13:15 / 13.02.2018
5 146

Durdona: «Ismingizga armon so‘zin qo‘shib aytaymi?»

Durdona: «Ismingizga armon so‘zin qo‘shib aytaymi?»
— Osmonlarga bo‘ylashgan oppoq orzularim ushbu dam yuragimda ajib entikish bilan birga sog‘inch o‘tini solayotganday. Yerga qo‘nmoqqa shaylangan qor parchalarini-da o‘yga toldiradi bu tuyg‘u. Bir zamonlar bir-biriga dil rozi qilgan daraxtlar bugun xiyla mung‘ayib qolgan, shamollar atrin taratmay qo‘ygan. Oqshom chog‘i bog‘ sayriga chiqqanimizda baxtdan o‘ziga sig‘magan Oy bugun o‘z yarmini yo‘qotgan qalb misol parishon. Nurlariga cho‘milgan Oy bu yuz qaroliqdan yuziga bulutlardan harir ro‘mol yopganday.

Azizim, qarang, sog‘inch azobidan yer-u osmon larzaga keldi. Diydor onin kutib, quyosh bag‘ri qon bo‘ldi. Oxirgi o‘tinch, so‘nggi so‘ngsiz nigoh va so‘nggi so‘z — bularning bari yurakni ezg‘ilab, azoblarga duchor etadi. Baxtim… Sizni mudom shunday atar edim. Endi ne deyin? Ismingizga armon so‘zin qo‘shib aytaymi? Yoki qor parchalariga yuragim o‘rab, siz tomonga uchqun misol sochaymi?
DURDONA

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Durdona: «Ismingizga armon so‘zin qo‘shib aytaymi?»