12:19 / 21.01.2018
11 739

Psixologik test: "Siz baxtlimisiz...?"

Психологик тест: "Сиз бахтлимисиз...?"
Dunyoda shunday odamlar borki, ular baxtli hayot emas,baxtli lahzalar mavjud deb o‘ylashadi. Sizningcha, inson baxtli bo‘lishi uchun nima kerak? Baxtning o‘zi nimadan iborat? Siz quyidagi savollarga javob berish bilan bir qatorda, yuqoridagi kabi o‘z savollaringizga ham qisman bo‘lsada javob olasiz. Demak testlar:

1. Kayfiyatingiz buzilgan chog‘da…

a)Tezda o‘zingizga kelishingizni bilasiz(2);
b)Biror kishi bilan ziddiyatga bormaslik uchun uydan tashqariga chiqmaysiz(1);
c)Biror narsa bilan shug‘ullanishga harakat qilasiz(3);

2. O‘zingizni boshqalar bilan qiyoslasangiz qanday xulosaga kelasiz?
a)Sizda faoliyatingizni yo‘lga qo‘yish uchun barcha fazilatlar mujassam(3);
b)Siz boshqalardan qolishmaysiz(2);
C)Sizni yetarlicha baholashmayapti(1);

3. Ertalab uyqudan turgach odatda siz…
a)Kechagi kun tafsilotlarini birma-bir hayolingizdan o‘tkazasiz(1);
b)Bugungi kun omad keltirishiga ishonasiz(3);
c)Yaxshi narsalar haqida o‘y surasiz(2);

4. Og‘ayningiz ish faoliyatida katta muvaffaqiyatlarga erishdi…

a)”Menga bunday omad hech qachon nasib etmaydi”(1);
b)Jin ursin. Nega men unga ergashmadim?!(2);
c)Qachonlardir menga ham omad kulib boqadi (3);

5. Ish kuni yakunida siz odatda …
a)Kuningiz bundan ham yaxshi o‘tishi mumkinligi haqida o‘ylaysiz(2);
b)Qoniqish tuyg‘usi bilan uyga qaytasiz (3);
c)Ishingizdan qoniqmasdan uyga ravona bo‘lasiz(1);

6. Ko‘zguga boqqanda o‘ylaysiz…
a)Hammasi ajoyib(3);
b)Vaqt naqadar beshafqat(1);
c)Hali hammasi yo‘qotilmagan(2);

7. Ayrim hollarda o‘tmishingiz haqida o‘ylaganingizda asosan nimani e’tiborga olasiz?

a)Yaxshimi yomonmi hayotimning bir qismi o‘tmishga aylandi(2);
b)Hamma ajoyib kunlarim o‘tmishga aylandi(3);
c)Yomon kunlarim o‘tmishda qolib ketdi(1);

8. Agar siz ortiqcha vazn to‘plagan bo‘lsangiz…
a)Parhezga o‘tirib, jismoniy mashqlarni bajarishga urinasiz(3);
b)Xavotirlanish uchun sabab yo‘qligini tushunasiz(2);
c)Sarosimaga tushasiz(1);

9. Do‘stlaringiz haqidagi fikringiz…

a)Ularning kamchiliklarini ko‘rsatish shart emas(2);
b)Ajoyib insonlar(3);
c)Ular men o‘ylaganchalik samimiy emas(1);

10. Tanishingiz boshiga tushgan falokatni eshitganingizda…
a)Xayriyatki, fojea meni chetlab o‘tdi(2);
b)Hamdardlik bildirishga oshiqasiz(3);
c)Menga buning aloqasi yo‘q(1);

Endi natijalarga o‘tamiz:

30-24 ballgacha: Siz nihoyatda baxtli insonsiz.Hayotni sevasiz. Kelajakka ishonch bilan boqqaningiz uchun atrofdagilar sizni hurmat qilishadi.Ko‘ngilsizliklar haqida o‘ylashni xohlamaysiz. Biroq vaqti kelib siz hayotga hushyor boqadigan bo‘lasiz.

24-18 ballgacha: Siz har jihatdan yetuk, baxtli insonsiz. Xushmuomalasiz. O‘zingizni tuta bilasiz va qiyin vaziyatlarda sarosimaga tushmaysiz.

18-12 ballgacha: Siz hayotga qora ko‘zoynak orqali boqasiz. Siz hayotingiz baxtli kechmasligiga ishonchingiz komil.Biroq hamisha hayotingizda omadsizliklar yuz bermaydiku! Ko‘proq xushchaqchaq, kelajakka ishonch bilan qaraydigan odamlar davrasida bo‘ling.

Manba: Mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Psixologik test: "Siz baxtlimisiz...?"