21:01 / 21.02.2018
10 156

Munajjimlar bashorati: 22 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 22 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz juda qiziqarli kechishi kutilmoqda. Kelajakda asqotishi mumkin bo‘lgan odamlar bilan tanishuvlar, ishxonadagi yumushlarni joy-joyiga qo‘yish kabilar bilan ovora bo‘lib kun qanday o‘tganini bilmay qolasiz inshoolloh. Atrofda sodir bo‘layotgan hodisalarga xotirjam qarab tura olmasligingiz mumkin. Ammo shu ishni amalga oshirmasangiz bo‘lmaydi. Kechqurun oilangiz davrasidagina vaqt o‘tkazing, dam oling, istirohat qiling. Sog‘lig‘ingizni asrang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
22 fevralda kuningiz xoh ish, xoh shaxsiy hayotda bo‘lsin, chalkashliklardan iborat bo‘lishi kutiladi. Qancha harakat qilmang, kuyinmang, baribir ularni tartibga sola olmaysiz. Ammo bu chalkashliklar moliyaviy muammolarni bartaraf etishga sira xalal bermaydi. Faqat tadbirkor bo‘lsangiz, moliyaviy operatsiyalar jarayonida juda sergak bo‘ling. Kechqurun do‘stlardan birining xonadoningizga tashrifi kayfiyatingizni ko‘tarinki darajaga yetkazadi. Faqat kechqurungi toza havo sayrini unutib qo‘ymang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ishlaringiz keragidan ham ko‘proq bo‘ladi. Shuning uchun astoydil yeng shimarib ishga kirishmasangiz bo‘lmaydi. Ulgura olmasligingiz mumkin. Ammo har bir ishni reja asosida amalga oshiring. Muhabbatda omadingiz kelishi muqarrar, lekin o‘z aybingiz bilan bu omadni yo‘qqa chiqarishingiz ham hech gap emas. Agar shunday bo‘lib chiqsa, yolg‘iz qolib ketishingiz xavfi kuchayadi. Ichki olamingizda ham tartib o‘rnatishga harakat qiling. Bu ishni kimdir siz uchun bajarib bermaydi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
22 fevral kuni nima qilib bo‘lmasin, umumiy holatingizni ijobiy tarafga o‘zgartirishingiz kerak. Ayniqsa, ishxonangizda hamkasblarga nisbatan muloyim munosabat yuritishingiz lozim bo‘ladi. Ro‘zg‘or ikir-chikirlari masalasida qarindoshlar bilan fikrlaringiz qarama-qarshi bo‘lib chiqishi ham ehtimoldan xoli emas. Siz tabiatan o‘z oilangizga sodiqsiz. Oila haqida doimo qayg‘urasiz. Shunday ekan, kimgadir bu narsani qayta-qayta isbotlashga majbur emassiz.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kun davomida ishlaringiz faqat baroridan kelishi kutiladi. Bu kayfiyatga ham, uydagi manzaraga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi albatta. Shu bahonada yirik loyihalarni ham hayotga tadbiq etib olish uchun imkoniyatingiz bor. Xayriya tadbirlari, yangi tanishuvlar hamda ijodiy mukammallikka erishish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Muhabbatda juftingiz, bo‘lg‘usi juftingizga alohida e’tibor qarating, muammolarni birgalikda hal etishga harakat qiling. Gripp yuqtirib olishingiz xavfi bor, salomatlikni ehtiyot qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
22 fevralda olis safarga otlanish hamda sportning ekstremal turlari bilan shug‘ullanishdan saqlaning. Ob-havo ham xuddi shunday ko‘rinishda bo‘ladi. Ishxonada qalban o‘zingizga yaqin hamkasblar bilangina munosabat yuriting. Mabodo topshirilgan ishni vaqtida uddalay olmasangiz, rahbarlar tanqidiga jahl qilmang, ular bilan olishmang, baribir nafi tegmaydi. Har qanday vaziyatda bardoshli bo‘ling. Og‘ir-bosiq, diplomatlarcha ish ko‘ring. Bugun tunda uxlab ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi mumkin. Kechqurun kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi kutiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun birinchi qiladigan ishingiz o‘zgalarning janjallarini bartaraf etishdan iborat bo‘lishi mumkin. Har holda sizni o‘shalar o‘zlariga nisbatan aqlli deb hisoblashadi. Bu faqat yaxshilikka xizmat qiladi, mamnun bo‘lavering. Bugun tog‘ yon bag‘rida dam olish, yaqin do‘stlar bilan muloqot qilish xayrli kechadi. Lekin yo‘llarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Favqulodda jarohat olishingiz hech gap emas. Yoki bo‘lmasa boshqa bir ko‘ngilsizlikka ro‘baro‘ kelishingiz mumkin. Kechqurun ovqatlanish rejimiga, me’yorlariga amal qiling.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
22 fevral kuni martabangiz ortishiga to‘siq bo‘luvchi barcha muammolarni birma-bir yo‘q qiling. Busiz ishingiz doirasida muvaffaqiyatga erishishingiz qiyin kechadi. Moliyaviy operatsiyalar, yirik xaridlar va shaxsiy ish bilan yaqin manzilga safar qilish omadli kechishi kutilmoqda. Ertangi kun uchun ham jismoniy, ham ruhiy quvvatni iqtisod qilib qolishga intiling. Kechqurun yaqinlaringiz davrasida dam olish sizga rostakam lazzat baxsh etadi. Shamollashdan juda ehtiyot bo‘ling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugungi kuningiz juda yoqimli kechadi. Uni hatto ko‘chadagi ob-havoning buzuq avzoyi ham yo‘qota olmaydi. Asosiysi atrofingizda faqat o‘zingiz yoqtirgan tarafdorlar bo‘lishini ta’minlang. Janjalning kimga keragi bor. Hozirgi kunda sizga janjalli vaziyatlar faqat ziyon beradi xolos. Bugun quyuq ziyofat, spirtli ichimlik iste’moli va yengil fikrlash sizga ziyon yetkazadi. Ulardan keskin bosh tortishingiz kerak. Bu moliyaviy muammolarni hal etishga urinishda yuzaga kelishi mumkin. Ehtiyot bo‘ling.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
22 fevral kuni nafaqat pul, balki ruhiy masalada ham juda tejamkorlik talab etiladi. Bu sizga o‘ta muhim uchrashuvlar, yangi natijalarga erishish va safar chog‘ida asqotadi. Kunning ikkinchi yarmida kelajakda amalga oshiriladigan loyihalar poydevorini yaratishga ham muyassar bo‘lasiz. Oila qurmagan do‘stlarimizni kechqurun romantik uchrashuvga taklif etishmoqchi. Aslo bosh torta ko‘rmang. Bunday imkoniyatlar har kuni ham paydo bo‘lavermaydi. Juftingizni birovlarga rashk qilishdan tiyiling. U sizga sadoqatli. Hech qachon sotmaydi, muhabbatingiz, ishonchingizni oyoqosti qilmaydi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun ishxonangizda zimmangizga yangi majburiyat yuklanadi. Bu esa yaqin kelajakda sizga yuqori lavozimlardan birini hadya etishi mumkin. Demak, moliyaviy ahvolingiz ham o‘sib borishiga umid bog‘lasangiz bo‘ladi. Basharti o‘zingizga nisbatan tajribasi ko‘proqlardan nimanidir o‘rganish zarurati tug‘ilsa, g‘ururning bo‘ynini urib sindiring. O‘qish, o‘rganish hech qachon ziyon qilmaydi. Kechqurun oila qurmaganlar tanlaganidan, bo‘lg‘usi juftidan kutilmagan sovg‘ani qabul qilib olishlari mumkin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
22 fevralda emotsiyangiz g‘alayon ko‘taraverib xit qilishi kutilmoqda. Bunga yaqin do‘stlardan birining kallai saharlab kayfiyatingizni buzishi sabab bo‘ladi. Kun davomida toza havoda ko‘proq sayr qiling. Piyoda yuring. Qizlar, ayollar go‘zallik saloniga mo‘ralab qo‘yishsa ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Bularning barchasi emotsiya jilovga tushishida katta yordam beradi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 22 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?