Ayollarning kiyinishi, nutqi, so‘zlashishiga qarab qanday xarakterga ega ekanligini bilish mumkin. O‘tkazilgan qator tadqiqotlardan kelib chiqib, psixologlar ayollar qanday oyoq kiyimi tanlashlariga qarab ham ularning qarashlari va fazilatlarini bilib olish mumkin, degan xulosaga keldilar. Demak, bu haqda quyidagilar bilan tanishib qo‘yish foydadan xoli bo‘lmaydi.
POSHNALI TUFLI EGALARI
Ryumkasifat baland poshnali oyoq kiyim kiyadigan ayollar hammaning e’tiborini tortishni xush ko‘radi. Ular ko‘pincha biron narsaga erishish maqsadida ayollik latofati va malohatidan foydalanadilar. Bu toifadagilar o‘zlarining shaxsiy imkoniyatlari va jozibadorliklariga haddan tashqari ishonadilar. Shuningdek, erkak kishilar ularni doimo izzat-ikromda tutishi kerak, deb hisoblaydilar. Shunga ko‘ra, ular poyabzal tanlashda qulayliklardan ko‘ra ko‘proq modaga e’tiborni qaratadilar.
BOTINKASIFAT TUFLILAR
Bu usuldagi tuflilarni o‘ziga qulay deb hisoblovchi ayollar indamas, ko‘pincha faqat o‘zini o‘ylab ish tutadilar. Ular o‘zidan boshqalarga ishonishmaydi. Bu xarakter sohibalari nozik qalb egalari hamdir va ko‘pincha odamlar bilan muloqotda nomutanosibliklardan aziyat chekadi.
SPORT POYABZALI
Sport poyabzallari kiyishni xush ko‘ruvchilar turli xil g‘oyalar o‘ylab topishga usta bo‘ladi. Ular sayohat qilishni yaxshi ko‘radilar. Bir joyda uzoq o‘tirsalar, ma’yus bo‘lib qoladilar. Ko‘proq do‘stlari qurshovida bo‘lishni xohlaydilar. Ularning nuqtai nazarida nafaqat, poyabzal kiyishda, balki, umuman hayot kechirish sharoitlari qulay, osoyishta bo‘lishi kerak.
ENG SO‘NGGI URFDAGI TUFLILAR
So‘nggi urfdagi poyabzal kiyadigan modaparast ayollar hammadan ajralib turishni yoqtiradilar. Ular: “Odamlar kiyimga qarab munosabatda bo‘ladi” degan fikrni ma’qullaydilar, o‘zlari ham ana shu aqidaga amal qiladilar. Hayotni faqat bo‘yoqdor ranglarda, hashamat, bekamu ko‘st yashash tarzida tasavvur etadilar. Yaxshigina layoqatli bo‘lsalar-da, rahbarlik qilishda ularga g‘ayrat va shijoat yetishmaydi.
PLATFORMA USLUBIDAGI TUFLI
Bundan poyabzalni tanlagan ayollar ko‘pincha biror narsani hal qilishda xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Ular birdaniga hamma narsaga erishishni istaydilar, lekin bunga erishish mushkulligini dildan his qilmaydilar. Ular to‘g‘riso‘z, o‘zlariga ishonchlari qat’iy, buyruq berish ularga xos xususiyat. Shuning uchun ko‘pincha muvaffaqiyatlardan boshlari aylanib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi