23:11 / 18.02.2018
11 974

Munajjimlar bashorati: 19 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 19 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bezovtalik, xavotirlar uchun bugun aytarli jiddiy sabab yo‘q. Lekin xush keladigan lahzalarni kutishingiz ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, taqdirning barcha sinovlariga tayyor turganingiz ma’qul. Ko‘plab vaziyatlar sizning foydangizga yakun topmasligi mumkin. Lekin bunda boshqalarni ayblamang. Moliyaviy ahvolingizning yaxshi bo‘lishi ishga ijodiy yondashishingizga bog‘liq bo‘lib turibdi. Pul topish yo‘lida bir daqiqa vaqtni ham behuda ko‘kka sovurmang. Salomatligingizni juda ehtiyotlang. U hali sizga ko‘p kerak bo‘ladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
19 fevralda oldingizda faqat bir maqsad ko‘ndalang turadi. U ham bo‘lsa, boshqalarga har taraflama yoqish. Afsuski, hammaga birdek yoqib bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan, baribir bu amalni davom ettiravering. Kimlarnidir ranjitgan bo‘lsangiz, kerak bo‘lsa, uzr so‘rang. Ularning ko‘nglini yumshatsangiz bas. Ish joyingizda haqiqiy professional sifatida harakatlar sodir etishingiz lozim. Shunda kutilgan natijalarni qo‘lga kiritasiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ishda ham, muhabbatda ham, pul masalasida ham omadingiz keladi. Bunaqa yorqin lahza yangi yil kirgandan beri yuz ko‘rsatmagandi. Basharti sizni tanqid qilishsa ham, atayin jilmayish bilan javob qaytaring. Agar o‘shalarning ko‘ngli toshdan yaralmagan bo‘lsa, albatta yumshaydi. Kechqurun tadbirkorlar ham, maosh hisobiga kun ko‘radiganlar ham yaqin insonlarning ko‘magidan umid qilsalar bo‘ladi. Ko‘maklar faqat pul bilan bog‘liq ekanini unutmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
19 fevralni katta pul olish bilan boshlashingiz kutilmoqda. Yo mukofot, yo ta’til puli, yoki maosh aynan bugun qo‘lingizga tushish arafasida turibdi. Mabodo shuncha pulni olib ketishga kuchingiz yetmasa, qondoshlarning polvonroqlarini yordamga chaqiring. Bahonada do‘kon aylanasiz, ajoyib xaridlarni amalga oshirasiz. Tadbirkorlar uchun yangi va uzoq muddatga mo‘ljallangan shartnomalarni imzolashda 19 fevral juda omadli kechadi. Kechqurun oilasizlarning ba’zilarini romantik uchrashuv kutadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz juda ajoyib boshlanadi. Reklamachilar, ijtimoiy himoya tashkilotlari bilan hamkorlik masalasida suhbatlarni, munozaralarni boshdan kechirasiz. Tadbirkorlardan qay biri olis davlatga safar qilishni rejalashtirgan bo‘lsa, bugun o‘sha fursat yetdi. Bu safar sizga nafaqat moddiy, balki ma’naviy ozuqa ham hadya etadi. Salomatligingiz pand bermaydi inshoolloh. Toza havo sayrini ham unutib qo‘ymang. Kechqurun oilangiz davrasida vaqt o‘tkazishingiz tavsiya etiladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
