00:36 / 12.12.2017
10 656

Munajjimlar bashorati: 12 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 12 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun odamlar bilan ko‘proq va ko‘proq muloqotda bo‘lishingiz kerak. Yolg‘izlik sizga naf bermaydi. Bekorga asablaringiz qaqshagani qoladi. Muhabbatda tuyg‘ularga asir bo‘lishingiz ham tavsiya etilmaydi. Bu borada faqat tafakkurga suyanib ish ko‘ring. Kechqurun hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan qirralaringiz ochilib, ezgu niyatlarga yetishingiz uchun qulay imkoniyat tug‘iladi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyotlang. Serqatnov yo‘llarda sergaklikni qo‘ldan bermang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
12 dekabr kuni faqat daromad keltiradigan ishlarga qo‘l uring. Bugun illyuziya dengizida suzadigan kuningiz emas. Xayolparastlikni bir chetga suring-da, aniq harakatlarni amalga oshiring. Moliyaviy ahvolingiz bugun havas qiladigan darajada bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun borini ham tejab-tergab ishlatishingizga to‘g‘ri keladi. Bugun samolyotda parvoz qilish va sayohatga jo‘nash muvaffaqiyatli kechadi. O‘zingizni ehtiyot qiling. Kechqurun sut mahsulotlari iste’moli bilan cheklaning.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Olis safarga otlanadigan bo‘lib turibsiz. Bu safar sizga mo‘maygina daromad ham hadya etadi. Yo‘lda esa badavlat, bir-biridan ajoyib insonlar bilan tanishishingiz kutiladi. Shunday ekan, atrofdagilar bilan iloji boricha ko‘proq tillashing. Agar mushkulotlardan qo‘rqmasangiz, omadning o‘zi sizni kun bo‘yi quvlab yuradi. Muhabbatda xudbinlik qilmang. Juftingiz yo tanlaganingiz bilan ochiq ko‘ngilni o‘rtaga tashlagan holda tillashing.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
12 dekabrda barcha ko‘zlagan ishlaringiz baroridan kelishi kutilmoqda. Tushdan keyin ba’zilarni xorijga, ba’zilarni nufuzli kompaniyaga ishga taklif etishlari kutiladi. Ayrimlar kunning ikkinchi yarmida olisga xizmat safari bilan jo‘nab ketishi ham ehtimolga yaqin. Kechqurun salomatligingiz pand berish pallasiga kira boshlaganini sezsangiz, zudlik bilan chorasini ko‘ring. Siz bugun xastalanmasligingiz kerak.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
12 dekabrda ommaviy tadbirlar, rasmiy yig‘inlarga taklif etishsa, ochiqchasiga bosh tortishingiz tavsiya etiladi. Emotsiyani jilovlagan holda ish ko‘ring. Kun davomida anchadan beri ter to‘kib ishlaganingiz o‘z mevasini beradi. Qo‘rqmasdan qo‘l urgan yirik bir loyihangiz mo‘may daromad olib keladi. Ovqatlanishda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Ko‘chaga havoning avzoyiga qarab kiyingan holda chiqing. Xizmat safaridan voz keching.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Ko‘pchilikda bo‘lganidek, bugun parizod burji vakillarini ham bulutli baxt osmoni kutib turadi. Ammo bu qo‘rqinchli emas. Sizda to‘siqlarni yo‘l-yo‘lakay sindirib, parchalab o‘tish uchun kuch ham, imkoniyat ham yetarlicha bor. Ijod kishilarining ham bugun omadi keladi. Muxlislaringiz qarshisida obro‘yingizni yanada mustahkamlash uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Oilaviy hayotda esa juftingizga nimanidir va’da qilgan bo‘lsangiz, ustidan chiqishga harakat qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
12 dekabr kuni har bir qadamingizni o‘lchab, ehtiyotkorlik bilan harakatlar sodir eting. Agar pul masalasida muammo tug‘ilsa, badavlat tanishlar yoki do‘stlarga murojaat eting. Faqat ko‘p miqdorda qarz ko‘tarib qo‘ymang. Olishning berishi ham bor. Sog‘lig‘ingizni qancha ko‘p va jiddiy nazorat etsangiz, o‘zingizga shuncha yaxshi bo‘ladi. Surunkali xastalikka chalinganlar bu borada o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlari lozim.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Ertalabdan ruhiyatingizga mos, tillashsangiz suhbatingiz zerikarli kechmaydiganlarni qidirib, o‘shalar bilan muloqot qiling. Unday insonlar og‘ir lahzalarda sizni tashlab qo‘yishmaydi. Bugunoq bajarib ulgurishingizga ko‘zingiz yetgan ishlarni aslo ertangi kun uchun qoldirmang. Kechqurun oilaviy bo‘lib biror kafeda kechki ovqatni tanovul qilsangiz ham yarashadi. Bu oilaviy munosabatlar mustahkamlanishida muhim ahamiyatga ega.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
12 dekabr kuni ayrimlar yangi ish izlash harakatiga tushishadi. Bilim olish, oliy dargohlarda o‘qishni niyat qilganlar ham yomonlik ko‘rmaydi. Shu maqsad yo‘lida sezilarli qadamlarni tashlashga erishadi. Suyukli insoningiz bilan munosabatlarga oydinlik kiritib olishingiz kerak bo‘ladi. Moliyaviy ahvolingiz kechqurun yaxshilanishini yulduzlar bashorat qilgan. Kechqurun hamkasblaringizdan kimdir sizni oilaviy mehmonga taklif etishi mumkin. G‘iybatchilarni, hasadgo‘y, ko‘ngli qurumlaganlarni chetlab o‘tishga harakat qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun ilgari sizni ko‘p marta aldashga ulgurganlar uyalmasdan maslahat berishga tushsa, keskin bosh buring-u, ketib qoling. Ular hech qachon sizga do‘stlik qilishmaydi. O‘z manfaatlari yo‘lida sizdan unumli foydalanmoqchi bo‘lishadi xolos. Moliyaviy ahvolingiz kechqurun albatta yaxshilanadi. Shuning uchun qarz qidirib yoki bankdan kredit olishni mo‘ljallab vaqt o‘tkazmang. Salomatlikdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi. Bugun tunda uxlab ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi kutilmoqda.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
12 dekabrda muhabbatda sizning osmoningiz quyoshli bo‘ladi. Shu quyosh tanlaganingiz, juftingiz bilan munosabatlaringizni yanada mustahkamlaydi. Pul topishda ba’zi to‘siqlar ko‘ndalang bo‘lishi mumkin. Ammo siz qo‘rqmang. Shu kunga qadar bundan battarlarini ham yiqitib, parchalab kelgansiz. Ishda kamgaplikni shior qilib olsangiz, bajaradigan yumushlaringiz unumli kechadi. Kechqurun ayrim do‘stlarimizning xonadonida chaqaloq dunyoga kelishi ehtimolga yaqin bo‘lib turibdi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Kelajak rejalaringizni yana bir karra ko‘zdan o‘tkazib olishingiz tavsiya qilinadi. Shunda rejaga sezilarli o‘zgartishlar kiritish lozimligini anglab yetasiz. Oila a’zolaringiz bilan munosabatlar a’lo darajada bo‘ladi. Tijorat bilan shug‘ullanuvchilar ham kunning ikkinchi yarmida mo‘may daromadni hisoblab charchashadi. Kechqurun yo farzandlaringiz, yo qarindoshlaringiz sizga kutilmagan sovg‘a tayyorlab turishi mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 12 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?