16:02 / 03.02.2018
11 557

Hayotning "oltin qoidalar"i...

Ҳаётнинг "олтин қоидалар"и...
1. Bizning kelajagimiz bizning o‘tmishimiz kabi bo‘lishi shart emas. U biz qachonki o‘sha holatda yashashni davom etsakgina, o‘shanday bo‘lishi mumkin.
2. Ko‘p buyuk va badavlat insonlar hayotda omadsizliklarni boshdan kechirganlar, ammo yana qaytadan cho‘qqini zabt etganlar.

3. Agar biz o‘zimizni nimadandir uzoqlashtirishga harakat qilsak, demak, buning orqasida og‘riq va qo‘rquv bor.
4. Oldimizda turgan to‘siqlar – bu, biz bu dunyoda bilib va tushunib olishimiz kerak bo‘lgan narsalardir.

5. Agar siz tirik bo‘lsangiz, demak, siz nimadir qilishingiz kerak.
6. Tashqi olamimiz ichki olamimizga barobardir.

7. Ma’lum bir narsa yoki holat xuddi o‘zi kabilarni o‘ziga tortadi.
8. Siz atrofingizda biror narsani sezsangiz va bu narsa sizda ma’lum bir fikrlar va hislarni paydo qilsa, siz bu vaziyatdan saboq olishingiz kerak.

9. Agar boshqa odamlardagi biror odat sizga yoqmasa, bilingki, bu narsa sizda ham bor.
10. Biror ish qilib qo‘yib o‘zingizni ayblamang, zero, hayotda qo‘llaganingiz – o‘z fikrlaringiz, hislaringiz, ichki sezgilaringizni hisobga olgan holda o‘sha ishgacha bo‘lgan, o‘sha ish jaryonida bo‘lgan va o‘sha ishdan keyin bo‘lgan barcha narsani tahlil qiling va bundan tegishli xulosaga keling.

11. Vaziyatlar sizning fikrlaringiz va qarashlaringizdan kelib chiqqan holda tug‘iladi.
12. Agar qayta-qayta bir xil vaziyatga tushib qolsangiz va doimo kasal bo‘lsangiz, demak, siz qandaydir dars o‘tayapsiz. Xo‘sh, bu vaziyatdan nimani tushunib olishingiz kerak?
Feruza XOJIMATOVA tayyorladi.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hayotning "oltin qoidalar"i...