22:43 / 20.12.2017
11 052

Munajjimlar bashorati: 21 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 21 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Albatta, bugungi kuningiz ham janjalli vaziyatlardan xoli emas ko‘rinadi. Lekin asosiy vaqtingizni yoqimli hislar qurshovida kechirishingiz tayin. Shu sababli ko‘ngilsizliklar haqida o‘ylab o‘tirmasangiz ham bo‘ladi. Mabodo savob ishga qo‘l urishni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, oila a’zolaringizni ham jalb eting. Tadbirkorlar uchun kelishuvlar, shartnoma imzolash va olisga safar yoqimli kechadi. Siz o‘zingiz ko‘zlagan eng yuqori cho‘qqilarni zabt etasiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
21 dekabrni professional kasbingiz bilan bog‘liq ish doirasida yangi loyihalar o‘ylab topish bilan boshlang, afsuslanmaysiz. Rahbariyat bilan janjallashgan bo‘lsangiz, bugun yarashasiz. Lekin yaqin do‘stlardan biri bilan bo‘lib o‘tgan xafagarchiliklar hali uzoq davom etishi kutilmoqda. Shaxsiy hayotda ishdagidek emas, omad hadeganda sizga kulib boqavermaydi. Hoynahoy, juftingiz tuyg‘ularingizni reviziyadan o‘tkazishni mo‘ljallagan ko‘rinadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
21 dekabrda tijoratchi va tadbirkorlar yangi hamkorlar topishadi, ular bilan zarur kelishuvlarga erishiladi. Biroq raqobatchilarni sira nazardan qochirmang, chuv tushib qolishingiz ehtimoli bor. Shaxsiy hayotda yetakchilikka da’vo qilish fikridan voz keching. Bu ishxonangizda naf berishi mumkin. Oilada aksincha ziyon yetkazadi. Nimaiki ishga qo‘l urmang, faqat qalb amriga quloq tuting. Kechqurun moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi kutilmoqda.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Atrofdagilarning ham manfaatlarini hurmatlashingiz talab etiladi. Xudbinlik sizga xos emas. Istaklaringizni bir chetga berkitib qo‘ying. Toki ular qarindoshlaringizga zarar yetkazib qo‘ymasin. Kun davomida xizmat safariga jo‘nashingiz mumkin. Bu safar sizga moddiy manfaatdorlik taqdim etadi. Ayrimlar moliyaviy muammolar ijobiy hal bo‘lmaganidan aziyat chekishlari kutiladi. Salomatlikni nihoyatda ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
21 dekabr kuni odamlar bilan kam bahslashib, ko‘proq ularni tinglashga harakat qiling. Bu nafaqat sizga foyda beradi, balki dunyoga, real hayotga boshqacha ko‘z bilan boqishda ham yordam beradi. Ishxonadagi ishlarni mustaqil tarzda amalga oshiring. Birovni aralashtirsangiz, ishingizda unum bo‘lmaydi. Oilaviy hayotda yaqinlaringiz bilan dahanaki janjallar yuzaga kelish ehtimoli bor. Kunning ikkinchi yarmida bosh, oyoq og‘rig‘i bezovta qilib o‘tishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Muammo kattami, kichikmi, birovlarni yordamga chaqirmang. Bu muammolarni o‘zingiz ham o‘z foydangizga hal eta olasiz. Ishni oldindan puxta rejalashtirganlar kechga borib moddiy jihatdan ahvolini birmuncha yaxshilab olishadi. Olis va yaqin manzilga qilingan safar muvaffaqiyatli kechadi. Faqat yo‘lda ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Jarohat olishingiz xavfi bor. Ijodkorlarni ham 21 dekabr kuni omad chetlab o‘tmaydi. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, sog‘lig‘ingizni kun davomida nazoratda ushlang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
21 dekabr kuni ilgari oxiriga yetmay qolgan ishlarni do‘ndirib, ana undan keyin yangisiga qo‘l uring. Do‘stlar bilan ko‘ngil yozishlardan bugun bosh tortishingizga to‘g‘ri keladi. Aks hoda yuksak cho‘qqilarni zabt eta olmaysiz. Oilaviy hayotingiz xuddi ertaklardagidek, kinolardagidek yoqimli va afsonaviy holatda bo‘ladi. Ammo esda tuting, bu ertaknamo hayot uchun rashk deb atalgan balo ortiqchalik qiladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun hamma ishni ham reja asosida ado etish fikridan qayting. Yo‘qsa robotdan farqingiz qolmaydi. Moliyaviy ahvolingiz ayanchli ahvolga tushib qolmasligi uchun keragicha harakat qiling. Qimmatbaho xaridlarni darhol chetga suring. Oilangizda xotirjamlik hukm suradi. Bu kechqurun yaxshi dam olishingizga, ertangi kun uchun qo‘shimcha kuch yig‘ishingizga turtki bo‘ladi. Ovqatlanish rejimini buzish haqida o‘ylab ham o‘tirmang. Serqatnov yo‘llarda ehtiyotingizni qilib yuring.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
21 dekabr kuni ish joyingizda tartib o‘rnatish masalasini hal eting. Aniqrog‘i, bitmay qolgan ishlarni bitirib, yangilarini shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymagan holda bajarishga kirishing. Kunning ikkinchi yarmida qo‘lingizga katta pul kelib tushishi kutiladi. Bayram uchun ham pullarning bir qismini asrab qo‘ying. Muhabbatda oila qurmaganlar tuyg‘ularini yanada yorqinlashtirgan holda harakatlar sodir etsinlar. Shunda tanlagan insoningiz sizga qattiqroq ishonib, sizni kuchliroq sevib qoladi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Kuningiz o‘zingiz xohlagandek omadli kechmasligi mumkin. Shuning uchun xayollarni, fikrni bir nuqtaga jamlab olg‘a intiling. Ish paytida to‘siqlarga duch kelsangiz, kerakli odamlarga qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘rashga uyalmang. Salomatlikni saqlang. Ayniqsa, surunkali yurak, jigar va buyrak xastaligiga yo‘liqqanlar bu masalaga o‘ta jiddiy munosabatda bo‘lishlari lozim. Uxlashga yotishdan oldin sut ichib yoting. Tushlaringiz sutdek oq va yoqimli kechadi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
21 dekabrda ertalabdan sergak va xush kayfiyatda bo‘lishingiz kutiladi. Hatto, oilangizda yaqinlarning favqulodda injiqliklari, tanbehlari ham sizni bu kayfiyatdan mahrum eta olmaydi. Professional kasbingiz va moliyaviy masalada yoqimli xabarlar eshitasiz. Kechqurun ham hech kim xafa qilmoqchi emas. Xudo bersa, qo‘shqo‘llab beradi deganlaridek, kechqurun bir-biridan yorqin, yoqimli hodisalarga guvoh bo‘lasiz. Tijoratchilar bugun «navar»dan sal qisilishlariga to‘g‘ri keladi. Xudoning kuni-da.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Buguningiz juda xayrli kechadi. Eng chigal muammolarni ham xamirdan qil sug‘urgandek oson bartaraf eta olishingizni ko‘rgan odamlar hayratdan yoqa ushlashlari aniq. Kimlardir martabasi oshganini bayram qilsa, boshqa birovlar yangi ishga joylashish natijasida quvonadi. Kechqurun charchoqlar yenga boshlagan holatda uyga kirib kelasiz. Oilada quvonishlar, xursandchiliklar davom etadi. Bugun ko‘radigan tushingiz ham o‘ngidan kelishiga nima deysiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 21 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?