22:59 / 12.12.2017
10 479

Munajjimlar bashorati: 13 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 13 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?


Munajjimlar bashorati: 13 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz yaxshi ma’noda to‘s-to‘polon bilan o‘tishi kutiladi. Ya’ni, ishlaringiz shu qadar ko‘payadiki, bosh qashishga vaqtingiz bo‘lmasligi mumkin. Shunga yarasha professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda moliyaviy manfaatdorlikka erishasiz. Agar birovdan qarzingiz bo‘lsa, bugunoq uzib qutulsangiz bo‘ladi. Shaxsiy hayotda esa faqat oqimga qarshi suzing. Aks holda juftingiz bilan orangizdagi munosabatlar sovuqqon tus olishi hech gap emas.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
13 dekabr kuni ruhiy holatingizni yaxshilash payida bo‘ling. Moliyaviy ahvolingizni bir karra tahlil qilib oling. Agar tartibsizliklar zohir bo‘lsa, tartibga keltiring. Katta pul ketidan quvmang, boriga shukr qiling. Muhabbatda ba’zilar achchiq aldovga duch kelishi mumkin. Bu holat yuzaga kelmasin desangiz, sergaklikni qo‘ldan bermang. Uchraganga ishonib ketavermang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Hamkasblar orasidagi hurmatingizni saqlagan holda ish tuting. Eng yaxshi hamkasb degan nomga erishish uchun harakat qiling. Ish bajarishda kimningdir ko‘magidan umidvor bo‘lmang, bu yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi muqarrar. Iloji bo‘lsa, ilgari chala qolib ketgan ishni birinchi navbatda uddalab qo‘ying. Muhabbatda qaysarlik qilmang, qarindoshlaringiz jabr chekishi mumkin.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
13 dekabrda shaxsiy hayotingizni yangi sahifalardan boshlasangiz ma’qulroq bo‘ladi. Basharti suyganingiz bilan munosabatlarga nuqta qo‘ygan bo‘lsangiz, bundan fojia yasab o‘tirishga hojat yo‘q. Hayotga ochiq ko‘z bilan boqing va uni tubdan yangilash payida bo‘ling. Kechqurun ijodkor do‘stlarimizga xudo beradi. Kun bo‘yi yaqin yo‘lamagan ilhom parilari yotar pallangizda sizni qitiqlay boshlashadi. Salomatligingizga ham kun davomida e’tibor qaratib qo‘ying.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Erta tongdan og‘ir-bosiqlikni o‘zingizga shior qilib oling. Shu yo‘l bilangina muvaffaqiyatga erisha olasiz. Qo‘polligingiz hatto hamkasblarga ham yoqib tushmaydi. Katta puldan umid qilmang. Ammo tushkunlikka ham tushmang. Kechki payt mukofot puli olishingiz kutilmoqda. Ehtiyotkorlikka alohida e’tibor qaratsangiz, turli ko‘ngilsizliklardan o‘zingizni saqlagan bo‘lasiz. Kechqurun toza havoda sayr qilib, tunda sut mahsulotlari iste’moli bilan cheklaning.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
13 dekabrda kayfiyatingizga, ruhiyatingizga mos keladigan ishlar bilan band bo‘lganingiz ma’qul. Dizaynerlar, aktyorlar uchun bugungi kun juda muvaffaqiyatli va yoqimli kechadi. Asosiysi, zo‘rligingizni, hammadan yaxshi ekaningizni o‘zgalarga isbotlash fikridan yiroq bo‘ling. Ish joyingizda birga ishlaydiganlar bilan munosabatlaringiz tanaffus talab qilmoqda. Bu tanaffuslar sizning foydangizga ishlashi aniq. Surunkali xastalikka chalinganlar o‘zlarini nihoyatda ehtiyot qilishlari tavsiya etiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Hozirgi kunda ishlayotgan ishingizga yanada mustahkamroq o‘rnashib olishingiz zarur. Shu ishingiz sizga kelgusida mo‘may daromadlar va cheksiz hurmat-e’tibor hadya etadi. Yangi tanishuvlar va sershovqin davralarni aylanib o‘ting. Bu narsalar sizni o‘ta og‘ir vaziyatga tushirib qo‘yishi mumkin. Yaqinda shaxsiy biznesini ochganlar kechqurun ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishlari kutiladi. Asablarni asrang, ular bir marta darz ketsa, hech qachon qayta tiklanmaydi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
13 dekabr kuni sizni juda ko‘pchilik qo‘shimcha daromadli ishlarga taklif etaverib charchatadi. Tanlash imkoniyatingiz ikki yuz foiz. Demak, shoshilmasdan ular orasidan o‘zingizga eng ma’qulini tanlab olavering. Ammo pulning orqasidan o‘zingiz birinchi bo‘lib quvlamang. Shunday yo‘l tutingki, pulning o‘zi sizni qidirib kelsin. Ana shunday yo‘l bilan topilgan pulning mazasi boshqacha shirin bo‘ladi. Kun davomida ba’zilar uy ta’miriga kirishishlari kutiladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kuningiz a’lo darajada kechishi kutilmoqda. Lekin jamoat ishlaridan shaxsiy yumushlaringizni yuqori qo‘ymang. Yo‘qsa, asosiy rejalaringizni amalga oshirishga ulgurmay qolishingiz mumkin. Qanday muammo yo‘lingizga ko‘ndalang bo‘lsa ham faqat o‘z kuch-imkoniyatingizga suyangan holda bartaraf eting. Muhabbatda sizga ham g‘amli, dardli, ham quvonchli lahzalar baravar hamrohlik qiladi. Sog‘lig‘ingiz pand bera boshlaganini sezsangiz, darrov vrach qabuliga shoshiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
13 dekabrda siz uchun ish emas, shaxsiy hayotingiz bosh rolni o‘ynashi lozim. Chunki siz uchun oilaviy baxt birinchi navbatda turishi shart. Ish esa ertami-kechmi topilaveradi. Kun davomida birinchi navbatda salomatlikka e’tibor qarating. Biror salbiy o‘zgarish sezsangiz, o‘zingizcha muolajalar belgilamang.»Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin», degan gaplar bor. Vrachdan qo‘ymasin. Kechqurun xonadoningizga anchadan beri kutilgan inson tashrif buyurishi mumkin.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kunning birinchi yarmida ba’zi ko‘ngli qoralar ishlaringizni izdan chiqarish niyatida harakatlar sodir etishga urinishlari mumkin. Siz ularga qarshi shafqatsiz munosabatda bo‘ling. Jismoniy zo‘riqishlar va sport bilan shug‘ullanish amallarini boshqa kunga qoldira turing. Jarohat olishingiz ehtimoli bor. Undan ko‘ra o‘zingiz sevgan ish bilan shug‘ullaning.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
13 dekabr kuni ba’zilar hayotida ishdagi ishq mojarolari boshlanishi kutiladi. Biroq bu sizga har jihatdan zarar yetkazishini unutmang. Bir kun kelib hamkasblar qarshisidagi hurmatingizga ham putur yetishi hech gap emas. Kun bo‘yi tanqidlarga kamroq e’tibor qarating. Moliyaviy jihatdan muammolaringiz o‘z vaqtida a’lo darajada hal bo‘ladi. Agar oy oxirida mehnat ta’tiliga chiqishni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, hozirdanoq pul jamg‘arib borishingizga to‘g‘ri keladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 13 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?