00:12 / 28.12.2017
11 528

Munajjimlar bashorati: 28 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 28 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz xayrli kechadi. Sizda xayollaringiz va ishlaringizda tartib o‘rnatish uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. O‘tgan kunlarda poyoniga yetmay qolgan ishlarni bir chetga suring-da, bugungilarini hal etish bilan band bo‘ling. Moliyaviy muammolarni ko‘p yillik tajribangiz, qolaversa, ishonchli do‘stlar ko‘magiga suyangan holda ijobiy hal etasiz. Shaxsiy hayotda tuyg‘ular quliga aylanmang. Qadimiy an’analarga amal qilgan holda harakatlar sodir eting.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
28 dekabrda ish masalasidagi ba’zi chalkashliklarga duch kelishingiz kutiladi. Lekin tushga yaqin ular nari chekinib, ishlaringizda unum paydo bo‘la boshlaydi. Kunning ikkinchi yarmida yaqin kelajak uchun rejalar tuzsangiz yarashadi. Chunki bugun tuzgan rejalaringiz ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan natijalarga erishishingizda kafolat vazifasini o‘taydi. Muhabbatda shubha-gumonlarni haydab soling. Realistga aylaning. Oilali bo‘lsangiz, juftingizning ko‘nglini og‘ritishdan saqlaning. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun gap pulga kelib taqaladigan bo‘lsa, tavakkalchilikdan voz keching. Katta pulni har kimga ham ishonib topshirib qo‘ymang. Shubha va gumonlarsiz faqat oldinga intiling. Adashib ketib ham yomon niyat qilmang. Basharti muhabbatda adashib begona ko‘chalarga kirib qolganingizni payqasangiz, do‘stlardan maslahat so‘rang. Tijorat bilan shug‘ullanadiganlarga bugun bilim va tajriba ish beradi. Siz shu ikki manbaga tayangan holda mo‘may daromadni sanab olasiz.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
28 dekabr kuni illyuziya changalidan xalos bo‘lishingiz lozim. Shunda porloq kelajakka eltuvchi yorqin yo‘lni to‘siqlardan tozalagan bo‘lib chiqasiz. Bu narsa nafaqat muhabbat, balki professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingiz baroridan kelishi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ish bajarishda eng mayda detallarni ham ko‘zdan qochirmang. O‘shalar daromadingizning asosiga aylanishi ham hech gap emas. Sog‘lig‘ingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi. Ammo havoning avzoyiga qarab kiyinishni unutmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz ajoyib kechishi kutiladi. Yo‘lingiz yorqin, kayfiyatingiz a’lo ekani yaqin o‘tmishda ko‘zga tashlangan og‘riqli lahzalarni unutishda yordam beradi. Bo‘lmag‘ur xayollarni miyangizdan chiqarib tashlang. Shaxsiy hayotda qat’iyatlilikka e’tibor qarating. Kechqurun sizga serdaromad ish masalasida hamkorlikni taklif etishlari mumkin. Ba’zilarning xonadoniga kechqurun chaqirilmagan va kutilmagan mehmonlar kirib kelish ehtimoli bor. Oilasiz bo‘lsangiz, buguncha romantikadan umid qilmasangiz ham bo‘ladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
28 dekabrda tadbirkorlar xorijlik hamkorlar bilan navbatdagi kelishuvlarni imzolashadi. Bundan tashqari, yangi hamkorlar ham safga kelib qo‘shilishi ehtimoldan xoli emas. Sevgida tavakkalchilik va qat’iyatlilik ish beradi. Tuyg‘ularni, emotsiyani jilovlang. Kechqurun tajribasi siznikidan ancha ko‘p, yoshi ulug‘ hamkasbingiz sizga professional kasbingiz bilan bog‘liq qimmatli maslahatlar berishi kutiladi. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, muolajalar haqida o‘ylab ko‘ring, dorilarni o‘z vaqtida ichishni ham unutib qo‘ymang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Hatto eng mayda, zarra kabi kichik ko‘ringan imkoniyatlarni ham ko‘zdan qochirmang. Bu kun bo‘yi bajaradigan ishlaringizda o‘z aksini topadi. Erishayotgan yutuqlaringiz haqida hech kimga miq etmang, ko‘z tegishi mumkin. Katta janjal sababchisiga aylanishni xohlamasangiz, yaqinlaringizni tanqid ostiga olishdan tiyiling. Kechqurun oila qurmaganlar romantik uchrashuvni boshdan kechirishlari kutilmoqda. Bu uchrashuv sizga har taraflama muvaffaqiyat ato etadi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
28 dekabr siz uchun xavotirga qorishiq kun bo‘lib chiqishi mumkin. Eng zarur, o‘zingiz umid qilgan, kutgan natijalar sizga ters o‘girilishi kutiladi. Albatta, do‘stlar, qondoshlar nega orttiriladi. Ana shunday og‘ir lahzalarda bir-birini suyash uchun emasmi? Siz ham ularga murojaat etib, ishlaringiz baroridan kelishini ta’minlang. Mazali ovqat iste’moli, tabiat qo‘ynida dam olib qaytish kabilardan sira bosh tortmang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kunning birinchi yarmida yangi mashg‘ulotlar, qiziqarli uchrashuvlar sizni qurshab olishi kutilmoqda. Qolaversa, azaliy orzularingizdan biri tushdan keyin haqiqatga aylanish ehtimoli bor. Kun davomida meros va xususiy mulk oldi-sotdisi bilan ham shug‘ullanishingizga to‘g‘ri keladi. Ammo bu ishlarni huquqshunos ishtirokisiz amalga oshirmang. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda sizga bardosh katta yordam beradi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
28 dekabr kuni moliyaviy muammolarga loqayd munosabatda bo‘lmang. Agar emotsiya asiriga aylansangiz, bu katta pul yo‘qotishingizga sabab bo‘ladi. Ishxonangizda ham ayrim hamkasblar bilan sen-menga borib qolishingiz xavfi bor. Kechqurun o‘zingizni lohas his eta boshlashingiz mumkin. Shunday ekan, birinchi navbatda salomatligingizni nazorat qilishni unutmang. Ovqatlanishda rejimga qat’iy amal qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ish bajarishda sabr-bardoshli bo‘ling. Shoshilganingiz bilan bu ishlar kamayib qolmaydi. Shaxsiy hayotda xavotirga o‘rin yo‘q. Xavotir juftingiz va sizning orangizdagi rishtalarni uzish payida bo‘lishi hech gap emas. Kechqurun nimadir sabab bo‘lib rejalaringiz o‘zgarib ketishi kutiladi. Ammo bu qo‘rqinchli emas. Reja o‘zgargani bilan imkoniyat eshiklari o‘zgarmaydi. Salomatligingiz bugun sizga pand bermaydi. Toza havoda sayr qilishni unutmasangiz bas.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
28 dekabrda moliyaviy masalada vaziyatni o‘z nazoratingizga oling. Aks holda jar yoqasida qolishingiz mumkin. Bayramga tayyorgarlik ko‘rish asnosida ham tejamkorlikka alohida e’tibor qarating. Ayrim do‘stlarimiz yaqinlaridan biri bilan janjallashgan bo‘lsa, bugun yarashish uchun qulay imkoniyat tug‘iladi. Martabangizni oshirish uchun ham bugundan yaxshisini topa olmaysiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 28 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?