishi kerak. Juftingiz bilan munosabatlarda, ayniqsa, xuddi o‘sha xotirjamlik juda asqotadi. Kechqurun qarz so‘rab yugurishni istamasangiz, kissadagi pullarni tejab ishlating.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Ba’zilar ertalabdanoq beixtiyor o‘tmishdagi muhabbatini eslab qolishi mumkin. Esda tuting, o‘tmishga qaytib ish ko‘rish siz uchun faqat ziyon keltiradi. Tadbirkorlar uchun foydali shartnomalarga imzo qo‘yish, turli zarur axborotlarni yig‘ish va muhim hujjatlarni rasmiylashtirish muvaffaqiyatli kechadi. Agar ishxonadagi yumushlarni o‘z vaqtida bajarib ulgursangiz, kechqurun moddiy manfaat ko‘rishingiz tayin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
7 dekabr kuni yoshi ulug‘ qarindoshlarning salomatligi bilan qiziqing, ulardan xabar oling. Garchi o‘zlari aytmasalar-da, zarur dori-darmonlarni olib bersangiz, savobning tagida qolasiz. Kunduzi internetdagi elektron aloqa qutingizga kutilmagan xabar kelib tushishi mumkin. Xabar qanday mazmunda bo‘lishidan qat’i nazar xotirjamlikni saqlab qoling. Kechqurun yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Hali hech kim bilmaydigan yashirin iste’dodingizni barchaga namoyish etish, maqtanish uchun fursat yetdi. Bu obro‘yingizga obro‘ qo‘shishi aniq. Murakkab ishlarga ham sira ikkilanmasdan kirishib, do‘ndira olsangiz, mo‘may mukofot puli sizniki. Badavlat do‘stingiz bo‘lsa, buguncha moddiy yordamni o‘sha insondan olib tursangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
7 dekabrda hujjatlar bilan ishlashga to‘g‘ri kelsa, juda sergaklik bilan harakatlar sodir etishingiz kerak bo‘ladi. Aks holda jiddiy muammolarga duch kelishingiz turgan gap. Yirik xaridlarni amalga oshirish, yangi kiyimlar sotib olish, ayollar uchun soch turmagini o‘zgartirish, tish do‘xtiri qabulida bo‘lish juda muvaffaqiyatli kechadi. Pul masalasida tejamkorlikka albatta e’tibor ajrating. Yangi yil bayramiga pul jamg‘arishga kirishsangiz, faqat foyda qilasiz.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Qog‘ozbozliklarga duch kelib, to kechga qadar ovora bo‘lishingiz kutiladi. Lekin bu martabangiz ortishida muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy ahvolingizning yaxshilanishi ham shu qog‘ozbozliklar bilan bog‘liq ekanini unutmang. Uylanmagan yigitlarning ayrimlari bugun sevgan qiziga ko‘nglini ochadi va bu harakat xayrli kechadi. Faqat sevgilingizga guldasta sovg‘a qilishni unutmang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
7 dekabrda ishxonangizda ba’zi hamkasblaringizning yolg‘onlaridan, safarga otlanishdan saqlaning. Ikkalasi ham muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Bundan tashqari, qattiq asabiylashish natijasida salomatligingizga putur yetishi ham hech gap emas. Kechqurun sizga kutilmagan sovg‘a hadya etishlari mumkin. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda ehtiyot bo‘ling. Kun davomida qon bosimingizni tez-tez o‘lchatib turing.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun xotirjam ko‘chaga chiqaversangiz bo‘ladi. Muammolarga deyarli duch kelmaysiz. Rejalashtirilgan barcha ishlaringiz baroridan kelib katmoningiz pulga to‘ladi. Shubhali tadbirlarda ishtirok etmang, sportning faol turlari bilan shug‘ullanmang. Oila qurmagan do‘stlarimiz bugun romantik uchrashuvlarni ortga surishlari tavsiya etiladi. Tanlaganingiz bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
7 dekabr kuni ishga ham, hayotga ham negadir moslasha olmay halak bo‘lishingiz mumkin. Kun davomida qon bosimingiz sakrab ketish holatlari kuzatilishi mumkin. Shuning uchun dorilarni doimo o‘zingiz bilan olib yuring. Kechki payt xizmat safariga jo‘nash to‘g‘ri kelsa, bu safardan voz keching. Jarohat olishingiz xavfi bor. O‘zingizni juda ehtiyot qiling. Hali yaqinlaringizga ko‘p yillar kerak bo‘lasiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Atrofdagilarga nisbatan iliq munosabatda bo‘lmasangiz, janjalga ro‘baro‘ bo‘lishingiz turgan gap. Janjal siz tarafingizdan kelib chiqishi mumkin. Do‘stlardan birining hayoti yaxshi tarafga o‘zgarishida xizmatingiz beqiyos bo‘lishi kutiladi. Shaxsiy hayotingizda o‘zgarishlar yasashga urinmang, juftingiz bilan orangiz buzilish ehtimoli bor. Kechqurun uydagilar bilan birga vaqt o‘tkazing.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 7 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?