21:50 / 26.03.2018
9 250

Munajjimlar bashorati: 27 mart kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 27 mart kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ishxonadagi ishlaringiz yuz foiz baroridan kelishi kutilmoqda. Asosiysi, har bir harakatni bardosh va matonat bilan sodir eting. Natijasini keyin ko‘rasiz. Shaxsiy hayotda hammasini boshidan boshlashingizga to‘g‘ri keladi. Bu hayotda esa depressiya holatlaridan qochib qutulib bo‘lmasligi yomon-da. Ammo xavotirga tushmang. Juda imkonsiz qolgan paytingiz do‘stlar va qarindoshlar yordamga kelishadi. Siz depressiyaga asir bo‘lmaysiz. Asablarni asrang. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
27 martda nimaiki yaxshi niyat qilgan bo‘lsangiz, barchasiga yetasiz inshoolloh. Lekin temperament yo emotsiya emas, aksincha puxta reja sizni omadga olib boradi. Dangasalik qilishni xayolingizga ham keltirmang. Daromaddan quruq qolib ketasiz. Oila qurmaganlardan kimdir kunning ikkinchi yarmida anchadan beri o‘zi do‘st sifatida munosabat yuritgan odamdan muhabbat izhorini eshitasiz. Izhorning davomi esa romantik uchrashuvga aylanadi. Baxtli kunlaringiz yaqin ko‘rinadi. Bardam bo‘ling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Buguningiz yoqimli va yengil kechishi kutiladi. Siz sira ikkilanmay, ishni yig‘ishtirib qo‘yib, tabiat qo‘ynida dam olib qaytishingiz ham mumkin. Bunga to‘liq haqlisiz. Yolg‘izlik sizga hech qachon do‘stlik qilmaydi. Shuning uchun o‘zingizga har jihatdan mos bo‘lgan suhbatdoshlar, do‘stlarni qidirib toping. Muhabbatda qalbingizni faqat garmoniya chulg‘ab olishi kutiladi. Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz sizga kutilmagan sovg‘a hozirlab qo‘yganini ham unutmang. Bu sovg‘a bir umr yodingizda qoladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
27 mart siz uchun romantikaga va yoqimli tuyg‘ularga boy bo‘ladi. Hayotda kimni yo nimani qadrlasangiz, unga nisbatan mulohaza bilan munosabat yuriting. Moliyaviy ahvolingiz ham bugun ajoyib ko‘rinishda bo‘ladi. Shunday ekan, pulni o‘zingizdan ham, yaqinlaringizdan ham ayamang. Ishda mavqeingiz ortishi va mo‘may daromadlar kutib qoladi. O‘zingizni ehtiyot qiling. Yomon niyatli odamlardan uzoqroq yuring.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ertalabdan stress holatiga tushishingiz kutiladi. Bu ruhiyatingizga salbiy ta’sir etishi ehtimoldan xoli emas. O‘zingizda bu holatga qarshi kurashish uchun kuch topa bilishingiz kerak. Aks holda stress depressiyaga aylanib ketishi hech gap emas. Ko‘chada qarama-qarshi jins vakillari va vakilalari bilan don olishib qo‘yishdan saqlaning. Ovqatlanishda me’yorni biling. Rejimda bo‘lsangiz, uni buzishni xayolingizga ham keltirmang. Jismoniy zo‘riqishlar bugun sizga foyda bermaydi. Ko‘proq vaqtingizni toza havoda kechiring.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
27 mart kuni hech qachon bajarib ko‘rmagan ishlarga qo‘l urishingiz mumkin. Faqat ehtiyot bo‘ling. Shu ishni deb salomatligingizga putur yetkazib qo‘ymang. Aqliy mehnat kishilari va ijodkorlar kun davomida arzirli natijalarni qo‘lga kiritishadi. Miyangizga ajoyib g‘oyalar oqib kelishi kutilmoqda. Agar bu masalani ishxonadagi rahbar bilan bamaslahat hal etsangiz, yaqin kelajakda mukofot naqd deyavering. Kechqurun yaqin qarindoshlardan biri sizga ajoyib sovg‘a hozirlab turishi mumkin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Afsus, bugun sodir etilishi kerak bo‘lgan barcha harakatlar, yuzaga keladigan hodisalar, odamlar sizga qarshi bo‘lib chiqadi. Ishxonada bir-biridan yorqin va foydasi bir dunyo g‘oyalarni o‘rtaga tashlaysiz. Hech kim e’tibor qilmaydi. Hatto, rahbarlarga ham haqligingizni isbotlay olmasligingiz mumkin. Xayriyatki, shaxsiy hayotingizda xotirjamlik va xursandchilik hukm suradi. Shuning o‘zi tushkun kayfiyatingizni haydab solsa ajab emas.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
