22:33 / 13.12.2017
13 364

Munajjimlar bashorati: 14 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 14 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Qo‘y burjida tug‘ilganlar bugun har qanday yo‘l bilan omadga erishish payida bo‘lishadi. Bu masalada kerak bo‘lsa, boylarga murojaat etasiz. Shuning uchun muomalani yaxshilagan holda harakatlar sodir eting. Ovqatlanishda bugun me’yorga amal qilishingiz ham juda zarur bo‘ladi. Spirtli ichimliklar iste’mol qilishni iloji boricha nari suring. Rejalashtirilgan barcha ishlaringiz sizga kun davomida faqat lazzat va mo‘may daromad hadya etadi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
14 dekabr kuni ko‘proq nafi tegadigan, og‘ir kunda sizni tashlab qo‘ymaydiganlar bilan munosabat yuriting. Agar bo‘lmag‘urlar bilan muloqot qilib bor kuch va imkoniyatlarni sarflab qo‘ysangiz, kechqurunga borib hech narsasiz qolishingiz turgan gap. Oilasiz do‘stlarimizning ba’zilari muhabbat bobida xush kayfiyat egasiga aylanishadi. Yaqinda tanishganingiz o‘sha inson juda ishonchli, sadoqatli, chin do‘st ekaniga guvoh bo‘lasiz. Asabni asrang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
14 dekabrda tafakkurga suyangan holda ish yuritmasangiz, taqdirning favqulodda zarbalariga duch kelishingiz mumkin. O‘zgalarning dardini yurakka yaqin olaverishni bas qiling. Aks holda o‘zingiz dardga chalinasiz. Ro‘zg‘ordagi muammolar tufayli qarindoshlardan biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Kechqurun moddiy ahvolingiz yaxshilanadi. Oilaviy bo‘lib do‘kon aylanishga chiqishingiz kutiladi. Juftingizga ajoyib va o‘ta yoqimli sovg‘a xarid qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Do‘stlaringizdan kimdir sizga kun avvalida juda foydali maslahatlar beradiki, shu maslahatlar kechqurunga borib asqotadi. Martabangizni oshirish harakatida bo‘lsangiz, jiddiy va katta kuch talab qiluvchi ishlarni vaqtincha chetga sura turing. Tadbirkorlar kechqurun muhim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida moddiy manfaatdorlikka erishishlari kutilmoqda.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
14 dekabr kuni arslon burji vakillari qalbida yana dadillik qayta ko‘z ochadi. Aksar do‘stlarimiz ertalab ishga keladi-yu, rahbardan maoshi oshirilishini so‘ray boshlaydi. Ba’zilarning iltimosi qondiriladi ham. Oilaviy hayotingizda juftingiz bilan dahanaki janjallar yuzaga kelish ehtimoli bor. Moddiy jihatdan jiddiy muammolarga duch kelmaysiz. Qora qozon albatta qaynaydi. Qarzga botmaysiz.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Xorijda yashaydigan do‘stingiz yoki qondoshingizdan kunning birinchi yarmida moddiy ko‘mak olishingiz kutiladi. Ammo bundan ruhlanib ishxonadagi yumushlarni tashlab otmang. Chunki bir umr kimgadir ishonib, kimdandir umid qilib yashab bo‘lmaydi. Baribir o‘z ishingizdan qo‘ymasin. Siyosat, iqtisod va san’at sohasida ishlaydiganlar uchun 14 dekabr muvaffaqiyatli kechadi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatliklarini ehtiyotlashlari shart.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
14 dekabrda o‘zingiz jondan sevgan insondan sovg‘a qabul qilib olishingizga to‘g‘ri keladi. Xuddi shu bahona bo‘lib kuningiz yanada xayrli, yoqimli, quvnoq kechadi inshoolloh. Ishda lavozimingiz oshishi kutiladi. Bu masalada sizga obro‘li tanishlardan biri yordam berishi mumkin. Ammo bu yordamni suiste’mol qilmang. Kechga qadar chin ko‘ngildan ishlasangizgina moddiy manfaatdorlikka erisha olasiz. Sog‘lig‘ingizni ham tez-tez nazardan o‘tkazib turishni unutmang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Ishlaringiz baroridan kelishi bilan birga shuning orqasidan rahbarlar maqtoviga erishasiz. Mukofot puli olishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Shaxsiy muammolaringizni boshqa kunga qoldirmasdan bugunoq bartaraf etishingiz tavsiya etiladi. Oila qurmagan yigitlarning ayrimlari do‘stlari bilan sayrga chiqibmi, yo safarga otlanibmi, kelgusi baxtini uchratishi mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
14 dekabr kuni illyuziya asiriga aylanib qolishingiz ehtimoli bor. Ammo esda tuting. Illyuziya sizga bugun yaxshilik keltirmaydi. Aksincha juda qimmatga tushishi mumkin. Qilajak ishlaringizni oldindan o‘rganib, daromad keltiradiganlarinigina amalga oshiring. Behuda bo‘lmagan narsaga vaqt o‘tkazishdan naf chiqmaydi. Muhabbatda o‘smirga emas, balki o‘rta yoshliga aylaning. Bu tuyg‘uga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘ling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun ertadan kechga qadar o‘zgaruvchan kayfiyat sizni tark etmasligi kutiladi. Basharti shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, serqatnov yo‘llarda juda ehtiyot bo‘ling. Huquqiy masalada muammosi borlar, sudga, advokatga murojaat etganlar uchun 14 dekabr muvaffaqiyatli kechadi. Qalbingiz kun davomida garmoniya ta’sirida bo‘lishi uchun harakat qiling. Kechqurun sportning yengil turlari bilan shug‘ullaning.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
14 dekabr kuni ishda sizga hech kim yordam qo‘lini cho‘zmaydi. Buning sizga zarurati ham yo‘q. Uyqudan xush kayfiyatda uyg‘onasiz-u, shu holat sizni kun bo‘yi tark etmaydi. Oila qurmaganlarga maslahat: Muhabbatda vaziyatni chigallashtirmang. Agar tuyg‘u nazoratdan chetga chiqqan bo‘lsa, uni ortga qaytarishga urinmang. Xudoning aytgani bo‘ladi. Kun bo‘yi faqat tafakkurga bo‘ysunib ish ko‘ring.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Nimaiki ishga qo‘l ursangiz, unumli kechadi. Tijoratchilar, muallimlar uchun bugungi kun omadli va yoqimli kechadi. Rahbariyat bilan muloqot qilishga to‘g‘ri kelsa, tilingizga ehtiyot bo‘ling. Salomatligingizni asrang. Kunning ikkinchi yarmida bosh og‘rig‘idan bezovta bo‘lishingiz ehtimoli bor.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 14 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?