Qizlarning ko‘rinishiga qarab bilib oling

  • Hayot tarzi
  • 25-04-2018, 07:02
  • 2 788
  • Қизларнинг кўринишига қараб билиб олинг
    Har qanday insonning tashqi ko‘rinishi ma’lum darajada uning ichki qiyofasini aks ettiradi. Bu borada olimlar tomonidan o‘tkazilgan qator tadqiqotlar va tajribalaridan kelib chiqib, qizlarning tashqi ko‘rinishiga qarab ularning ichki dunyosi va qalb kechinmalarini bilib olish mumkin, degan xulosaga kelingan. Demak:

    Oppoq va to‘ladan kelgan qizlar – ancha-muncha sevgi izhorlariga ishonavermaydigan, yigitlarning moddiy boyligiga qiziqmaydigan qizlar toifasidandir. Ularni ko‘proq ma’naviy dunyosi boy bo‘lgan yigitlar o‘ziga jalb etadi. Jamiyatda o‘z o‘rniga va mavqeiga ega bo‘lgan shaxslarga hurmat nazari bilan qaraydilar. Ushbu toifaga kiruvchi qizlar qaysar va bir so‘zli bo‘ladilar.

    Qorachadan kelgan, bug‘doyrang qizlar esa bir vaqtning o‘zida bittasini sevib bir nechtasini yoqtirishi mumkin. Lekin oxir oqibatda sevgisiga sodiq qolishadi. Ular fidoyi ayol bo‘lishadi. Biroq bu fidoyilik oqibatida yo‘qotgan imkoniyatlarini uddaburonlik bilan to‘ldirib olishni qoyillatishadi. Bu toifadagi ayollar o‘z ishiga puxta, tadbirkorlik fazilatlari ustun bo‘ladi. Ular yuqori marralarni zabt etish, maqsadlariga yetish yo‘lida intiluvchan va serg‘ayrat bo‘ladilar.

    Oq-sariqdan kelgan qizlar bir qarashda vazmin, serjahl ko‘rinishsa-da, yaqindan tanishganda ularning samimiy, ochiqko‘ngil va mehribonliklariga amin bo‘lasiz. Ular anchagina sabr – bardoshli bo‘lishadi. Shu bilan birga. yolg‘onni yoqtirishmaydi. Ammo o‘zlari yolg‘on ishlatishiga to‘g‘ri kelsa, odamlarni osongina ishontira olishadi.
    XONZODABЕGIM tayyorladi.

    Manba: Mulohaza.uz

    » » Qizlarning ko‘rinishiga qarab bilib oling
    Яндекс.Метрика