00:36 / 21.02.2018
8 130

Yubkani mahkamroq kiying ayollar

Yubkani mahkamroq kiying ayollar
Qizlarmas, xotinlar shim kiygan davr.
Ayollar sochlari yelkaga tushsa?!
Meni o‘ylantirar turfa xavotir,
Yigitlar qiznimas, qiz yigit quchsa.

Milliy liboslardan voz kechgan oni,
Insonlarning qalbi qulfga aylanar.
Ajabmas ertaga kampir ishtoni,
Yigitlar uchun ham urfga aylanar.

Ularni uyg‘oting, surmay xayollar,
Yigitlarni yigit suyishmasidan.
Yubkani mahkamroq kiying ayollar,
Uni ham urf deya kiyishmasidan…
Otabek Isroilov

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yubkani mahkamroq kiying ayollar