23:33 / 10.12.2017
8 675

Chet tilini o’rganishda asqotuvchi 5 super tavsiya!

Chet tilini o’rganishda asqotuvchi 5 super tavsiya!
1.Avvalo xorijiy tilni o’rganishda shaxsiy qiziqishlaringizni hisobga oling. Sizga hind filmlari yoqsa, hind tilini, turk seriallari ishqibozi bo’lsangiz turkchani, inglizcha qo’shiqlarni jon deb eshitsangiz, ingliz tilini o’rganishingiz oson bo’ladi.

2.Til o’rganish uchun oz bo’lsa-da har kun vaqt ajratishingiz kerak. O’rganayotgan tilingizda tarjima qilinmagan filmlar tomosha qiling, bu orqali lug’at boyligingizni oshirib borasiz.

3.Erishilgan muvaffaqiyatlar uchun o’zingizni siylab turing. 50 ta so’z yodlasangiz, bir finjon qahva ichib oling, yangi gaplar tuzsangiz, bir bo’lak shokolad iste’mol qilib aqlni peshlashingiz mumkin bo’ladi.

4.Garchi so’zlashuv uslubi muloqot qilishdagi eng muhim tushunchalardan biri bo’lsa ham, o’rganayotgan tilingizda chiroyli va bexato yozishga odatlaning.

5.Ijtimoiy tarmoqlar orqali o’zingiz o’rganayotgan tilda muloqot qila oluvchi insonlar bilan do’stlashing. Bu ham siz uchun o’ziga hos tajriba bo’lishi aniq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Chet tilini o’rganishda asqotuvchi 5 super tavsiya!