14:56 / 18.05.2018
5 655

Har kim o‘z haddini bilishi kerak

Har kim o‘z haddini bilishi kerak
Bir sichqon bir tuyaning no‘xtasini quchoqlab, yo‘lga tushibdi. G‘ururi ichiga sig‘mas, o‘z-o‘ziga:
— Tavba, shunday sarvar ekanman-u, o‘zim bexabar qolibman, a? Men qanday jasur ekanman-ku, bahaybat tuyaning no‘xtasidan tutib, tortib kelyapman, — deb gapirardi.

Shu vaqt oldidan katta bir daryo chiqibdi. Sichqon daryoni ko‘rishi bilan to‘xtabdi. Suvga sho‘ng‘isa, albatta, cho‘kib o‘lardi. Tuya sichqonning to‘xtaganini ko‘rib, baqiribdi:
— Tinchlikmi, do‘stim, nega to‘xtading? Tezroq bo‘l, shu daryoga sho‘ng‘ib, qarshi tomonga o‘tishimiz kerak. Sen yo‘lboshlovchimsan, to‘xtamay, olg‘a bos.

Sichqon uyalibdi. Noiloj bo‘ynini egibdi:
— Men bu daryodan qanday o‘taman? Ko‘rmayapsanmi, suv juda chuqur…

— Qani, bir ko‘raylik-chi, chuqurligi qancha ekan, — deb daryoga sho‘ng‘ibdi tuya.

Suv bor-yo‘g‘i tizzasigacha edi. Sichqonga:
— Hoy, mitti qo‘rqoq, suv bor-yo‘g‘i tizzagacha. Qani, bo‘laqol, — debdi.

Sichqon qo‘rquvdan titragancha tuyaga yolvora boshlabdi:
— Ey buyuk ustoz, tizzadan tizzaning farqi bor. Senga tizza bo‘yi, ammo mening ustimdan yuz arshin oshar.

Tuya:
— Unday bo‘lsa, bundan keyin surbetlik qilma. Sen o‘zing kabi sichqonlarga bosh bo‘l. Tuya bilan sening nima ishing bor? Qani, o‘rkachimga chiq, seni ham, sendaqalarning yuztasini ham qarshi tomonga o‘tkazib qo‘yaman, — deb bechora sichqonni ustiga olib, daryodan o‘tishni boshlabdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har kim o‘z haddini bilishi kerak