22:00 / 06.02.2018
6 890

Go‘zallik vitamini

Go‘zallik vitamini
G‘ vitamini ko‘proq kosmetologik vositalarda uchraydi. Ushbu vitamin to‘la to‘yinmagan yog‘ kislotalari hisoblanadi.

Uning tarkibida linolen araxidon (omega-6), lipolenovaya (omega-3) kislotalari mavjud bo‘lib, olimlar ularni umumiy nom bilan «vitamin G‘» deb ataydilar. Bu qisqartirish inglizcha «G‘at» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, tilimizdagi lug‘aviy ma’nosi «yog‘» demakdir. Ya’ni, to‘yinmagan yog‘ kislotalarining majmuasi.

Ushbu modda inson organizmiga asosan, o‘simlik va hayvon yog‘lari tarkibi orqali kelib tushadi. Shuningdek, vitamin G‘ ning asosiy manbalari yong‘oq, pista, makkajo‘xori va zig‘ir yog‘laridir. G‘ vitamini organizmda moddalar almashinuvida muhim omil hisoblanadi. U qonning qo‘yilishiga va qon tomirlar devorida xolesterin turib qolishiga qarshilik ko‘rsatib, bosimni pasaytiradi. Shuningdek, allergiya kelib chiqishining hamda artrit, artroz, radikulit va shu kabi harakat-tayanch tizim kasalliklari kelib chiqishi va rivojlanishining oldini oladi.

Agar organizmda G‘ vitamini tanqisligi yuzaga kelsa, unda yog‘lar almashinuvining buzilish holati kuzatiladi va ortiqcha vazndan qutulish choralari kamayadi. Shuning uchun parxez qilayotgan qiz-ayollarga sabzavotli salatlarga 1-2 osh qoshiqda o‘simlik yog‘i aralashtirib iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, bu vitaminning tanqisligi bois terida ham noxush holatlar yuzaga kelib, hujayralarning yangilanishi sekinlashadi, jarohatlar bitishi qiyin kechadi, teri juda nozik bo‘lib qoladi va tez quruqlashadi, yuzga erta tirish va ajinlar tusha boshlaydi. Bundan sochlar ham aziyat chekadi: sekin o‘sadi, sinadi, to‘kiladi va «gullaydi». Bolalarda esa ushbu vitamin tanqisligida o‘sishdan orqada qolish kuzatiladi.

Shuning uchun o‘simlik va hayvon yog‘lari qo‘shilgan taomlar, ayniqsa, salatlarni ko‘proq iste’mol qilish hamda ovqatlanishda me’yorga amal qilish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘z navbatida insonning go‘zalligi va salomatlikni mustahkamlaydi.
Dilshodbek YuNUSOV

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Go‘zallik vitamini