11:27 / 26.04.2018
8 532

Qahva haqida 11 ta fakt

Qahva haqida 11 ta fakt
1. Ertalab och qoringa qahva ichish tavsiya etilmaydi. Shusiz ham organizmingiz kortizol gormonini ishlab chiqarib, tetiklasha oladi. Qahva uchun eng ma’quli soat 9-10 hisoblanadi.
2. Bu ichimlik peshob ajralishini faollashtiradi, deyishadi. Aslida esa kun davomida 2 finjondan ortiq bo‘lmasa, bezovtalanmasangiz ham bo‘ladi.
3. Qahva tarkibida antioksidantlar ko‘p. Me’yorida qabul qilinsa, organizmdagi erkin radikallar bilan oson kurashadi.
4. Bir finjon qahva ichib, organizm uchun zarur bo‘lgan kunlik V2 vitaminining 11 foizi, V5 vitaminining 6 foizi, kaliyning 3 foizi hamda magniyning 2 foiziga ega bo‘lasiz.
5. Qahvaxo‘r xonimlarda ortiqcha vazn bo‘lmaydi. Chunki bu ichimlik organizmda moddalar almashinuvini 3 dan 11 foizgacha tezlashtiradi.
6. Kofein, aslida, juda kichik 0,0016 dyuymlik kristall bo‘lib, aynan uning ta’sirida ta’m va hid xususiyati paydo bo‘ladi.
7. Qahva qizil, sariq va yashil rangli meva doni hisoblanadi. Ishlov berilgach, rangi o‘zgarib, biz bilgan tusga kiradi.
8. Kofein ta’siri darrov bilinmaydi. Birinchi ho‘plamdan so‘ng 10 daqiqa o‘tgachgina qaxva ichayotganingizni his etasiz.
9. Buni qarangki, ilk veb-kamera 1991 yili Kembrij universiteti olimlari tomonidan qahva yetishtirishni kuzatish uchun qurilgan ekan.
10. Jismoniy mashqlarni boshlashdan avval bir finjon qahva ichib olsangiz, organizmda adrenalin miqdori ortib, yog‘ to‘qimalaridagi yog‘ kislotalari tozalanadi.
11. Tetiklashish uchun qora qahva, shunchaki mazali ichimlik o‘rnida esa sutli qahva ma’qul.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qahva haqida 11 ta fakt