14:38 / 20.01.2018
12 166

Farzandning qiz tug‘ilishiga ayollar sababchimi?

Farzandning qiz tug‘ilishiga ayollar sababchimi?
Yaqinda toshkentlik bir qarindoshimiz qo‘shnisining dod-faryod qilib yig‘layotganini aytib qoldi. Aytishicha, uning beshta qizi bor ekan. Oltinchisiga homilador bo‘lgach, eri uni qo‘yarda-qo‘ymay «UZD»ga olib boribdi. Shifokorlar tekshirib ko‘rib, tug‘ilajak bola qizligini aniqlabdi. Bundan fig‘oni falakka chiqqan er: "Bu bolani oldirib tashlaysan, bo‘lmasa uyga qaytmaysan", deb turib olibdi. Noiloj qolgan ayol ko‘zida yosh bilan xo‘jayini ikkalasi tanish ginekologga uchrabdi. Ayolginani joni ming bir azobda qolib, homilasini oldiribdi. Keyin ginekolog uning o‘g‘il bola ekanligini aytganida onaizor faryod solib, yig‘lay boshlabdi. Chunki u o‘g‘lining tug‘ilmasidanoq qotiliga aylangandi. Er esa qilgan ishidan mulzam bo‘lib, nima deyishini bilolmay qolibdi.

—Kuni kecha oldimga ikki nafar qizchasini yetaklab homilador bir ayol mahzun qiyofada kirib keldi,-—deya gap boshladi Qibray shaharchasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisasi Rashi-da Toshmatova.—Ha, nima bo‘ldi?—deya so‘radim ayoldan.
—Opajon, endi nima qilaman, erim uydan haydab yubordi,—deya juvon yig‘lab yubordi.
—Nimaga haydaydi? Bu norasidalarni ko‘zi qanday qiydi? Aybingiz nima ekan?

—Ko‘rib turibsiz, ikki farzandim ham qiz. Hozir uchinchisiga homiladorman. Yaqinda erim meni qo‘yarda-qo‘ymay «UZD»ga tushirdi. Do‘xtirlar tekshirib ko‘rib, homilani "qiz" deyishdi. Buni eshitgan erimni fig‘oni falakka chikdi. Keyin "Menga o‘g‘il, merosxo‘r kerak. Ertaga o‘lsam tobutimni ko‘taradigan o‘g‘il tug‘ib beradigan xotin kerak", deya naq qiyomat qoyim qildi. Men xo‘jayinimga "Xudoyim o‘g‘ilmi, qizmi bersa ham shukr qiling. Tirnoqqa zorlar qancha. Ertaga qizlaringiz o‘nta o‘g‘ilning o‘rnini bosadi", desam ustimdan mazaxlab kuldi. "Uchta qiz—uchta garnitur, yana qancha sarpo-suruq degani, miyasi aynigan kampir", dedi. Xullas bizni uydan quvib soldi. Endi shu holimda qanday qilib ota-onamnikiga qaytib boraman? Eshitganlar nima deydi? Aybim— qiz tuqqanimmi?—deya ayol yanada qattiqroq yig‘lay boshladi.

—Jon qizim tinchlaning. Farzandingizning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi sizga bog‘liq emas. O‘zbegimning bir maqoli bor: "Nima eksang shuni o‘rasan". Bu gapni erkaklar unutmasalar bo‘lgani. Ehtimol homilangiz o‘g‘ildir. Axir apparatlar har doim ham to‘g‘ri ko‘rsatavermaydi. Yaqinda toshkentlik bir qarindoshimiz qo‘shnisining dod-faryod qilib yig‘layotganini aytib qoldi. Aytishicha, uning beshta qizi bor ekan. Oltinchisiga homilador bo‘lgach, eri uni qo‘yarda-qo‘ymay «UZD»ga olib boribdi. Shifokorlar tekshirib ko‘rib, tug‘ilajak bola qizligini aniqlabdi. Bundan fig‘oni falakka chiqqan er: "Bu bolani oldirib tashlaysan, bo‘lmasa uyga qaytmaysan", deb turib olibdi. Noiloj qolgan ayol ko‘zida yosh bilan xo‘jayini ikkalasi tanish ginekologga uchrabdi. Ayolginani joni ming bir azobda qolib, homilasini oldiribdi. Keyin ginekolog uning o‘g‘il bola ekanligini aytganida onaizor faryod solib, yig‘lay boshlabdi. Chunki u o‘g‘lining tug‘ilmasidanoq qotiliga aylangandi. Er esa qilgan ishidan mulzam bo‘lib, nima deyishini bilolmay qolibdi.

