09:27 / 28.12.2017
7 338

“Xonanda qizni sevib qoldim”

“Xonanda qizni sevib qoldim”
— Men bir xonanda ayol bilan «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ida do‘stlashib qoldim. U bilan yillar davomida bir-birimizga xabar yuborib, hol-ahvol so‘rab turardik. Fikrlarimiz, qarashlarimiz bir-birimizga to‘g‘ri kelar, yuborilgan har bir voqeani bir xil baholardik. Shunchalik fikrlar o‘xshashligidan ikkimiz ham lol qolardik. Bu munosabatlar oxiri ko‘nglimizda muhabbat gulxanini yoqdi. Men uni telbalarcha sevib qoldim. Taqdim qilgan har bir qo‘shig‘iga o‘z fikrimni bildirardim. U esa keyingi qo‘shiqlarida mening qarashlarimni inobatga olardi. Men bundan juda xursand bo‘lardim. Bizning munosabatlarimiz shunchalik chuqurlashdiki, biz u bilan uchrashadigan, birga ovqatlanadigan bo‘ldik. U ham menga befarq emasdek edi. Kunlar o‘tgani sari men undan ayrilolmasligimni tushundim. Men unga uylanish taklifimni aytdim. Lekin bu gapimdan u qo‘rqib ketdi. Rad javobini berdi-yu, yozganlarimga javob bermaydigan bo‘ldi. Mening iztiroblarim oshgandan oshdi. Uni tinch qo‘ymay, ishxonasiga borib, izoh berishini talab qildim. Ammo u sokinlik bilan menga «Men san’at yo‘lini tanladim, toki yo‘lga tushib olmagunimcha turmushga chiqmayman», deb javob berdi. Uni sira ko‘ndira olmayapman. Shunchaki gaplashib yurib, keyin tashlab ketish g‘irt ablahlik. Maslahat bering…
… 78-45 abonenti

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Xonanda qizni sevib qoldim”