08:57 / 25.04.2018
57 445

Kofe inson sog‘ligi uchun zararli...(mi?)

Kofe inson sog‘ligi uchun zararli...(mi?)
Sir emaski, keyingi yillarda kofeni iste’mol qiluvchilar kun sayin ko‘paymoqda. Yirik kompaniyalar kofe ichimligini va u bilan bog‘liq barcha mahsulotlarni tinmay reklama qilmoqda.

Avvallari kofe uyqudan tezroq turish va o‘zini tetik sezish uchun asosan, uyda tayyorlanib iste’mol qilinar edi. Hozirda-chi? Har bitta ko‘chada qahvaxonalar ochilib, ertalabdan kechgacha bizga ushu ichimlik taklif qilinmoqda. Albatta, kofening totli ta’mi ishtahani ochadi.

Amerikalik olimlar kofe va inson sog‘ligi o‘rtasidagi ta’sirni o‘rganganlarida, haftasiga 28 chashka (4 chashka kuniga) kofe ichuvchi erkaklarning orasida o‘lim holati ortganligiga e’tibor qaratdilar.

O‘lim holati yoshga nisbatan tekshirishganida esa natijalar yanada hayratlanarli bo‘ldi. Ya’ni, 55 yoshgacha erkaklarda o‘lim holati 56 foizga, ayollarda esa 2 barobarga oshgan edi. 55 yoshdan so‘ng insonga kofe hech qanday zarar yetkaza olmasligi aniqlandi.

Buni qanday tushunsa bo‘ladi? Axir avvallari kofening foydali tomonlari haqida ko‘p gapirilardi-ku. Kofe faqat keksalar uchun zararli hisoblanardi, chunki ularda qon bosimi ortadi, yurak bilan muammolar paydo bo‘ladi. Tadqiqotlar esa kofening 55 yoshgacha bo‘lganlar uchun zararligini ko‘rsatmoqda. Bu tadqiqotlarga qo‘l siltab ketib bo‘lmaydi. Chunki amerikalik olimlar 16 yil mobaynida 44 mingdan ziyod erkak va ayollarni kuzatishdi.

Bundan ko‘rinadiki, kofega nisbatan insonlar 2 guruhga bo‘linar ekan. Birinchi guruhdagilar uchun kofe zararli bo‘lsa, ikkinchi guruhdagilarga esa aksincha foydali ekan. Shuning uchun ular keksayganda ham bemalol kofe ichishlari mumkin.

Tadqiqot olib borgan olimlar kofening ayrim insonlarga zararini genetik moyillik, kofe tarkibidagi kofein va boshqa moddalarni hazm qila olmaslik va modda almashinuvining buzilishi bilan bog‘laydilar.

Shuningdek, kofe tarkibida foydali elementlar ham bor. Masalan, xlorogenli kislota – kuchli antioksidant bo‘lib, qon tomirlarini himoya qiladi va rak kasalligini rivojlanishining oldini oladi. Lekin zararli elementlar ham uchraydi, masalan kofein – qon bosimini oshiradi, yurak urishini tezlatadi, oshqozonda kislota miqdorini ko‘paytiradi, kofeda juda ko‘p konseragen moddalar ham borki, ular qon tomir aterosklerozi kabi kasallikka olib keladi.

Qisqacha qilib aytganda, kofe foydali va zararli moddalar yig‘indisidan iborat ichimlik bo‘lib, qaysi bir jihati o‘limga olib kelishini chuqur o‘rganishni taqazo etadi. Shuning uchun olimlar kofeni yoshlikdan ko‘p ichishni maslahat bermaydi. Kofedan umuman, voz keching demoqchi emasmiz, lekin kamroq iste’mol qilgan ma’qul.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kofe inson sog‘ligi uchun zararli...(mi?)