23:30 / 20.02.2018
39 487

O‘g‘il yoki qiz farzand ko‘rishni istasangiz...

O‘g‘il yoki qiz farzand ko‘rishni istasangiz...
Mustahkam oila, obod turmush haqida so‘z ketganda, mulohazalarimiz, avvalo, oilaviy baxt tushunchasiga borib taqaladi. Oilaviy baxt esa oilaning xotirjamligi va to‘kisligidadir. Bu jihatlar o‘z navbatida oqilona rejalashtirilgan oilada to‘kis shakllanadi.

Yaxshi niyatlar bilan bunyod etilgan oila sohiblari kelajakda har jihatdan barkamol farzandlarning ota-onalari bo‘lishni istaydilar. Ayrim oilalar ilk farzandlari qiz bo‘lishini, boshqalar esa o‘g‘il bo‘lishini xohlashadi. Biroq, bu istak doim ham ro‘yobga chiqavermaydi. Gohida bir oilada ketma-ket qiz farzand, boshqa bir oilada esa o‘g‘il farzandlar tug‘ilishi kuzatiladi.

O‘g‘il yoki qiz farzand ko‘rish, bo‘lajak homilaning qanday jinsda bo‘lishi qadim zamonlardan buyon odamlarni qiziqtirib kelgan.

Tibbiyot o‘ta rivojlangan bugungi kunga kelib, ma’lum jinsdagi farzand ko‘rishni istovchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, bu yo‘ldagi izlanishlar ham shunchalik ko‘paymoqda. Ulug‘ tabib Ibn Sino ham o‘z davrida bu haqdagi quyidagi fikrni ilgari surgan edi: “Yashash muhitining sovuqligi, yilning sovuq fasli, shimoldan esuvchi shamollar o‘g‘il homila bo‘lishiga olib keladi, unga qarama-qarshi holatlar aksincha natijani keltirib chiqaradi”.

Shuningdek, qadimgi Rim olimlari ham yozma manbaalarda sentyabrdan dekabrgacha o‘g‘il, martdan iyulgacha qiz farzand tug‘ilishi ehtimoli yuqori bo‘lishini ta’kidlaganlar.

Yevropa mamlakatlarida esa shifokorlar o‘zlari ishlab chiqqan “qon yangilanishi” nazariyasiga asosan farzand jinsi qanday bo‘lishi haqida xulosa chiqarganlar. Bu nazariyaga ko‘ra, erkak organizmida qon har to‘rt yilda yangilansa, ayol organizmida bu jarayon uch yilda amalga oshadi. Homiladorlik boshlangan davrda kimning qoni “yoshroq” bo‘lsa, farzand uning jinsiga mansub bo‘lish ehtimoli yuqori hisoblangan.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, yuqoridagi kabi xalqona usullardan foydalanilganda, kutilgan natija 10-15 foizdan oshmagan.

O‘zbek xalq tabobatida farzand o‘g‘il yoki qiz bo‘lishining tadbiri sifatida uch yo‘nalishda tavsiyalar berilgan:

1. Ayollar oylik taqvimining toq kunlaridagi yaqinlikdan so‘ng o‘g‘il, juft kunlarida esa qiz tug‘iladi.

2. Ayol issiq mijozli ovqatlar iste’mol qilsa, o‘g‘il tug‘iladi.

3. Erkak yaqinlik kunlari issiq mijozli ovqatlar va ziravorlar iste’mol qilsa, o‘g‘il farzand dunyoga keladi.


Bundan ko‘rinadiki, tabobatda o‘g‘il yoki qiz farzand ko‘rish uchun alohida parhezlar mavjud. O‘g‘il dunyoga kelishini istayotgan ota-onalar kundalik taomnomalarida, albatta, baliq va go‘sht mahsulotlari, issiq mijozli ziravorlar (zanjabil, dolchin, qalampirmunchoq) bo‘lishi lozim. Ular tarkibida yetarli miqdorda natriy, kaliy, oqsillar mavjud. Ovqatga ishlatiladigan don mahsulotlari asosini guruch va no‘xat tashkil etishi kerak. Sabzavotlardan kartoshka, sabzi, piyoz, sarimsoq; mevalardan esa gilos, o‘rik va oq tut tavsiya etiladi. Ichimliklardan rayhon bargi va urug‘idan damlangan choy hamda olma sharbati ijobiy ta’sir kuchiga ega. Bu jarayonda vaqtincha yong‘oq, sut mahsulotlari, xom karam, yeryong‘oq, kakao, shokolad mahsulotlari iste’molini to‘xtatib turish kerak.

Hozirda zamonaviy tibbiyot texnikasi va usullari orqali istalgan jinsdagi farzandga xomiladorlikni ta’minlash mumkin. Bunda birinchi navbatda tug‘ilajak farzandning sog‘ligiga e’tibor qaratiladi. Lekin bu usul katta moliyaviy harajatni talab etadi. Umuman, zamoniviy tibbiyotda bu borada ko‘plab usullar tavsiya etiladi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston xalq tabobati akademiyasi olimlari tomonidan ko‘zda tutilgan jinsdagi farzand tug‘ilishi imkonini beradigan preparat tarkibini yaratish ustida tadqiqotlar olib borildi. Laboratoriya tadqiqotlariga ko‘ra, U-xromosomali urug‘lar harakatchanligi rag‘batlantirilib, X-xromosomali urug‘ hujayralar tizginlansa, homila o‘g‘il farzand bo‘ladi. Ana shu jarayonni yuzaga keltirish imkonini beruvchi fosfat bufer, polisaxaridli gel, limon kislotasi va tabiiy asaldan iborat shifobaxsh ma’jun tayyorlandi. Bir necha yillar davomida ro‘yxatga olingan muolajalar va tad-qiqotlarning ko‘rsatishicha, mazkur pereparatdan foydalanish ijobiy samara bermoqda.

Aslida farzandingizning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi Yaratganning inoyatidir. Pok niyat bilan astoydil harakat qilgan insonning murodi hosil bo‘ladi.
Latifjon MAMAJONOV,
O‘zbekiston xalq tabobati akademiyasi a’zosi, biologiya fanlari nomzodi.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘g‘il yoki qiz farzand ko‘rishni istasangiz...