22:55 / 22.03.2018
9 472

Munajjimlar bashorati: 23 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 23 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Rejalashtirgan barcha ishlarni bajarish uchun sizda kuch va imkoniyatlar yetarli bo‘ladi. Faqat yuksak cho‘qqilarni ko‘zlayotgan bo‘lsangiz, oldin ishning mayda-chuyda jihatlarigacha ko‘zdan o‘tkazib oling. Aks holda arzimagan xatolik tufayli ham muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishingiz hech gap emas. Muhabbatda bugun tinglovchi va itoatkor rolini ijro etishingizga to‘g‘ri keladi. Salomatlikka alohida e’tibor qarating. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, ehtiyotingizni qiling va dorilarni o‘z vaqtida iste’mol qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
23 martda ish joyingizda o‘ta faol bo‘lishingiz, shu yo‘l bilan hamkasblarga aslida qanday iste’dodga ega ekaningizni ko‘rsatib qo‘yishingiz kerak. O‘zingizni va juftingizni ajoyib xaridlar bilan mamnun etish uchun pulingiz yetarli bo‘ladi inshoolloh. Faqat xaridlarni ham maxsus reja asosida amalga oshiring. Juftingiz yo bo‘lg‘usi juftingizdan ayrilib qolishni istamasangiz, o‘zingiz munosabatlarga iliqlik kiritishda ojiz qolayotgan bo‘lsangiz, yaqin qarindoshlarga maslahat soling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kuningiz unumli kechishi kutilmoqda. Qachonki ishda ham, shaxsiy hayotda ham yillar osha to‘plagan tajribangizni ishga sola bilsangiz, daromadga ega chiqasiz, uyda obro‘yingizga obro‘ qo‘shiladi. Ish bajarishda faqat qalbingiz amri bilan cheklanib qolmang. Tajribangizdan ham unumli foydalaning. Basharti suyganingizning qaysidir fe’li sizga yoqmayotgan bo‘lsa, bu haqda uning yuziga aytganingiz ma’qul. Aslida kamchiliklar, nuqsonlar ana shunday yo‘l bilan to‘g‘rilanadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
23 mart kuni kuningiz ellikka ellik ko‘rinishda kechishi kutiladi. Aniqrog‘i, qayg‘u va shodlik bir-biri bilan quvlashmachoq o‘ynamaydi. Six ham, kabob ham kuymaydigan holatda kun o‘tkazasiz. Qachonlardir xafalashib qolgan qadrdoningiz bilan bugun tasodifan uchrashib qolib, yarash oshiga hozirlik ko‘rishingiz mumkin. Asosiysi, ishda ham, shaxsiy hayotda ham xatoga yo‘l qo‘ymang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ko‘zlangan manzilga, orzularga shoshilmasdan boravering. Agar bu masalada ahvol negadir shubhali ekanini ilg‘ab qolsangiz, hammasini yig‘ishtirib qo‘ying-u, dam oling. Ish joyingizda bugun kuchli intizomga bo‘ysungan holda ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Muhabbatda oila qurishga ulgurmaganlar o‘z yo‘lida raqib paydo bo‘lganini sezib qolishlari ehtimolga yaqin. Raqiblarga qarshi kurashish lozim. Faqat imi-jimida, shovqinsiz kurash olib boring. Kurashish asnosida salomatlikka e’tiborli bo‘ling. Unga putur yetishi kerakmas.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
23 martda bir guruh obro‘li, hurmatli va badavlat, yuqori lavozimli shaxslar davrasiga tushib qolishingiz ehtimoli bor. Bunday vaziyatlarda gapga chechan bo‘lishingiz kerak. Har bir gapingizda o‘zingizga bo‘lgan kuchli ishonch sezilib tursin. Muhabbatda sobiq sevgilingizni uchratib qolishingiz ehtimoli bor. Bosiqroq bo‘ling. Olisdagi xotirani deb bag‘ringizdagi borlig‘ingizni yo‘qotib qo‘ymang. Asablarni asrang. Asab tolalari uzilsa, qayta tiklanmaydi. Surunkali xastalikka chalinganlar atmosferadagi magnit bo‘ronlari bilan hisoblashgan holda ish ko‘rsinlar.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Istak va xohishlaringiz bilan munosabatlarga oydinlik kiritib oling. Bo‘lmasa, o‘rgimchak to‘ridan-da chalkashroq vaziyatlarga tushib qolishingiz mumkin. Hushyorlikni oshirgan holda ish tutsangiz, jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yish xavfidan ancha uzoq bo‘lasiz inshoolloh. Moliyaviy muammolaringiz kunning ikkinchi yarmida ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda. Tadbirkorlar ham kechki payt yangi ishga pul tikishlari mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
23 mart kuni hamkasblaringizning qo‘lidan kelmaydigan yumushlarni o‘zingizniki qilib oling. Chunki bu yumushlarni faqat siz uddalay olasiz. Shunday qilsangiz, rahbarlarning olqish-u, mukofotlari sizniki bo‘ladi. Qolaversa, bugundan boshlab ular chalkash yumushlarni faqat sizga ishonib topshiradigan bo‘lishadi. Oila qurmaganlarning aksariyatini bugun omad kutadi. Siz orzungizdagi insonni nihoyat uchratib tanishish baxtiga musharraf bo‘lasiz. U insonga o‘zingizning eng yaxshi fazilatlaringizni namoyish eting. Unday fazilatlar esa sizda judayam ko‘pchilikni tashkil etadi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ertalabdan ro‘zg‘ordagi yig‘ilib qolgan muammolarni bartaraf etishingizga to‘g‘ri keladi. Ularni bajarib bo‘lgandan keyingina professional kasbingiz bilan bog‘liq ishga vaqt ajrata olasiz. Shaxsiy hayotingizda juftingiz bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun ko‘p jabhalarda yon berishingiz kerak bo‘ladi. Ayollar, qizlar kunning ikkinchi yarmida tashqi ko‘rinishiga o‘zgartish kiritish ilinjida go‘zallik saloniga yo‘l olishlari kutiladi. Ovqatlanishda me’yorni biling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
23 martda omadsizlik, muvaffaqiyatsizliklardan aslo cho‘chimang. Negaki, siz har qanday og‘ir va chalkash ishlarni ham ko‘zingizni yumgan holda uddalay olasiz. Pul masalasida ham xuddi shunday muvaffaqiyatli lahzalar kutib qoladi. Ko‘pchilik kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga otlanishlari mumkin. Ayrimlar esa shaxsiy biznesini ochish niyatida katta pul izlashga tushishadi. Qo‘rqmang, bu vaziyatdan ham a’lo darajada chiqib keta olasiz. Sababi, bugungi kun faqat sizniki.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ertalab yomon kayfiyatda uyg‘onishingiz mumkin. Biroq bu juftingiz bilan azonlab janjallashish kerak degani emas. Ruhiyatingizni tuman qoplagan bo‘lsa, mustaqil tarzda o‘sha tumanni tarqatish payida bo‘ling. Ishxonadagi ishlarga ijodiy yondashishga harakat qiling. Kechki payt qachonlardir xafalashgan qadrdonlar bilan munosabatlarni tiklash uchun qulay imkoniyat tug‘iladi. Kechqurun olisda yashaydigan qarindoshingizdan xushxabar eshitishingiz kutiladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
23 mart kuni faqat eski tanishlar, qadrdonlar, sinalgan insonlar bilangina muloqot qiling. O‘zingiz yaxshi tanimaydigan odamlarga bilib-bilmay siringizni aytib qo‘ymang. Mehnat ta’tilida dam olayotgan, sayohatga otlanganlar uchun bugungi kun bir umr yodda qoladigan darajada totli kechadi. Pulingizni asrang. Xaridlarga erk bermang.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 23 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?