20:16 / 18.03.2018
6 837

Onaning o‘g‘liga ko‘rsatgan mehri...

Onaning o‘g‘liga ko‘rsatgan mehri...
Otaning vafotidan so‘ng o‘g‘il onasini qariyalar uyiga olib borib qo‘ydi. U onasini vaqti-vaqti bilan ko‘rgani borib turardi. Bir kuni o‘g‘ilning oldiga qariyalar uyidan bir kishi kelib, onasini jon berish arafasida turganini aytdi. O‘g‘il darhol “Onam vafot etmasidan oldin ko‘rib qolay” deb qariyalar uyiga shoshildi.

Borib onasidan: “Onajon, ko‘nglingiz nimani xohlaydi?” deb so‘radi. Onasi: “Yaxshi... Bolajonim, men sendan qariyalar uyiga yelpig‘ich olib kelishingni istayman. Bu yerda yelpig‘ich topilmaydi. Taomlar buzilmay turishi uchun muzlatgich ham olib kelishingni istayman. Men bir necha marotaba ovqat yemay uxladim” dedi.

Buni eshitgan o‘g‘il hayrat bilan: “O‘zingiz shu holatda turib ham mendan bu narsalarni talab qilyapsizmi? Nega bu narsalarni oldinroq aytmadingiz?” dedi.

Onasi: “Ha, bolajonim, men bu yerdagi issiq havoga va ochlikka moslashib qoldim. Lekin bu narsalarni seni o‘ylab aytyapman. Qariganingda, farzandlaring seni ko‘rgani bu yerga kelishganda sen issiq havoga va ochlikka moslashib qolmasliging uchun aytyapman” dedi.
Nozimjon HOShIMJON

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Onaning o‘g‘liga ko‘rsatgan mehri...