14:40 / 15.12.2017
6 378

Ko’zlar ostidagi qora halqalardan halos bo’lamiz!

Ko’zlar ostidagi qora halqalardan halos bo’lamiz!
Ko’zlar ostidagi qora halqalar to’yib dam olmaslik, noto’g’ri taomlanish va salomatlik bilan bog’liq ma’lum muammolar sabab paydo bo’ladi. Shu boisdan, avvalo ularning paydo bo’lish sababini aniqlab oling va quyidagi tavsiyalar yordamida ushbu yoqimsiz muammoni barataraf etishga erishing.

1.Kosmetik muolajalar

Ko’z osti sohasi o’ta nozik bo’lgani sabab uning uchun alohida parvarish va qarov kerak. Ushbu soha parvarishi va qora halqalarni yo’qotishdagi zamonaviy kosmetologiya muolajalari haqida mutaxassis kosmetologlardan kerakli tavsiyalarni olishingiz mumkin.

2.To’yib uxlash

Har kun 8 soat davomida to’yib uxlash terining tiniq rangi va yoshlikni saqlashga yordam beradi. Uyqu oldidan esa teridagi kosmetika vosita qoldiqlaridan halos bo’lish lozim.

3.Niqoblar

Ko’z ostiga qirg’ichlangan kartoshka, choy paketlari, asal yoki bodring bo’laklaridan qo’yib niqob qilish orqali ushbu muammodan qutulishingiz mumkin.

4.Pardoz

Biror muhim hodisa oldidan ko’zlar ostidagi qora halqalarni berkitish kerak bo’lsa, pardoz san’ati imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko’zlar ostidagi qora halqalardan halos bo’lamiz!