12:40 / 20.01.2018
12 556

"Bir kam dunyo..."

"Бир кам дунё..."
– “Baxtlimisiz?”! “Albatta, baxtliman!”. Lekin… nigohlar yer chizdi.

– Bu dunyoda baxtlilar ham ko‘p ammo… Kim uning qalbiga quloq soladi?

Yuragidagi dardni kim o‘qiy oladi?

Kimdir boylik yig‘ib baxtli, biroq tirnoqqa zor…

Kimningdir barcha narsasi yetarli, ammo sog‘ligi yo‘q.

Kimningdir uylari qasrmonand, ammo farzand bozori qaynamaydi. Kimga qoladi bu uy-joy bilmaydi. Hatto farzand ham asrab olmagan.

Kimdir bola chaqa, mashina, hovli joy, katta mansabga ega, ammo ko‘ngildagi inson bilan yashab o‘tmaydi.

Baxt hech hachon to‘kis berilmagan.

Baxtliman, deganlarning ko‘ziga boqqanmisiz? Ko‘rganmisiz kemtik shodlik uchqunlarini? Chunki bir kam dunyo bu. Agar to‘la-to‘kis bo‘lganda inson chinor umrini yasharmidi?!

Inson “Baxt” izidan yuguradi. “Baxt”ni quvlab uni ushlay olmay qo‘li ochiq ketadi. Lekin baxtli bo‘lishga harakat qilish-inson umriga mazmun ato etadi.

Ha bu dunyoda barcha insonga baxt, baxtiyorlik, ahillik, xursandchilik va totuvlik nasib etsin.
Masturaxon NASRIDINOVA

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Bir kam dunyo..."