27 martda xayol va niyatni yaxshi qiling. Qolgani yo‘l-yo‘lakay hal bo‘laveradi. Shaxsiy hayotingizda ba’zi chalkashliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Ularni bartaraf etishda tajriba va yillar osha yig‘ilgan bilimlar manbai yordam beradi. Moddiy ahvolingiz havas qiladigan darajada bo‘lmasligi mumkin. Demak, bo‘lar-bo‘lmas, kerak-nokerak xaridlarni boshqa kunga qoldirib turishingizga to‘g‘ri keladi. Kechqurun do‘stlardan biri bilan jiddiy suhbat bo‘lib o‘tadi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kunning birinchi yarmida og‘ir va ayanchli lahzalar sizni ta’qib eta boshlashi kutiladi. Hamkasblar bilan ham munosabatlaringizga putur yeta boshlashi mumkin. Bu muammoni hal etishda rahbarlarning o‘zi yordamga keladi. Yaqin bir do‘stingiz bilan ancha oldin janjallashib qolgan bo‘lsangiz, bugun yarashish uchun qulay imkoniyat tug‘iladi. Kechqurun salomatligingizga bir nazar tashlab qo‘ying. Ovqatlanish rejimiga amal qiling. Uxlashga yotishdan oldin yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
27 martda qamishdan bel bog‘lab ishga kirishing. Zimmangizdagi vazifani ado etishga ulgurish uchun astoydil ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Niyati buzuqlar sizni kun davomida yo‘ldan ozdirishga harakat qilib ko‘radi. Yolg‘on va bo‘htonlar girdobiga irg‘itishni ixtiyor etishadi. Niyatlariga yeta olishmaydi. Sizni xudoning o‘zi asraydi inshoolloh. Juftingiz bilan munosabatlarda romantikadan unumli foydalaning. Busiz orangizdagi yaqinlikka putur yetishi turgan gap. Hech qachon yetakchi bo‘lishga intilmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Tushga qadar qaynoq suhbatlar, yangi tanishuvlar va xizmat safarini boshdan kechirishingiz kutilmoqda. Agar kimdir sizga xorij firmalaridan birida qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish borligini aytib, o‘sha ishga taklif etsa, darrov rozi bo‘ling. Bunday takliflar har kuni ham uchrayvermaydi. Bugun reklama va moliya sohasida mehnat qiluvchilar muvaffaqiyatlarga erishishadi. Ammo pulni havoga sovurib qo‘yishdan saqlaning. Yaqin insonlarni ehtiyot qiling. Birovni behuda ranjitib qo‘yishdan tiyiling. Yoshi ulug‘ va xasta qarindoshlardan xabar olib savobga egalik qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
27 mart kuni baliq burji ostida tavallud topganlar ehtiyotsizlik oqibatida kissasida bor pullarni bema’ni xaridlarga sarflab qo‘yishi mumkin. Yo‘q, bu ishingiz me’yorga to‘g‘ri kelmaydi. Undan ko‘ra yordamga muhtoj qondoshlarga moddiy ko‘mak bering. Shu bahonada duolarini oling. Oilasizlar ham romantikadan quruq qolishmaydi. Uchrashuv, totli suhbatlar qurshovida bo‘lasiz. Tanlaganingizning yangi jihatlaridan voqif bo‘lasiz. Bu orangizda janjallar kelib chiqishiga barham bersa ajab emas.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 27 mart kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?