14:04 / 17.01.2018
10 627

«Toza asal"ni bozor rastalaridan topish mumkinmi?

«Тоза асал"ни бозор расталаридан топиш мумкинми?
— «Hozir toza asal yo‘q», degan gaplarni ko‘p eshitaman. Ammo savdo rastalarida «Toza asal» degan yozuvli mahsulotlar turibdi. Ayting-chi, bozorda sotiladigan asalning ham haqiqiy yoki soxtaligi aniqlanadimi? Bu borada qonunchiligimizda biror me’yoriy hujjat qabul qilinganmi?
… 89-51 abonenti

— O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Davlat sanitariya Bosh boshqarmasining 2008 yil 11 apreldagi 72-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Asalni veterinariya laboratoriyalarida veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazish qoidalari»ga muvofiq asal maxsus ekspertizadan o‘tkazilgachgina savdo rastalariga chiqarilishi kerak.

Ekspertizaga qabul qilinayotgan asal egasida veterinariya ma’lumotnomasi yoki veterinariya guvohnomalari va asalarilarning veterinariya-sanitariya pasportlari bo‘lishi shart. Qolaversa, savdo rastasiga chiqadigan asalni tashish va saqlashda ishlatiladigan idishlar sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan bo‘lishi lozim. Shuningdek, bozorlarda maxsus kiyimga ega bo‘lgan (yeng, fartuk, durra yoki qalpoq) va savdo qilish sanitariya qoidalariga rioya qiluvchi, asalni veterinariya jihatidan iste’molga yaroqliligini kafolatlovchi veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosasini olgan shaxslar sotishlari mumkin. Bundan tashqari, idishlarda asalni veterinariya-sanitariya ekspertizasi o‘tkazilganini ko‘rsatuvchi belgi:

* iste’molga yaroqli asallar uchun oq rangli;
* diastazasi 5 dan past va sirachli asallar uchun ko‘k rangli yorliqlar qo‘yiladi.

Asalda quyidagilar aniqlanganda iste’molga yaroqsiz hisoblanadi:
* idish talablarga mos kelmaganda;
* organoleptik kamchiliklar aniqlanganda;
* namligi 21 foizdan ortiqligi aniqlanganda;
* achiganda;
* mexanik ifloslanganda;
* 50°S dan yuqori haroratda eritilganda;
* zaharliligi aniqlanganda;
* radioktivligi aniqlanganda;
* asalarilarda yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilar aniqlanganda;
* qalbakilashtirilganda.

Shu bois asal xarid qilishdan oldin uning veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tgan-o‘tmagani haqida so‘rashingiz maqsadga muvofiq.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «Toza asal"ni bozor rastalaridan topish mumkinmi?