Shuning uchun singlim, siz yig‘lamang. Unda ko‘ra irodali, sabrli bo‘ling. Qizni bergan Xudoyim o‘g‘ilni ham beradi, deya ayolni yetaklab ko‘chaga chikdim.
Darvozasini taqillatdik. Eri chiqib keldi. Meni ko‘rib, xotiniga qarab xumraydi. Hol-ahvol so‘rashgach, u erkakni avval rosa maqtadim. Sal chiroyi ochildi. O‘tirganimizdan so‘ng qizi bor oilalar haqida, qizlarning mehri-bonligi-yu g‘amxo‘rligi haqida xo‘p gapirdim. Farzandning o‘g‘il bo‘lishi asosan erkakka bog‘liqligini gap orasida qistirib o‘tdim. Erkak ajablangandek menga qaradi. "Ishonmasangiz do‘xtirlardan so‘rab ko‘ring", dedim. Shundan so‘ng xotinini endi haydamaslikka so‘z berdi.

U yerdan qaytayotib Mavjuda ammamning hayoti ko‘z oldimga keldi. Ammamning umr yo‘ldoshi 1941 yilda ko‘ngillilardan bo‘lib urushga ketgan ekan. Ammam qo‘lida uch oylik qizalog‘i va katta hovlida qaynonasi bilan yolg‘iz qolgan. Erini sadoqat bilan kutib, suv kelsa simirib, tosh kelsa kemirib yashay boshlagan. Afsuski bir yil o‘tib, turmush o‘rtog‘idan qora xat kelgan. Ammo ammam bu xatga ishonmay, qachonlardir eri eshikdan kirib kelishiga ishonib, umid bilan yashayvergan.

Oradan yillar o‘tgan. Bir kuni ammamga akasi: "Yolg‘iz qiz bilan yosh umringni behuda o‘tqizmoqchimisan? Bolangga ota kerak", debdi.
Shunda ammam "Men turmushga chiqsam farzandimni olib ketarman, ammo qaynonamning ko‘zlarini jav-
diratib qayorga tashlab ketaman?
U sho‘rlikning holi nima kechadi.
Yolg‘izgina o‘g‘lidan ayrilgani kammidi? Mensiz, nevarasiz qanday yashaydi?" deya savolga ko‘mib tashlabdi. Akasi esa shu-shu bu hakda og‘iz ochmaydigan bo‘libdi.

Ammam qizini yeru ko‘kka ishonmay voyaga yetkazibdi. So‘ngra farzandini obru-e’tiborli bir xonadonga uzatibdi. Hozir ammamning olti nafar nevarasi bor va ularning barchasi uyli-joyli bo‘lishgan. Xullas, ammam yoshligida qiynalgan bo‘lsa, keksayganda qizining ortidan rohatini ko‘rdi. Bir ayol havas qilgulik baxtli hayotga erishdi, orzu-maqsadlariga yetdi. Ha, bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Albatta, oilada o‘g‘il ham, qiz farzand ham bo‘lgani yaxshi. Lekin Yaratgan Egam kim nidir o‘g‘ildan qisgan bo‘lsa, ayolda nima ayb? O‘g‘il farzandi bo‘lib, baxtsiz yashayotgan oilalar qancha. Aksincha, bugun o‘g‘lidan emas, qizidan ko‘rayotgan oilalarning son-sanog‘i yo‘q. Ota-bobolarimiz bejizga yoshlarga imon bersin deb aytishmagan.
Xonbibi HIMMAT qizi

Manba: Muslima.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Farzandning qiz tug‘ilishiga ayollar sababchimi?