19:03 / 06.05.2018
4 495

Mehmonxonalarni band qilish uchun eng yaxshi vaqt ma’lum qilindi

Mehmonxonalarni band qilish uchun eng yaxshi vaqt ma’lum qilindi
Mehmonxonalarni band qilishning eng past qiymatiga doir ma’lumotlar tahlil qilindi. TravelDailyNews nashri TripAdvisor'ning "Mehmonxonalarni band qilish uchun eng yaxshi vaqt" hisoboti bilan bo‘lishdi.

Tadqiqotga ko‘ra, Osiyoda mehmonxonalarni sayohatga besh hafta qolganda band qilgan ma’qul, bu 22 foizgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi. Parij va Londonga sayohatni rejalashtirayotgan turistlar uchun ham xuddi shunday vaqt tavsiya etiladi.

Bangkokda mehmonxonani band qilish uchun eng yaxshi vaqt — sayohatdan uch oy oldin (16 foizgacha tejaladi), Xanoyeda — ikki oy oldin (14 foiz), Tokioda esa - bir oy oldin (30 foiz) ekani ma’lum qilingan.

Yevropa shaharlariga keladigan bo‘lsak, u yerlarda yashash uchun mehmonxonani bir necha oy avval band qilgan maqsadga muvofiq. Masalan, Barselonaga sayohat qilmoqchi bo‘lsangiz, mehmonxonani 3-9 oy oldin (23 foiz), Rim va Pragaga 3-8 oy ilgari (22 foiz) band qilganingiz ma’qul.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mehmonxonalarni band qilish uchun eng yaxshi vaqt ma’lum qilindi