19 fevralda qachonlardir o‘zingiz ko‘ngil qo‘ygan insonni uchratib qolishingiz mumkin. Ertalab favqulodda telefon qo‘ng‘irog‘i sizning barcha rejalaringizni puchga chiqarishi, ishlashga xalal berishi, xavotirlanishga majbur etishi kutiladi. Moliyaviy muammolar esa aksincha sizning foydangizga hal bo‘ladi. Ayrimlar yaqin o‘tmishda amalga oshirgan ishi uchun katta pul olishi, bu pullarni biznesga tikishi mumkin. Omadingizni bersin! Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatligini qat’iy nazorat ostiga olishlari kerak.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun sizga yuqori lavozimli shaxslar, badavlat tanishlar har jihatdan yordam qo‘lini cho‘zishga shay turishibdi. Demak, moddiy ahvolingiz achinarli tusda bo‘lmaydi. Tijorat bilan shug‘ullanadiganlar pulni pulga urishtirish bo‘yicha manaman deganni ham ortda qoldirish imkoniga ega bo‘lishadi. Ijod kishilari yangi muxlislarga ega bo‘lish harakatiga tushishlari lozim. Ovqatlanish rejimini buzmang. Bu yaxshilikka olib bormaydi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
19 fevral kuni noto‘g‘ri qarorlar chiqarishdan saqlaning. Aks holda bu xatoni juda uzoq vaqt tuzatishingizga to‘g‘ri keladi. Yangi g‘oyalarni hayotga tadbiq etishda do‘stlaringiz yordam berishadi. Lekin maqtasalar taltayib ham ketmang. Ko‘z tegishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga otlanishingiz ehtimoli bor. Faqat bu safarga shaxsiy avtomobilingizda bormang, jarohat olishingiz xavfi bor. Gazli, muzdek ichimliklar iste’molidan tiyiling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kuningiz to‘liq xatoliklarsiz kechmasligi mumkin. Ammo jiddiy muammolar ham ko‘zga tashlanmasligi tayin. Barcha ishlaringiz o‘zingiz istagandek yakun topadi. Oila qurmaganlar esda saqlasinlar. Bugun do‘stlik kutilmaganda muhabbatga aylanishi mumkin. Siz o‘z mahallangizda yashaydigan bir insonni sevib qolishingiz haqiqatga yaqin. Demak, buyog‘iga uddaburon bo‘lishingiz kerak. Yo‘qsa, ezgu niyatlaringiz sarobga aylanadi. Kun davomida birovlarning ko‘nglini zinhor og‘ritmang.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
19 fevral kuni yaqinlaringiz maslahatlari bajaradigan ishingizda asqotishi mumkin. Ular sizga yomonlik tilamasliklari o‘zingizga ham ayon. Shunday emasmi? Mustaqil tarzda ish yuritmang. Bu harakatlaringiz katta ko‘ngilsizliklarga sababchi bo‘ladi. Moliyaviy ahvolingiz ham har kungidek silliq kechmaydi. Bardoshga suyaning. Qarangki, muhabbatda ham noto‘g‘ri qadam tashlab qo‘yishingiz xavfi sezilyapti. Oldini olishga harakat qiling. Yolg‘iz qolib ketishdan saqlaning.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Quvnoq lahzalar, baxtga erishish uchun jon kuydirib o‘tirishingiz shart emas. Kuningiz shundoq ham yorqin kechadi. Agar ertalab sal mushkulotlarning chekinishi qiyin kechsa, tushga yaqin qalbingizda bahor balqiydi. Gripp, shamollashga yo‘liqmaslik uchun salomatligingizga alohida e’tibor qarating. Buyog‘idan keladigan bo‘lsak, allaqachon sportzalga qatnay boshlashingiz zarur. Yaxshilab o‘ylab ko‘ring.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
19 fevralda ishxonangizda yana bir karra boshliqlarga o‘zingizni ko‘rsatishga harakat qiling. To‘g‘ri, ilgari ham buni ko‘p bor namoyish etgansiz. Biroq bugungisi boshqacharoq kechadi. Oilasizlar bo‘lg‘usi juftiga nisbatan samimiy munosabat yuritishlari tavsiya qilinadi. Shu yo‘l bilangina kelajak baxtingizni saqlab qola olasiz. Hasadgo‘ylar, g‘iybatchilar, ko‘ngli qora va ikkiyuzlamachilar sizning dushmaningiz ekanini yana bir karra esga oling.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 19 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?