22:43 / 23.03.2018
8 870

Munajjimlar bashorati: 24 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 24 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun noodatiy, noan’anaviy ishlar yo‘lingizdan chiqsa, sira ikkilanmay ularni bajarishga kirishavering. Bu ishlarni amalga oshirishingizga hech kim xalal bermaydi. Mabodo yangi ish qidirayotgan bo‘lsangiz-u, shu haqda Internet tarmog‘iga e’lon joylashtirgan bo‘lsangiz, elektron pochtangizni tez-tez tekshirib turish yodingizdan chiqmasin. Ijod kishilari ham bugun ilhom parilarining mehr va muruvvatidan bahramand bo‘lishlari kutiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
24 martda o‘zingizni uyoqdan buyoqqa tashlamay, faqat ish bilan band bo‘lishingiz zarur bo‘ladi. Aks holda orzularingiz sarobga aylanishi va daromaddan quruq qolishingiz tayin. Bugun ayollar uchun go‘zallik saloniga mo‘ralab o‘tish, mehmon kutish va safarga otlanish muvaffaqiyatli kechadi. Qaysidir ish yoki voqea, yoki bo‘lmasa, biror buyumga qattiq bog‘lanib qolgan bo‘lsangiz, uni ma’lum muddat tark eting. Foydasini keyin bilasiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda hamkorlikka hech kimni taklif etmang. Bu ishlarni yolg‘iz o‘zingiz ham a’lo darajada uddalay olasiz. Salomatligingiz kun davomida pand bermasligi mumkin. Lekin atmosferadagi magnit bo‘ronlarini hisobga olib profilaktika bilan shug‘ullanib qo‘ysangiz ham sira ziyon qilmaydi. Muhabbatda ba’zi asabiy holatlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Faqat juftingiz yoxud bo‘lg‘usi juftingiz bilan odamlar qarshisida janjallashmang.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
24 mart kuni ertalab kimdir sizga qo‘ng‘iroq qilishi, shuning natijasida kayfiyatingiz tushib ketishi kutiladi. Bunday vaziyatlarda bosiqlik bilan ish tutgan ma’qul. Juda bo‘lmasa, ikki qo‘lingizni baland ko‘taring-u, qaytadan pastga tushiring. Yomon kayfiyatni shu yo‘l bilan ham yaxshilasa bo‘ladi. Muhabbatda juftingizning sadoqatiga yana bir karra amin bo‘lishingiz kutilmoqda. Bugun bilim olish, yangi uyga ko‘chib o‘tish, tadbirkorlarga ish yuzasidan muhim uchrashuvlar xayrli o‘tadi. Bir so‘z bilan aytganda, kun davomida omadning o‘zi sizni quvlab vaqt o‘tkazadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kunning birinchi yarmidanoq juda ko‘pchilikning diqqat-e’tiboriga tushasiz, son-sanoqsiz xushomadlarni qabul qilib olasiz inshoolloh. Kimdir sizga abadiy do‘stlikni taklif etishi mumkin. Agar u yaxshi inson bo‘lsa, albatta rozilik bildiring. Basharti bu inson qarama-qarshi jins vakili yo vakilasi bo‘lsa, bu masalani obdon mulohaza qilib ko‘rish kerak. Kechqurun mo‘may daromad qo‘lingizga kelib tushadi, kimlardir qarz olgan bo‘lsa, qarzini qaytaradi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
24 martda qachonlardir sizni hayotga real ko‘z bilan boqish, faqat olg‘a intilishga ruhlantirgan inson bilan uchrashib qolishingiz ehtimoli bor. Ish joyingizdagi yumushlarni tushga qadar uddalashga harakat qiling. Bugun tabiat qo‘yniga dam olish uchun chiqish, maroqli dam olish va uzoq muddatli shartnomalarni imzolash amallari muvaffaqiyatli yakun topadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Taqiqlovdagi amallar va hayotingizda ortiqcha hisoblangan harakatlardan voz keching. Agar sizga umuman moddiy manfaat keltirmaydigan ishni topshirishsa, jilmaygan holda silliqchasiga bosh torting. Bunday vaziyatlarda faqat shu taxlit yumorga boy amallar juda asqotadi. Ishidan ko‘ngli to‘lmayotgan do‘stlarimiz qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish qidirsalar ham ortiqchalik qilmaydi. Bugungi kun xuddi o‘sha harakatlar uchun xayrli kechadi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
24 mart kuni shunday vaziyatlar bo‘ladiki, sizni ishdan ham, sevgan insoningizdan ham ayro etish harakatlari kuzatiladi. Lekin siz ko‘nmaysiz. Hoynahoy, bu ham Yaratganning sizga yuborgan navbatdagi sinovi bo‘lsa kerak. Oilaviy hayotda yaqinlaringizdan biri bilan janjallashib qolishingiz xavfi sezilyapti. Buning oldini olish uchun kechqurun uyga qaytiboq yolg‘iz qoling. Muhabbatda temperamentni jilovlang, aksincha romantikaga alohida e’tibor qarating. Bu ikki tuyg‘uning ot bilan tuyacha farqi bor.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun dunyo ilmlarini egallash, malaka oshirish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga keladi. Mabodo samoviy ilmga qiziqsangiz, tajribali insonlardan saboq oling. Kun davomida biror qo‘ng‘iroqni ham, maktubni ham o‘tkazib yubormang. Bular qo‘shimcha daromadli ish taklif etuvchilardan bo‘lishi mumkin. Kechqurun qorong‘i tushmay turib tomorqada yer chopish juda lazzatli kechadi. Xudo quvvat bersin! Salomatlikni ham unutib qo‘ymasangiz bo‘ldi.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
24 martda yo‘lingizda uchraydigan har bir odam sizni albatta mamnun etadigan gaplarni, xabarlarni tiliga ko‘chiradi. Kun davomida sizga kulgu, xursandchilik, hazil-mutoyiba va optimizm hamrohlik qiladi. Agar zararli odatlarni tashlab, parhez boshlashni niyat qilgan bo‘lsangiz, bugundan qulayini topa olmaysiz. Sog‘lig‘ingiz pand bera boshlasa, vrach qabuliga boring. Ovqatni tanlab-tanlab yeng. Kechqurun ko‘pchilik sportzalga yo‘l oladi. Bu juda foydali. Ishonmasangiz, bir oy shu narsani odat qiling, natijasini ko‘rasiz.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
24 mart kuni eng avvalo juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarga aniqlik kiritib oling. Basharti janjallashib qolgan bo‘lsangiz, yarashish tadorigini ko‘ring. Rashkka erk bermang. Juftingiz sizdan boshqasini tan olmaydi. Buning orqasidan qarindoshlar bilan janjallashib o‘tirishingiz shart emas. Ish joyingizda e’tiborli bo‘lmasangiz, o‘tmishdagi xatoliklarni takrorlab qo‘yishingiz mumkin. Kunning ikkinchi yarmida kimlardir xizmat safariga jo‘nashi, kimlardir mo‘may daromadni qabul qilib olishi kutiladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
24 mart kuni ish joyingizda rahbar ko‘rsatgan yo‘ldangina boring. Shunda rahbarning yanada kuchliroq hurmat-izzatiga sazovor bo‘lasiz. Ro‘zg‘ordagi va moliyaviy muammolarni bartaraf etishda nihoyatda sergak bo‘ling. Mavqeingiz oshishi ayni shu ikki muammoning qay darajada ijobiy hal etilishiga bog‘liq. Kechqurun hammomga tushish, basseynda cho‘milish va mehmonga borish yoqimli kechadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 24 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?