4675. «Bir mukotab Ali roziyallohu anhuning oldiga kelib:
«Men kelishilgan mablag‘ni topib berishdan ojiz bo‘ldim. Menga yordam bering», dedi.
«Senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga o‘rgatgan kalimalarni o‘rgatib qo‘yaymi? Agar zimmangda Sabiyr tog‘icha qarz bo‘lsa ham, Alloh uni sendan uzadi. «Allohumma! ikfinii bihalolika an haromika va ag‘ninii bifazlika amman sivoka» degin», dedi».
Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Mukotab – xo‘jasi bilan ma’lum mablag‘ evaziga ozod bo‘lish uchun shartnoma yozgan qul. Sabiyr – Yamandagi bir tog‘ning ismi.
Duoning ma’nosi: «Allohim! Menga haloling ila haromingdan kifoya qilgin. O‘z fazling ila meni o‘zingdan boshqalardan behojat qilgin».
Kim ushbu duoni niyat va ixlos bilan farz namozlardan keyin o‘qib yursa, Alloh taolo unga qarzini uzishda yordam beradi.
4676. Abu Sa’iyd roziyallohu anhu:
«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirgan edilar, birdan ansorlardan Abu Umoma deb ataladigan kishini ko‘rib qoldilar. Shunda u zot:
«Ey Abu Umoma! Masjidda namoz vaqtidan boshqa vaqtda o‘tirganingni ko‘ryapmanmi?» dedilar.
«Meni g‘amlar va qarzlar bosdi, ey Allohning Rasuli!», dedi.
«Senga agar aytsang, Alloh g‘amlaringni ketkazadigan va qarzlaringni uzadigan kalimalarni o‘rgatib qo‘yaymi?» dedilar.
«Ha, ey Allohning Rasuli!» dedi.
«Tong ottirsang va kech kirtirsang «Allohumma! Innii a’uuzu bika minal hammi val hazani va a’uuzu bika minal ajzi val kasali va a’uuzu bika minal jubni val buxli va a’uuzu bika min g‘olabatid-dayni va qohrir rijali» degin», dedilar.
O‘shandoq qilgan edim, Alloh g‘amlarimni ketkazdi va qarzlarimni uzdi».
Abu Dovud rivoyat qilgan.
Sharh: Duoning ma’nosi: «Allohim! Sendan g‘am bosishidan, mahzunlikdan panoh so‘rayman. Ojizlikdan, dangasalikdan panoh so‘rayman. Qo‘rqoqlikdan, baxillikdan panoh so‘rayman. Qarzga botishdan va odamlarning g‘olib kelishidan panoh so‘rayman».
Kim ushbu duoni niyat va ixlos bilan ertalab va kechqurun o‘qib yursa, Alloh taolo unga qarzini uzishda yordam beradi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Manba: Islom.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi