21:57 / 07.12.2017
11 584

Munajjimlar bashorati: 8 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 8 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ertalab uyqudan uyg‘ongach, yaqin qarindoshlarni bayram bilan tabriklang. Kunni shunday rejalashtiringki, six ham, kabob ham kuymaydigan bo‘lsin. Qo‘shnilardan biri bilan kun davomida janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Agar o‘zingizni yaxshi tutsangiz, og‘ir-bosiqlik bilan ish ko‘rsangiz, bu janjallarni chetlab o‘tasiz albatta. Salomatligingiz haqida ko‘proq qayg‘uring.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
8 dekabrda moddiy ahvolingiz shu qadar yaxshi bo‘ladiki, bayram bahonasida oilaviy bo‘lib do‘kon, bozorlarni aylansangiz, yoqimli xaridlarni amalga oshirsangiz ham osmon uzilib yerga tushmaydi. Muolajalar olish, jarrohlik amaliyotini boshdan kechirish muvaffaqiyatli kechadi. Muhabbat bobida ham vaziyatni o‘z foydangizga o‘zgartirishingiz mumkin. Juftingizning ruhiy holatiga alohida e’tibor qarating.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
8 dekabrda ruhiyatingiz osmonida qora bulutlar ko‘zga tashlanmaydi. Ammo tadbirkorlarga qiyin bo‘lishi mumkin. Daromad, ish yuritishda jiddiy to‘siqlarga duch kelishlari kutiladi. Huquqshunos ishtirokisiz shartnomalarga imzo qo‘ymang. Yo‘l-yo‘lakay uchraydigan mayda-chuyda ishlar daromadingiz ortishiga sababchi bo‘ladi. Oilasizlarning ba’zilari bugun kechqurun to‘y taraddudini boshlashi mumkin. Kechqurun toza havo sayrini unutib qo‘ymang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Tijoratchi bo‘lsangiz, o‘zingiz qattiq ishongan, hamkorlar hamkori deb bilganlar sizga raqobatchi bo‘lib chiqqaniga guvoh bo‘lasiz. Lekin bundan xavotirga tushishning keragi yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, bugundan e’tiboran o‘sha «hamkorlar» haqida zarur ma’lumotlarni to‘plashga kirishing. Shaxsiy hayotingizda ham sizni jiddiy sinovlar kutadi. Kechqurun ovqatlanishda me’yorni biling va erta uxlashga yoting.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
8 dekabr kuni nafaqat yangi do‘stlar, balki ish masalasida ishonchli sheriklarni ham topish baxtiga muyassar bo‘lasiz. Oilada esa buning aksi. Qarindoshlar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Bu asablaringizni qaqshatib tashlashi tayin. Agar bugun kimdir sizni safarga taklif etsa, darhol rozi bo‘ling. Bu safar sizga moddiy to‘kinlik hadya etishi mumkin. Kechqurun ancha oylar burun sizdan qarz olgan odam insof berib qarzini qaytaradi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Shaxsiy hayotingizda yetakchilik uchun xufiyona kurash boshlanishi kutilmoqda. Bu kurashga barham bering, sovuqqonlik bilan uni yo‘q qiling. Azartli o‘yinlar va pul masalasidagi tavakkalchiliklarni chetga suring. Aks holda katta pul yo‘qotishingiz turgan gap. Kunning ikkinchi yarmida qon bosimingiz oshishi bezovta qilishi mumkin. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar kun davomida salomatligini nazorat etib borishlari kerak. Ahvol keskinlashuvini kutmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
8 dekabr kuni yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Qo‘ni-qo‘shni yoki tanishlar bilan til topisha olmasligingiz ehtimoli ham yo‘q emas. Basharti ko‘chada shunday ko‘ngilsizlikka duch kelsangiz, darhol ortga qaytish payiga tushing. Sport bilan shug‘ullanish, basseyn yoki saunada cho‘milish bugun xayrli va o‘ta foydali kechadi. Zararli energetika suv ostida qolib, yangi, foydali energetikaga ega bo‘lasiz. Onadan qayta tug‘ilgandek yengil tortasiz.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Qay ishga qo‘l urmang, omadingiz keladi. Muammolarning o‘zi sizdan qochib izsiz g‘oyib bo‘lishi kutiladi. Muhabbatda juftingiz bilan bamaslahat qarorlar chiqaring. Shoshma-shosharlikka yo‘l bermang, bu moliyaviy jihatdan inqirozga yuz tutishingizga sababchi bo‘lishi mumkin. Esda saqlang, bu yo‘qotish sizga juda qimmatga tushishi tayin. Kechqurun sog‘lig‘ingizni nazoratdan o‘tkazib oling. Ovqatlanish rejimini buzmang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
8 dekabrda xudodan astoydil tilab, ezgu maqsadlar yo‘lida olg‘a boravering. Maqsadga albatta yetasiz. Tushdan keyin do‘stlaringizdan biri sizga nisbatan xoinlik harakatlarini sodir etib qo‘yishi mumkin. Hushyor turing. Oila qurmaganlar yaqin orada tanlagani bilan janjallashib qolgan bo‘lsa, bugun qaytadan uchrashib munosabatlarni tiklash uchun qulay imkoniyatlar paydo bo‘ladi. O‘zingizni ehtiyot qiling. G‘iybatchilar va sizga hasad ko‘zi bilan boquvchilar ta’qibiga tushishdan saqlaning.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun xotirjamlikni saqlagan holda ish tuting. Yovvoyi jahdga sira erk bermang. U sizni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishi mumkin. Atrofdagilar bilan iliq munosabatlarni saqlashga harakat qiling. Oila qurmaganlarni kechki payt qandaydir hodisa kutib qoladi. Asosiysi, taqdir hukmiga qarshi bormang. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling. Bu ko‘nglingizni ko‘tarib, qo‘shimcha kuch tortiq etadi. Shubhali xabarlar eshitsangiz, darhol esdan chiqarishga harakat qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
8 dekabr kuni ishga o‘zingiz xohlagan tarafdan yondasha boshlaysiz. Hatto, hech kimdan maslahat ham so‘rab o‘tirmaysiz. Baxtga qarshi xuddi shu narsa siz uchun kechirilmas xatoga aylanishi muqarrar. Muhabbatda ham omad sizdan yuz o‘giray deb turibdi. Bu ham yetmagandek, kechqurun o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz kutiladi. Vrach ko‘rigiga shoshiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugungi kuningiz garmoniyaga boy tarzda kechadi. Kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘ladi. Uni hatto eng yaqin insoningiz ham o‘zgartira olmaydi. Moliyaviy muammolar kechqurungacha yetmay ijobiy hal bo‘ladi. Kechqurun olis safarga otlanishingiz ehtimoli ham yo‘q emas. Bosh va oyoq og‘rig‘i kechasi sizni bezovta qilishi mumkin. Kun davomida xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 8 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?