Ayrim paytlarda onamizga bo‘lgan haqiqiy munosabatni aniqlashimiz uchun o‘z-o‘zimizga ayrim savollarni berishimiz lozim. Quyida shunday savollar keltirilgan:
- Oxirgi marta qachon o‘z onangizni ziyorat qildingiz?
- Onangiz siz bilan baxtli deb o‘ylaysizmi?
- Onangiz sizga murojaat qilganida, “Uff!” deganmisiz?
Parvardigoringiz, Uning O‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda kesalik yoshiga yetsalar, ularga qarab “uf” tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – xokisor bo‘l va “Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab-o‘stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin”, deb (haqlariga duo qil)!
- Onangiz nimani haqiqatan istayotganligini bilasizmi?
- Onangizning onalari haqida qancha ma’lumot bilasiz?
- Onangiz siz qilishizni istaydigan besh narsa nima bo‘lishi mumkin?
Abdulloh ibn Amr Payg‘ambarimizdan s.a.v. rivoyat qiladiki, u zot alayhissalom dedi: “Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va yolg‘on guvohlik berish katta gunohlardandir”.
(Buxoriy, Muslim)
(Buxoriy, Muslim)
- Onangizni hafa yoki hursand qiladigan 3 narsa nima?
- Onangiz bilan har kuni necha daqiqa “haqiqiy” suhbat qilasiz?
- Oxirgi marta qachon onangiz uchun taom tayoorlagansiz?
- Qachon oxirgi marta onangizga sovg‘a hadya qildingiz?
Oisha r.a. rivoyat qiladilarki, Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. dedilarki: “Bir biringiz bilan sovg‘a almashinglar, ular dildagi yomon tuyg‘ularni ketkazadi”.
(Termiziy)
(Termiziy)
Qancha savolga ijobiy javob bera oldingiz? Vaqtni bekor sarflamasdan, ularni oldilariga boring, ko‘ngillariga hush yoquvchi ishlarni qilib, duolarini oling.
“Endi onajonim hayot emas, bu savollardan nima foyda?” deysizmi? Ular uchun Qur’on tilovat qiling, ularni do‘st-birodarlarini ziyorat qiling, o‘z onangizni ko‘rgandek bo‘lasiz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin! “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi