Muqotil ibn Sulaymon rohimahulloh xalifa Abu Ja’far Mansurga bay’at qilingan kuni, uning huzuriga kirdilar. Shunda Mansur: “Menga nasihat qiling, ey Muqotil!”, dedi. Muqotil: “Sizga ko‘rganim haqida gapiraymi, yo eshitganim haqidami?”, dedilar. “Balki ko‘rganingiz haqida” degandan keyin, Muqotil quyidagilarni aytdilar: «Ey amirul mu’miniyn, Umar ibn Abdulaziz o‘n bir farzand ko‘rdilar. Vafotlaridan keyin o‘n sakkiz dinor qoldirdilar. Undan besh dinoriga kafanlandilar. Qabrlari to‘rt dinorga sotib olindi. Qolgan mablag‘ farzandlari o‘rtasida taqsimlandi.
Hishom ibn Abdulmalik (keyingi umaviy xalifalardan) ham o‘n bir farzand ko‘rdilar. Har bir farzandlarining merosdagi hissasi ming ming (million) dinorga to‘g‘ri kelgan.
Ey amirul mu’miniyn, Umar ibn Abdulazizning bir farzandlari Alloh yo‘lida jihod uchun yuzta ot sadaqa qilganini va Hishom ibn Abdulmalikning bir farzandi bozorlarda tilanib yurganini bir kunning o‘zida ko‘rdim.
O‘lim to‘shagida yotganlarida Umar ibn Abdulazizdan odamlar: “Farzandlaringizga nima narsa qoldirdingiz, ey Umar?”, deb so‘raganlarida u kishi: “Ularga Allohdan taqvo qilishni qoldirdim. Agar ular solih bo‘lishsa, Alloh solihlarni qo‘llaydi. Agar bunday bo‘lishmasa, ularga Allohga nisbatan gunohda yordam qiladigan narsani hargiz qoldirmayman”, deb javob qildilar. Yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Ko‘pchilik kishilar farzandlarining kelajagini ta’minlash uchun harakat qilishadi, mashaqqat va aziyat chekishadi. Buni ular, o‘lganlaridan keyin farzandlarining qo‘llarida mol-dunyo bo‘lishi, ular uchun omonlik, deb o‘ylaganlari sababli qilishadi. Ammo Alloh O‘z Kitobida quyidagicha zikr qilgan ulug‘ omonlikdan g‘aflatda qolishadi: “O‘zlari zaifhol zurriyotlarini ortdan qoldirishdan qanday qo‘rqsalar, (boshqalar haqida ham) shunday qo‘rqsinlar. Bas, Allohdan qo‘rqsinlar va to‘g‘ri so‘z aytsinlar” (“Niso” surasi, 9-oyat).
Manba: azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi