Mana bu tish pastalarini aslo ishlatmang!

  • Hayot tarzi
  • 22-04-2018, 07:03
  • 4 399
  • Мана бу тиш пасталарини асло ишлатманг!
    Hozir tish pastalarini chiqaruvchi juda ko‘plab kompaniyalar oqartiradigan pastalar reklamasiga zo‘r bergan. Emishki, tish do‘xtirining qimmat muolajalarisiz ham atigi bir necha hafta ichida «yorqin tabassum»ga ega bo‘lish mumkin. Biroq ekspertlar boshqacha fikrda: bunaqa pastalar nafaqat samarasiz, balki koni zarar.

    Germaniyaning Kyoln shahridagi «Carree Dental» klinikasi stomatologi doktor Yoxen Shmidt: «Oqartiruvchi pasta tishdagi qahva yoki choy dog‘ini balki ketkazar, biroq tishni oqartirolmaydi», — deydi. Shmidt ehtiyotkorlikka chorlaydi: agar tish pastasidagi abrazivlik (RDA) 100 dan yuqori bo‘lsa, uni haftasiga ikki martadan ko‘p ishlatmaslik kerak.

    Bunday pastalarni kunora ishlatish yaramaydi. Aks holda milklar shikastlanadi, emali yemirilgan tishlar g‘ovaklashib, sezuvchanligi oshib ketadi.

    Pastaning tish uchun zararli ekanini uning tarkibida ko‘rinuvchi zarralar borligidan ham payqash qiyin emas. Shmidtning aytishicha, bunday pastalar aks ta’sir qilib tishning rangini buzishi ham hech gapmas.

    Yaxshisi, uglerodli tish pastalarini ishlating. Ularning tarkibidagi faollashtirilgan ko‘mir tishlar yuzasidagi yangi dog‘larni bezarar ketkazadi. To‘g‘ri, «ko‘mir pasta» tishni oqartirmaydi, ammo qahva va choy dog‘lariga qarshi kurasha oladi.

    Stomatologlar uy sharoitida tishlarni oqartirishga ham qarshi. Chunki xonaki usulda ishlatiladigan iste’mol sodasi yoki limon sharbati ham emalni yemirib, tishlarning sezuvchanligini oshirib yuboradi.

    Manba: Xabar.uz

    » » Mana bu tish pastalarini aslo ishlatmang!
    Яндекс.Метрика