Namoz o‘qimagan kishining ro‘zasi qabul qilinadimi?

  • Hayot tarzi
  • 20-05-2018, 08:57
  • 2 286
  • Намоз ўқимаган кишининг рўзаси қабул қилинадими?
    Namoz o‘qimaydigan, spirtli ichimliklar ichadigan va boshqa gunohlarni amalga oshiradigan kishilarning ro‘zasi qabul qilinish-qilinmasligiga aniqlik kiritildi.

    Avvalo, bunday kishilarning ro‘zasi qabul bo‘lmasligi haqidagi gaplar islom diniga ziddir, deyiladi javobda. Odam qandaydir gunohlarni amalga oshirayotgan bo‘lsa, bu u boshqa gunohlarni ham qilishi kerak, degani emas. Ro‘za tutayotgan kishi ba’zi gunohlarga ham yo‘l qo‘ysa, balki ro‘za tutgani uchun eng oliy mukofotga sazovor bo‘lmas, ammo oxiratda undan nima uchun ro‘za tutmaganligi haqida so‘ralmaydi, chunki u ro‘za tutish farzini ado etgan.

    Namoz islom dinida ro‘zaga nisbatan muhimroq o‘rinni egallasa-da, namoz o‘qimaydigan kishiga «Ro‘za tutma», — deyish kerak emas. Namoz o‘qimasdan katta gunohga qo‘l urayotgan kishi ro‘za tutmaslik oqibatida yanada kattaroq gunohga botadi.

    » » Namoz o‘qimagan kishining ro‘zasi qabul qilinadimi?
    Яндекс.Метрика